kechinmalar, emotsiyalar idealdir. Ong ilmiy tadqiqotlarning g‘oyat murakkab ob'ektidir.
Inson psixikasining kam o‘rganilgan, oxirigacha tushunib olinmagan va fanga noma'lum
bo‘lgan tomonlari va xossalari bor. Ammo fan ong sirlarini o‘rganish sari qadam-baqadam
ilgarilab bormoqda.
Miyaning ko‘pgina bo‘limlari, uchastkalari va zonalarining muayyan fikrlash
protseduralari, emotsiya, xotira uchun «differensiyalashgan mas'uliyati» aniqlandi. Masalan,
miyaning gipotalamus deb atalgan qismida ijobiy va salbiy emotsiyalar uchun mas'ul bo‘lgan
markaz aniqlandi. Ko‘rish signallari miyaning ensa zonasiga, eshitish signali miyaning
chakka, peshona zonasiga kelib tushadi. I.P.Pavlov tajribalari shaxs mijozi, temperamentining
irsiy, biologik kelib chiqishini ko‘rsatdi. Miyasiz ong bo‘lishi mumkin emas.
Bir butun,
sog‘lom, normal ishlovchi miyaning bo‘lishi ongning zarur shartidir. Boshqa, eng muhim
sharti – ijtimoiy muhitdir, chunki odam
biopsixosotsial mavjudotdir, ya'ni bir vaqtning o‘zida
ham biologik, ham sotsial mavjudotdir.
Atrofdagi voqyelikka mos va muvofiq bo‘lgan, faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan
amaliyot, hamda odamlarning bir-biri bilan muloqoti, aloqalari bizning uzoq o‘tmishdagi
ibtidoiy ajdodimizning aqlli odamga aylanishiga yordam bergan ijtimoiy sharoitlardir.
Odamlarning sotsiumdagi o‘zaro ta'siri, ularning birgalikdagi mehnat faoliyati jarayonidagi
aloqasi ayrim individning ham, butun sotsiumning ham ongi paydo bo‘lishi,
mustahkamlanishi va rivojlanishiga yordam berdi. Odamlarning mehnat quroli tayyorlash
jarayonidagi aloqalari boshqalarning fikrini tushunishga va o‘zining boshqalarga tushunarli
bo‘lishga ehtiyoj tug‘dirdi. Axborot olish, uni berish, saqlash va undan butun sotsiumning
foydalanishi ijtimoiy zaruriyatga aylanadi, shuning uchun ong va mehnat zaminida zaruriyat
tufayli odamda
aniq nutq, insoniy til paydo bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Xuddi shu sharoitlar hozirgi zamondagi odamning yosh bolasi uchun ham zarurdir. Agar
bola vaziyat taqozosi bilan jamiyatdan tashqarida o‘ssa u aqlli mavjudotga ham, ijtimoiy
mavjudotga ham aylana olmaydi. Demak, fikrlash faoliyati asosida paydo bo‘lgan va
shakllangan
inson ongi o‘z shakli bo‘yicha
individual, lekin mohiyati bo‘yicha
ijtimoiy,
sotsial hodisadir. Inson ongining fiziologik asosi miyadir. Lekin bu yerda miya o‘z-o‘zicha
fikrlamasligini, balki miya yordamida odam fikrlashini tushunib olish muhimdir. Ongning
paydo bo‘lishida asosiy ijtimoiy rolni
mehnat o‘ynaydi, chunki mehnat odamni shaxs sifatida
shakllantiradi, uning ijodiy potensiali, imkoniyati va qiziqishlarini, qurshab turgan dunyoni
tushunishga, uning tarkibida o‘z o‘rnini tanlashga, uni o‘z maqsad va vazifalariga
bo‘ysindirishga, inson uchun foydali qilishga intilishlarini rivojlantiradi.
Ong paydo bo‘lishining yana bir eng muhim omili
tildir. Til odamlarning ijtimoiy
tajribalarini ifodalab beradi, insoniyatning tarixiy taraqqiyotida tafakkurning uzluksizligini
ta'minlaydi. Inson fikri, g‘oyalari, tasavvurlari so‘zlarda ifodalanadi, shakllanadi, shuning
uchun til, bu – fikrni, ongni ifodalashning universal vositasidir, kishilarning aloqa qilish,
axborot almashish vositasidir. Til va ong birgalikda, lisoniy-mantiqiy birlikda mavjuddir,
bunda til fikrlarni belgilar bilan ifodalovchi bo‘lib chiqadi, ularni so‘zlar bilan ifodalaydi,
boshqa kishilar uchun tushunarli qiladi. Kishilik jamiyati rivojlana borgan sari til ham
takomillashib boradi. Mehnat va til – ong rivojining asosiy ijtimoiy omillaridir, ammo birdan-
bir omili emas. Inson hayotining, demak tafakkurining ham ijtimoiy asosi ko‘pgina boshqa
komponentlarni, masalan, siyosiy, huquqiy, axloqiy, tashkiliy, gnoseologik va hokazo
komponentlarni o‘z ichiga oladi.
Inson ongi boshqa kishilar ongining, butun sotsium ijtimoiy ongining, ijtimoiy guruhlar
(milliy, diniy, kasbiy, yosh bo‘yicha va hokazo guruhlar) ongining, madaniyat, fan, mavkura,
ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyaning ta'siri ostida bo‘ladi va ular bilan faol
o‘zaro ta'sirda bo‘ladi. Xuddi shular orqali odam o‘zining kundalik hayotida shaxsga, ijtimoiy
mavjudotga, insoniy madaniyat sohibiga aylanadi.