Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-§. Xissiy bilish 
 
Har  qanday  narsani,  har  qanday  predmet  yoki  hodisani  bilish  fikr  xissiy  idrokdan 
predmetning mohiyati tomon boradigan  jarayondir.  Xissiy bilim, jonli  mushohada insonning 
qurshab  turgan  dunyo  bilan  bevosita  aloqasi  shaklidir.  Xissiy  anglash  tashqi  ta'sir 
energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hyech qanday 
shakllari  haqida  hyech  nima  bila  olmaymiz.  Biz  jonli  mushohada  yordamida  atrofdagi 
vokelikning  turli  xossalari  va  tomonlarini  bilib  olamiz,  lekin  birgina  xissiy  obrazlar  bilan 
ularning mohiyatini anglab ololmaymiz. 
Bunga  sabab,  eng  avvalo,  inson  sezgi  a'zolarining  tabiiy  cheklanganligidir.  Masalan, 
odamning  ko‘zi  elektromagnit  to‘lqinlarning  butun  spektrini  to‘lik  idrok  eta  olmaydi,  u 
elektromagnit to‘lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. 
Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a'zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog‘i 
tebranish  chastotasi  16  dan  20  ming  Gs  gacha  bo‘lgan  tovush  to‘lqinlarini  qabul  qila  oladi, 
yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to‘lqinlarini eshitmaydi. 
Tabiiy  sezgi  a'zolari  bilan  idrok  etib  bo‘lmaydigan  hodisalarni  maxsus  yaratilgan  sun'iy 
organlar  orqali,  ya'ni  mikroskop,  radioteleskop,  lokator,  barometr,  Geyger  hisoblagichi  va 
boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar xissiy bilish quvvatini ancha 
kengaytiradi va kuchaytiradi. Shu bilan birga xissiy bilish bizni yanglishtirib qo‘yishi mumkin 
–  ko‘z  chalg‘ishi,  sarob,  xomxayol,  ko‘z  gallyusinatsiyasi,  tovush  effekti  va  hakozolar. 
Falsafa  tarixida  yangi  zamon  mutafakkirlari  barcha  bilimlarning  xissiy  kelib  chiqishi 
muammosiga  yuqori  darajada  ahamiyat  berganlar.  Masalan,  Jon  Lokk  materialistik 
sensualizm  (lotincha  sensus  -  sezgi,  sezish)  prinsiplarini  asoslab  berar  ekan,  avval  sezgida 
bo‘lmagan narsa intellektda bo‘lmaydi, shuning uchun kimki hyech nimani sezmasa u hyech 
nimani bilmaydi, deb yozgan edi. 
Sezgilar,  bu  –  shunday  kanallarki,  ularning  vositasida  odam  qurshab  turgan  olam  bilan 
bog‘langan,  olam  haqida  bevosita  axborot  olib  turadi.  Sezgilar  abstrakt  tafakkur  amalga 
oshishining asosi bo‘lgan ozuqadir. 
Sezgi xissiy bilishning eng oddiy shakli, ob'ektivlik bilan sub'ektivlikning qorishmasidir, u 
manbai  jihatidan  ob'ektiv  va  u  yoki  bu  sezgi  a'zolarining  tuzilishiga  bog‘lik  holda  shakli 
jihatidan  sub'ektivdir.  Garchi  sezgi  bilish  uchun  yagona  kanal  bo‘lsada,  birgina  sezishning 
o‘zi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va konkretligi bilan anglab olish uchun yetarli 
emas.  Sezgi  sub'ektga  o‘rganilayotgan  ob'ektning  ayrim  tomonlari  yoki  xossalarini  bilishga 
yordam  beradi,  ammo  o‘zining  tabiiy  cheklanganligi  sababli  ob'ektni  yaxlit  holida  bilishga 
imkon bermaydi. Shuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi. 
Idrok  –  bu  bir  sezgi  emas,  u  turli  xil  sezishlarning  jamul-jami,  kombinatsiyasidir.  Biz 
idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. 


Masalan,  sharsimon,  yashil-qizil,  yaltiroq,  xushbuy,  chuchuk-nordon  narsalarni  xis  qilishlar 
birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi. 
Xissiy bilishning idrokdan keyingi bosqichi tasavvurdir. U sezishdan ham, idrok qilishdan 
ham  sifat  jihatdan  farq  qiladi.  Tasavvur  –  bu  xissiy  idrok  bilan  tushuncha  o‘rtasidagi  oraliq 
bosqichdir.  Sezish  va  idrok  qilishdan  farqli  o‘laroq,  tasavvur  endi  sub'ekt  bilan  ob'ektning 
bevosita o‘zaro ta'siri bo‘lib chiqmaydi. Ilgari biron-bir hodisa  yoki predmetni idrok etgan, 
ko‘rgan  odam  ularning  obrazlarini  hatto  ular  bizning  sezgilarimizga  ta'sir  etmagan  taqdirda 
ham  xotirlab,    ko‘z    oldiga    keltirishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  biz  tasvirlashlariga  
asoslanib, masalan, ilgari o‘zimiz  hyech qachon ko‘rmagan tropik changalzorlarni tasavvur 
qila  olamiz.  Birok  sezgi  va  idrokdan  farqli  o‘laroq,  tasavvur  ilgari   idrok    etilgan  predmetni 
gavdalantirar  ekan,  uning  konkret-xissiy  detallarining    hammasini  emas,  balki  faqat  eng 
muhim, harakterli qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi. 
Tasavvurlar  sezgi  va  idroklar  kabi    yorqin  va  aniq  emas,  ammo  ular  ancha  uzoq  vaqt 
davom  etadi  va  barqarordir.  Tasavvurlar  yordamida  biz  allaqachon  bo‘lib  o‘tgan  voqyealar 
manzarasini ongimizda  tiklay  olamiz. Bundan tashqari,  tasavvur  bizga ilgari idrok etilganlar 
asosida  kelajak  manzarasini  ifodalab  berishga  imkon  beradi.  Insonning  kelajak  obrazini 
tasvirlab va tuzib berish layoqati farazdan boshqa narsa emas. Xissiy bilish qanchalik muhim 
bo‘lmasin  shuni  aytish  kerakki,  u  cheklangan  va  tashqi  dunyoning  faqat  tashqi,  bevosita, 
xissiy  idrok  etiladigan  tomonini  aks  ettiradi.  Buning  ustiga  sezgi  bizni  yanglish  yo‘lga 
boshlashi  mumkin.  Xissiy  bilishdan  keyingi  bosqich  ratsional  bilishdir,  abstrakt-mantiqiy 
tafakkurdir. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish