Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
 
 
 
2-§. Ongning funksiyalari 
 
Ongning  asosiy,  muhim  funksiyalaridan  biri  odamning  o‘z-o‘zini  anglashidir,  ya'ni  o‘z 
borlig‘ini refleksiv tarzda anglashidir. «O‘zingni o‘zing bil» - antik faylasuflarning bu shiorini 
odamning  tafakkuri  o‘z-o‘zini  anglash  yordamida  amalga  oshirmoqda.  Bu  xususda 
M.Xaydegger odamning ekzistensional mohiyati odam narsani qanday bo‘lsa shundayligicha 
tasavvur qila olishiga asosdir, deb aytgan edi. 
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi quyidagi uch jihatning uzviy birligidir: odamning o‘zining 
boshqa  odamlarga  o‘xshashligi  va  ulardan  farq  qilishini  anglashi;  o‘zining  boshqa  moddiy 
tabiiy  va  ijtimoiy  ob'ektlar  bilan  o‘xshashligi  va  ulardan  farq  qilishini  anglashi  va,  nihoyat, 
shu  anglash  asosida  hayotiy  faoliyat  sub'ekti  sifatida  o‘z  bahosini  anglashi.  O‘z-o‘zini 
anglashning asosiy elementlari o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini kuzatish, o‘z-o‘zini anglash 
va o‘z-o‘zini baholashdir. 
O‘z-o‘zini anglash yordamida odam o‘zini sub'ekt sifatida anglaydi va baholaydi, o‘zining 
boshqa  kishilardan  farqi  va  ularga  o‘xshashligini  anglaydi,  o‘zining  bir  butun  mikrokosm 
sifatidagi  «men»ini  uning  unikal  individualligi  va  betakrorligida,  bu  mikrokosmning  tashqi 
dunyo bilan munosabatida anglab oladi. 
Insonning  o‘z-o‘zini  anglashi  orqali  ong  odamning  dunyoga,  undagi  anglangan  borliqqa 
faol  munosabat  funksiyasini  bajaradi,  shuningdek  odam  faraz  qilingan  vaziyatda  o‘zining 
                                                 
   
317
 Қаралсин: Мир философии. М., 1991. Ч.1. 643-656-б. 


kelgusi  harakatlarining  dastlabki  rejasini  tuzganida  va  kelgusida  bu  harakatlarning  ehtimol 
tutilgan    natijalari  va  oqibatlarini  oldindan  ko‘rganida  ong  maqsadni  ko‘zlash  funksiyasini 
amalga oshiradi. 
O‘z-o‘zini  anglash  yordamida,  shuningdek,  ongning  boshqaruvchilik  funksiyasi  tartibga 
solib  turiladi,  zero  odamning  anglangan  faoliyati  shaxsning  o‘z-o‘zini  boshqarishi  hamda 
o‘zining  xatti-harakati,  qurshab  turgan  dunyoga  va  boshqa  kishilarga  munosabati  ustidan 
nazorati  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  O‘z-o‘zini  anglash,  bu  –  o‘z  mohiyatini,  odam  borlig‘ining 
maqsadi  va  ma'nosini  tushunishga  intilgan  ongning  faol  ravishda,  muayyan  maqsadda  o‘z-
o‘ziga  yo‘nalishidir,  o‘z  imkoniyatlari  va  qobiliyatlarini  amalga  oshirish  imkoniyatidir,  
boshqacha  aytganda,  shaxsning  o‘z  ko‘zi  oldida  va  butun  jamiyat  ko‘zi  oldida  o‘z-o‘zini 
aktuallashtirish imkoniyatidir. 
Odam  ongining  boshqa  bir  muhim  funksiyasi  tushunish  funksiyasidir.  Asosiy  tushunish 
funksiyasi  individning  tabiiy  va  ijtimoiy  muhitda  ongli  ravishda  harakat  qilishi  va  yo‘l 
tutishini ta'minlash bilan bog‘liqdir. 
Har  qanday  tushunish  -  qandaydir  tushunmovchilikni  bartaraf  etish  jarayonidir,  ya'ni 
tushunish voqyelikning biron-bir hodisasini anglab olish jarayonidir Shu anglab olish asosida 
mazkur hodisa ahamiyati fahmlab olinadi va u inson tomonidan o‘zlashtiriladi. Tushunish bu 
– sub'ektning o‘z dunyoqarashi, dunyoni his qilishi, o‘z hayot yo‘lini shaxsan bilishi asosida 
sub'ekt hayotiy tajribasining haqiqiy aktuallashuvidir.  
Tushunishni  o‘rganish  germenevtika  predmetiga  aylandi.  Uning  asoschisi  XVIII  asrning 
oxiri  -  XIX  asrning  boshida  yashab  o‘tgan  teolog  va  filolog  F.Shleyermaxerdir.  Uning 
fikricha,  germenevtikaning  asosiy  vazifasi  klassik    tarixiy  matnlarni  tushunish  va  ularni 
to‘g‘ri  o‘qish  asosida  o‘tgan  zamonlardagi  odamlarning  ma'naviy  dunyosini  bilib  olishdir. 
Bunday  bilib  olish  alohida  sezgi  -  empatiya    yordamida,  ya'ni  biluvchi  sub'ektning  qadimgi 
kishilar yashagan sharoitni chuqur o‘rganishi, his etishi va anglashi yordamida sodir bo‘ladi. 
Hozirgi  vaqtda  falsafiy  germenevtika  hal  etayotgan  vazifalar  doirasi  kengaydi; 
germenevtik yondashuv sub'ektning anglash va tushunish jarayonidagi faol rolini ta'kidlaydi. 
Nemis  filosoflari  V.Diltey,  M.Xaydegger,  X.G.Gadamer,  fransuz  filosofi  P.Riker  hozirgi 
zamon  germenevtikasining  rivojlanishiga  o‘z  xissalarini  qo‘shdilar.  Odamning  odamni 
tushunish  jarayoni  o‘zaro  munosabat  bilan  uzviy  bog‘liqdir,  tushunishning  o‘zi  hamisha 
shaxslar  o‘rtasidagi  dialog  natijasidir,  shu  bilan  birga  shaxsning  o‘z-o‘zi  bilan  ichki  dialogi 
bunda  tez-tez  bo‘lib  turadigan  va  amalda  muhim  hodisadir.  Tushunish  asosan  jamiyat 
taraqqiyotining  muayyan  bosqichida  jamiyatda  mavjud  bilimlarning  xarakteri  bilan 
belgilanadi.  Tushunish  ilgarigi  mavjud  bilim,  mantiqiy  fikrlash  madaniyati,  avvalgi  ijtimoiy 
tajriba mahsulidir. Mavjud axborotlar majmui doirasida yangi fakt, yangi axborot, yangi bilim 
izohlanadi,  ya'ni  muayyan  tarzda  tushunib  olinadi.  Bunda  yangini  tushunishga  noma'lumni 
ma'lum orqali qisman izohlash yo‘li bilan erishiladi. 
Insonning  tushunish  layoqati  uzoq  taraqqiyot  yo‘llarini  bosib  o‘tgan.  Birinchi  bosqich 
«amaliy  tushunish»  bosqichi  bo‘lgan;  ibtidoiy  odam  shu  bosqichda  yashagan,  uning  amaliy 
hayotiy  faoliyati  uning  uchun  tushunish  manbai  bo‘lgan.  So‘ngra  tushunishning  sehrgarlik 
(magiya)  kabi  o‘ziga  xos  shakli  -  biluvchi  tafakkurning  o‘ziga  xos  refleksiyasi,  «amaliy 
tushunishni» anglash, u haqda o‘ziga xos o‘ylash paydo bo‘lgan. Faqat antik davrdan e'tiboran 
yig‘ilgan  bilimlar,  mahoratlar,  malaka  va  texnologiyalar  majmui  ustidan  refleksiya  sifatida 
«nazariy tushunish» shakllana boshlagan.  
Ongning yana bir funksiyasi ijodiy funksiya bo‘lib, u maqsad qo‘yishda, prognozlashda, 
kishi  harakatlarining  kutilayotgan  natijalarini  oldindan  ko‘rishda  ongning  faolligini  nazarda 
tutadi. Ongning ijodiy faolligi konstruktiv-o‘zgartiruvchi  faoliyat bilan, yangini yaratish bilan 
uzviy  bog‘liqdir.  Ijodiyot  -  insoniyatning  tabiiy  resurslarni  ongli  ravishda  o‘zlashtirishi, 
shuningdek inson qobiliyatining rivojlanishi natijasida yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlar 
yaratish  jarayonidir.  Ijodiy  o‘zlashtirishda  sub'ekt  ongining  faolligi  uzoq  izlanishlarni, 


chekinishlarni, topilmalarni, ko‘pincha esa xato va yanglishuvlarni, sub'ekt ijodining natijasi 
bo‘lgan yangini kashf etishni nazarda tutadi. 
Ijod yordamida odam o‘z ongida saqlanayotgan rejalarni, niyatlarini, loyihalarini amalga 
oshiradi,  ularni  voqyelikning  real  predmetlari  va  hodisalarida  moddiylashtiradi.  O‘z  oldida 
turgan  vazifalarni  hal  qilishga  ijodiy  yondashish  -  inson  ruhining,  intellektining  oliy 
ko‘rinishidir. Ijodiy faollik elementlari oliy hayvonlar - maymunlar, delfinlar va itlarda ham 
mavjud,  lekin  faqat  insongina  o‘zining  atrofdagi  voqyelikni  o‘zlashtirishi,  o‘rganishi  va 
o‘zgartirishida  ongli  ravishda  ijodiyotga  tayanadi.  Prognozlash,  faraz  qilish,  mavjud,  ammo 
yetarli bo‘lmagan axborotni to‘laroq o‘ylab, fikrlab ko‘rish ham inson aqlining ijodiy faolligi 
namoyon bo‘lishidir. 
 


VI Bo‘lim. BILISh  FALSAFASI (GNOSeOLOGIYa) 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish