Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   290
Bog'liq
falsafa

2-§. Ratsional bilish 
 
Agar  biz  sezgilar  vositasida  hodisalar  olamini  aks  ettirsak,  sezgi  bilan  idrok  etib 
bo‘lmaydigan  mohiyatni  aql  bilan    bilib    olamiz.  Aql    bizning  sezgi  a'zolarimiz  tashqi 
olamdan  olgan  axborotlarga  asoslanib,  hodisalar  mohiyatini  xiralashtiruvchi  va  yashiruvchi 
tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar 
va  aloqalardan  xalos  qiladi.  Muhimni  nomuhimdan  farqlantira  va  ajrata  olmaydigan 
sezgilardan farqli o‘laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, 
barqarorini,  qonuniyatlisini  oladi.  Shuning  uchun  abstraksiyalar  xissiy  bilish  uchun  g‘oyat 
harakaterli bo‘lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir. 
Ratsional, abstrakt-mantiqiy tafakkur hodisalar olamining qonuniyatli aloqalarini bilishga 
imkon  beradi,  bu  esa  insonga  tashqi  dunyoni  bemalol  tushunib  olish  va  tevarak-atrofdagi 
voqyelik hodisalari va jarayonlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun zarurdir. 
Ratsional  bilishning  asosiy  shakli  tushunchadir.  Tushuncha  –  bu  tajriba  ma'lumotlarini 
umumlashtirish  natijasidir,  dunyoni  o‘rganish  yakunidir.  Tushunchalarning  paydo  bo‘lish 
jarayoni  o‘rganilayotgan  predmetning  bir  qator  ikkinchi  darajali  alomatlari  va  xossalarini 
e'tiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalg‘ishdir, abstraktlashishdir. Tushunchaga ta'rif berish 
–  torroq  tushunchani  kengroq  tushuncha  ostiga  qo‘yishdir.  Masalan:  olma  -  meva,  fil  - 
hayvon,  Erkin  -  odam,  terak  -  daraxt  va  hakozo.  Tushunchalarning  paydo  bo‘lishi  –  bu 
biluvchi  inson  ongi  faoliyatining  oliy  maxsulidir.  Bilish  jarayonida  tushunchalarni 
ifodalabgina  qolmasdan,  balki  ularni  qo‘llay  bilish  ham  kerak.  Tushunchalarni  qo‘shib  biz 
hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo‘shib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz. 
Hukm  tafakkurning  shunday  shakliki,  unda  inson  narsani  uning  aloqalari  va 
munosabatlarida  ifodalaydi.  Gnoseologik  nuqtai  nazardan,  hukm  –  bu  biron  bir  narsani 
tasdiqlash  yoki  inkor  etish  yo‘li  bilan  voqyelikni  aks  ettirish  shaklidir.  Shu  boisdan  hukm 
tasdiqlovchi    («hozir  yomg‘ir  yog‘moqda»  kabi)  yoki  inkor  etuvchi  («bugun  yomg‘ir 
yog‘maydi»  kabi)  hukmlarga  bo‘linadi.  Agar  biz  ikki  yoki  bundan  ko‘proq  hukmni  bir-biri 


bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko‘rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo‘lishimiz, 
ya'ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin. 
Aqliy  xulosaning,  mantiqiy  natijaning  chinakam  to‘g‘ri  bo‘lishi  uchun  ikki  shart  zarur. 
Birinchisi:  mantiq  ilmida  asoslar  deb  atalgan  dastlabki  hukmlar  haqiqiy  bo‘lmog‘i,  ya'ni 
voqyelikka  mos  kelmog‘i  lozim.  Ikkinchisi:  boshlang‘ich  asoslardan  aqliy  xulosa  chiqarish 
jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. 
Mantiq ilmining asoschisi Aristotel sillogizmga klassik misol keltiradi: 
Hamma odamlar o‘ladi} asos 
Suqrot odam} asos 
Suqrot o‘ladi – aqliy xulosa 
Agar  biz  mantiq  qonuniga  amal  qilsagu,  lekin  boshlang‘ich  hukm  haqiqiy  bo‘lmasa,  u 
holda sillogizm ham haqiqiy bo‘lmaydi, balki soxta bo‘ladi. Masalan:  
Suqrot – odam 
Hamma odamlar o‘lmaydi 
Suqrot o‘lmaydi – soxta aqliy xulosa 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish