Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. ONGNING ShAKLLARI VA FUNKSIYaLARI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
3-bob. ONGNING ShAKLLARI VA FUNKSIYaLARI 
 
1-§. Ongning shakllari 
 
Ong muayyan shakllarda, ya'ni fikr, shubha, e'tiqod, bilim va ishonch shakllarida mavjud 
bo‘lib, bular «ongning epistemik shakllari (grekcha episteme – bilim) nomini olgan.  
Kishining  yoki  kishilar  guruhining  fikri  ularning  u  yoki  bu  masala  bo‘yicha  nuqtai 
nazarlarini  bildiradi  va  sub'ektning  hayot  yo‘liga,  dunyoni  his  qilishga,  dunyoqarashiga 
asoslangan, u ayrim shaxslarning individual tajribasi va butun sotsiumning kollektiv tajribasi 
bilan,  shuningdek  insonning  va  insoniyatning  xotirasi  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Kishilar  katta 
guruhlarining,  butun  ijtimoiy  qatlamlarning  ommaviy  ongida  ijtimoiy  fikr  mavjud  bo‘lib,  u 
jamiyat  ehtiyojlariga  va  manfaatlariga  oid  jamiyat  hayotining  faktlari,  voqyealari  va 
hodisalariga nisbatan ijtimoiy munosabatni bildiradi.  
Ongning    boshqa  bir  epistemik  shakli  shubhadir.  U  shunday  ma'lumotlarni,  axborotlarni 
o‘z  ichiga  oladiki,  ularning  haqiqiyligi,  ishonchliligi  va    foydaliligiga    sub'ekt    oxirigacha 
ishonmaydi,  unda  shu  ma'lumotlar  to‘g‘risida  qat'iy  fikr  va  bilim  bo‘lmaydi.  Shubha  eski 
bilimdan  yangisiga  o‘tishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Falsafiy  fikr  tarixida  shubha  bir  necha 
bor  ongli  metodologik  usul  sifatida  qurol  qilib  olingan  (antik  skeptitsizm,  Dekartning 
universal shubha prinsipi, hozirgi zamon relyativizmi). 
Shubhaga  qarama-qarshi  o‘laroq,  e'tiqod  ongning  shunday  shakliki,  uni  sub'ekt  to‘g‘ri, 
haqiqiy,  ishonchli  va  mantiqan  ziddiyatli  emas  deb  biladi.    Shaxsning  sub'ektiv  e'tiqodi 
negizida  quyidagi  sabablar  yotadi:  muayyan  ma'lumotlar,  axborotlar  va  faktlarni  isbotsiz, 
aksiomatik tarzda ishonchli deb qabul qilish hamda hamma tomonidan e'tirof etilgan fikrlarni 


va obro‘li, hurmatli shaxslarning fikrlarini tanqid va tahlilsiz qabul qilish. Faktlar, kuzatuv va 
turmush  tajribasining  ma'lumotlari,  ilmiy  nazariyalar  va  qonunlar,  mantiqiy  dalillar,  amalda 
va  fanda  sinab  ko‘rilgan  qoidalar  ob'ektiv  e'tiqodning  asosi  hisoblanadi.    Faqat  sub'ektning 
o‘zi tomonidan chuqur anglab olingan, botinan qayta ishlangan, o‘zlashtirib olingan bilimgina 
uning haqiqiy va mustahkam e'tiqodiga aylanadi. 
Ongning  fikr,  e'tiqod  va  shubhani  o‘zida  birlashtiruvchi,  sintez  qiluvchi  shakli  bilimdir. 
Bilim  dunyoning  sub'ektga  ma'lum  bo‘lgan,  uning  tomonidan  o‘rganilgan  va  bilib  olingan 
ob'ektiv xossalari va aloqalarining ideal ifodasidir. Yangi zamon fani va falsafasidan oldindan 
darak  bergan  o‘rta  asr  ingliz  mutafakkiri  Rodjer  Bekon  «Bilim  -  kuchdir»  degan  ajoyib 
hikmatni  ta'riflab  berdi.  Darhaqiqat,  haqiqiy,  aniq  bilim  -  bu  inson  amaliyotining 
kvintessensiyasi,  mag‘izidir,  insoniyatning  ko‘p  asrlik  taraqqiyot  tarixi  davomida  to‘plagan 
kollektiv tajribasidir. Bilimning absolyut va nisbiy tomonlari bo‘ladi. Bilimning nisbiy tomoni 
haqida  Bertran  Rassel  bunday  deb  yozgan  edi:  «Har  qanday  bilim  muayyan  darajada 
shubhalidir  va  biz  shubhalilikning  qanday  darajasida  uning  bilim  bo‘lmay  qolishini  ayta 
olmaymiz»
317

Ishonch  ongning  bilimga  qarama-qarshi  tomonidir.  Bilim  odamga  ishonch    bag‘ishlaydi, 
uni    e'tiqodli  qiladi,  ishonch  esa,  garchi  bilimning  ko‘rinishi  bo‘lmasa-da,  e'tiqodning  oliy 
darajasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ishonch inson uchun chuqur shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lib, 
uning  aytilgan  fikrlarning,  shu  jumladan  ob'ektiv  dalillarga  asoslanmagan  fikrlarning, 
to‘g‘riligiga ishonchi komilligini bildiradi. 
Ishonch bilan bilim o‘rtasida chuqur prinsipial farq bor. Agar ishonchda urg‘u odamning 
sub'ektiv  ishonchiga  berilsa,  bilimda  ob'ektivlik,  haqiqiylik  va  ishonchlilik  birinchi  o‘ringa 
chiqadi. Shu bilan birga bilimda ham ishonch elementi bor: hozirgi zamondagi postindustrial 
jamiyatda  ilmiy  bilimlar  obro‘si  shu  qadar  kattaki,  ularga  amalda  butun  insoniyat  shak-
shubhasiz  ishonadi.  Fanning  yuksak  obro‘si,  uning  ko‘pdan-ko‘p  natijalarining  kundalik 
hayotga joriy etilishi ana shunday  ishonch negizi bo‘lib xizmat qiladi. Ayni vaqtda ishonch 
darajasida  bilimlar  dogmalashtirilib,  jonsizlantirib  qo‘yiladi  va  shunda  ishonchga  tayanish 
konservativ asosga, shaxs ijodi va bilishining to‘sig‘iga aylanadi.   
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish