Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Ongning kelib chiqishi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Ongning kelib chiqishi 
 
 
Ongning  kelib  chiqishi  muammosi  bo‘yicha  quyidagi  falsafiy-nazariy  yondashuvlar 
tarixan tarkib topdi. 
Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan yaratilgandir, ya'ni u 
ilohiy xilqatdir.  
iudaizmda  ham,  nasroniylikda  ham,  islomda  ham  birday  e'tirof  etilgan  Tavrotda  jonning 
ilohiy  xilqatligi  qo‘yidagicha  tasvirlangan:  «Xudoyi  taolo  odamni  yer  gardidan  yaratdi  va 
uning  yuziga  hayot  nafasini  purkadi  va  odam  tirik  jonga  aylandi»
307
.  O‘z  navbatida  bu 
syujetning  ildizlari  qadim-qadimgi  zamonlarga  borib  taqaladi.  Xudoning  nafasi  orqali  odam 
jonining  kelib  chiqishi  haqidagi  bunday  tasavvurlar  ibtidoiy  jamiyat  va  uning  parchalanishi 
bosqichlarida turgan ko‘pgina xalqlarning mifologiyasida keng yoyilgan. Xususan, ular Yangi 
Zelandiyadagi maorilar qabilasida, Avstraliya aborigenlarida, Taiti orollari aholisida, qadimgi 
hind  mifologiyasida,  Shimoliy  Amerika  hindulari  va  boshqa  xalqlarda  mavjud  bo‘lganligi 
aniqlandi
308

Idealistik  yondashuv.  Idealizm  ideal  narsaning,  ruhiy  mohiyatning    moddiy  voqyelikdan 
tashqarida  va  ungacha  mavjud  bo‘lganligini  e'tirof  etadi.  Turli  idealistik  tizimlarda  ongning 
kelib  chiqishi  turlicha  talqin  qilinadi.    Bir  xil  tizimlarda  u  –  xuddi  dindagi  kabi  –  ilohiy 
xilqatdir.  Boshqa  tizimlarda  –  dualizmda,  gilozoistik  ta'limotlarda  –  ong  abadiy  yashaydi, 
buning boisi bu ta'limotlarga binoan ruhiy substansiyaning mustaqil yashashi yoki tabiatning 
umumiy  jonlanishidir.  Masalan,  Teyyar  de  Sharden  falsafasida  hamma  narsalar  o‘zining 
go‘yo «ichki» tomoniga ega. yerning «ichki» tomoni haqida gapirar ekan, Teyyar de Sharden 
bunday  deb  yozadi:  «Bu  ibora  bilan  ...  men  kosmik  to‘qimaning  avval  boshdanoq  yosh 
yerning kichkinagina o‘lchamlari bilan cheklangan qismining «psixik» tomonini ifodalayman. 
Yulduzlar  moddasining  bu  ajralib  chiqqan  parchasida  –  universumning  hamma  yeridagi 
singari  –  narsalarning  tashqi  tomoni  muqarrar  ravishda  tegishli  ichki  dunyo  bilan  birga 
bo‘ladi»
309
.  Teyyarning  fikricha,  «aslida  har  qanday  energiya  psixik  tabiatga  ega»
310

Uchinchi  xil  tizimlarda  (Xegel  falsafasidagi  singari)  odamning  ongi  allaqanday  azaliy  ruhiy 
mohiyat (Absolyut Ideya, Olam Ruhi) rivojining muayyan bosqichida paydo bo‘ladi. 
Materialistik  yondashuv.  Materializm  doirasida  ham  ongning  kelib  chiqishiga  turlicha 
yondashuvlarni  ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  Ba'zan  vulgar  materializm  deb  ataladigan 
fizikalizm va radikal reduksionizm  idealni tamomila  moddiydan, fizik reallikdan iborat qilib 
qo‘yib,  ongni  materiyaning  muayyan  turi  deb  talqin  qiladi.  Ongni  fizikalistik  talqin  qilish 
antik  falsafadayoq  paydo  bo‘lgan.  Masalan,  Demokrit  jon  alohida  atomlardan  iborat,  deb 
hisoblagan. XIX asrda Byuxner, Fogt, Moleshott va boshqalar fikr miya ajratib chiqaradigan 
alohida  moddadir,  deb  hisoblaganlar.  XX  asrda  fizikalizm  «ilmiy  materializm»da  o‘z  aksini 
topdi, unga ko‘ra «Tabiiyotning, xususan fizikaning metodlari inson mohiyatining mukammal 
                                                 
1
1
  Бытие, 2,7. 
2
2
  Д.Д.Фрэзер. Фольклор в Ветхом Завете. М., 1989. 13-29-б. 
3
3
  П.Тейяр де Шарден. Феномен человека. М., 1987. 66-б. 
4
4
  Ѝша жойда. 61-б. 


ta'rifini  bera  oladi»
311
.  Moddiylik  bilan  ideallikni  qorishtirib  yuboruvchi  fizikalizmda 
moddiydan mutlaqo farq qiladigan idealning kelib chiqish muammosi amalda olib tashlanadi. 
Biologiyalashtirilgan  yondashuv  inson  ongi  bilan  hayvon  psixikasini  sifat  jihatdan 
farqlantirmasdan, ongning kelib chiqishini faqat biologik evolyusiya omili bilan bog‘laydi. 
Ongning  kelib  chiqishi  muammosi  eng  murakkab  muammolardan  biridir.  Uni  hal 
qilishning  qiyinligi  ikki  omil  bilan  bog‘liq.  Birinchidan,  so‘z  bizning  zamonamizdan  ancha 
ilgari,  bundan  yuz  ming  yillab  avval  bo‘lib  o‘tgan  jarayonlar    va    voqyealar    to‘g‘risida  
boradi.  Ikkinchidan,    so‘z  ideal  hodisa  kabi  fenomen  to‘g‘risida,  ya'ni  o‘zida  moddiylikdan 
asar  ham  bo‘lmagan  hodisa  to‘g‘risida  borayotganligi  sababli,  tadqiqot  ob'ekti  –  ongning 
arxaik shakl va faktlari – bizga bevosita berilgan emas. Ongning kelib chiqishini tarixan qayta 
tiklash fanlararo ilmiy muammo bo‘lib, uni faqat kompleks yondashuv asosidagina hal qilish 
mumkin. 
Inson  ongining  kelib  chiqishini  tushunib  olish  kaliti,  bu  –  uning  biologik  tuzilishi  (eng 
avvalo, miyaning g‘oyat murakkab tuzilishi va funksiyasi) hamda shakllanayotgan odamning 
tabiatni  va  o‘zini  o‘zgartirib  borgan  faoliyatidir.  Insonning  amaliy  faoliyati  mohiyatini 
tushunmay  turib  ongning  kelib  chiqishini  tushunish  mumkin  emas.  Hayvondagi  in'ikos 
shakllari  bilan  odamdagi  in'ikos  shakllari  o‘rtasidagi  tub  farqning  sababi  ular  faoliyatining 
xarakteridadir.  Hayvonlarning  instinktiv-biologik,  adaptatsion-moslashuvchanlik  faoliyati 
odamning  mehnatidan  qanchalik  farq  qilsa  hayvonlarning  psixik  faoliyati  ham  odamning 
ongidan shunchalik farq qiladi. 
Hayvonlarning  psixikasi  ularning  biologik  faoliyati  negizida  tug‘iladi  va  ishlaydi. 
Ma'lumki,  maxsus  tajribalarda  antropoidlar  (odamsimon  maymunlar)  turli  predmetlardan 
foydalanishga,  ularni  qayta  ishlash  va  tayyorlashga  qobil  ekanliklarini  ko‘rsatdilar. 
Antropoidlar o‘zining tabiiy hayotida ham ana shunday qobiliyatga ega ekanligini ko‘rsatadi: 
yong‘oqni  tosh  bilan  chaqadi;  termit  va  asal  chiqarib  olish  uchun  ingichka  navdalardan 
foydalanadi;  termitlarning  uyasidagi  teshiklarni  kengaytirish  uchun  tayoqlardan  foydalanadi 
va hokazo
312
. Biroq «qurolli faoliyat» ko‘rsatish hollari antropoidlarda g‘oyat kam va ahyon-
ahyonda uchraydi, bunday faoliyatning o‘zi esa biron-bir tarzda biologik ehtiyojni qondirish 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  instinktiv-biologik,  adaptatsion-moslashuvchanlik  faoliyatidir.  Ko‘p 
hollarda  «qurolli  faoliyat»,  odatda,  eksperimental  vaziyatda  ko‘rinadi
313
.  Bunda  hayvon 
foydalanadigan  predmet  faqat  shu  vaziyatda  va  ayni  shu  paytda  qurollik  ahamiyatiga  molik 
bo‘ladi. Ulardan tashqari vaziyatlarda hayvon uchun u qurol bo‘lmaydi. 
Antropoidlarda  reflektiv  (beixtiyor) faoliyat  va  psixika  asosida  tafakkur  kurtaklari  paydo 
bo‘ladi.  Bular  maymunlarning  murakkab  bo‘lmagan  vazifalarni  hal  qila  olishida,  eng  oddiy 
xulosalar  chiqarish,  abstraktlashtirish,  turkumlash,  analiz  va  sintez  qilish  qobiliyati  va 
hokazolarda 
ko‘rinadi. 
Hayvonlarning 
elementar 
(ibtidoiy) 
tafakkuri 
biologik 
mexanizmlarning  rivojlanishi  natijasi  bo‘lib,  o‘zgarib  turuvchi  vaziyatga  moslashish 
funksiyasini,  plastik  harakat  funksiyasini  bajaradi.  Hayvonlarning  fikr  qilishi  –  qurolli 
harakati  singari  –  tasodifiy  bo‘lib,  eng  avvalo,  mushkul  vaziyatlarda  (odatda,  yangilik 
unsurlarini  o‘z  ichiga  olgan  vaziyatlarda)    biron-bir  hayotiy  muhim  maqsadga  erishish 
(ehtiyojni  qondirish)  uchun  paydo  bo‘ladi  va  amalga  oshadi.  Hayvonlarda  analiz,  sintez, 
abstraktlashtirish  va  xulosa  chiqarish  mavhum-ideal  shaklda  bo‘lmaydi.  Ular  hamisha 
vaziyatga  bog‘liq  va  faqat  hayvonning  harakatlarida  ko‘rinadi.  Hayvonlar  tafakkuri 
harakatdagi tafakkurdir
314

                                                 
5
5
  Цитата Дж.Марголиснинг «Личность и сознание» асаридан олинди. М., 1986. 38-б. 
312
 Жейн ван Лавик-Гудолл. В тени человека. М., 1974. 38-б. 
313
 Ладыгина-Котс Н.Н. Конструктивная и орудийная деятельность высших обезьян (шимпанзе). М., 
1959. 144-б. 
314
 Фабри К.Э. Проблемы интеллекта животных. Предисловие к книге: Фишель В. Думают ли животные? 
М., 1973.  11-б. 


Hayvonlarda  analiz  va  sintezning  faol  (amaliy)  turlari  sezish,  idrok  va  tasavvur  qilish 
asosida  amalga  oshadi.  Hayvonlarning  tasavvurlari  zaif,  o‘zgaruvchan  obrazlardir.  Ular 
o‘rtasida  g‘oyat  zaif  assotsiativ  aloqa  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Bu  aloqaning  biroz 
murakkablashuvi,  unga  qo‘shimcha  oraliq  bo‘g‘inlarning  kirib  qolishi  uni  osongina  buzib 
yuborishi mumkin.  
Oliy primatlarning keyinchalik inson ongining paydo bo‘lishida hal qiluvchi rol o‘ynagan 
muhim  kognitiv  potensiali  –  unga  xos  murakkab  kommunikatsiyalar  usuli  va  uning 
rivojlanish  imkoniyatidir.  R.  va  B.  Gardnerlar  va  R.Futsning  shimpanze  va  orangutanglarni 
amslenga  (kar-soqovlar    tiliga)  o‘rgatish  bo‘yicha,  D.Premak  va  D.Rumboning  shimpanzeni 
jeton-simvollardan  jumla  tuzishga  o‘rgatish  bo‘yicha,  F.Pattersonning  gorillani  kompyuter 
orqali tilga o‘rgatish bo‘yicha o‘tkazgan tajribalari oliy antropoidlarning inson tilini o‘rganish 
darajasi  turli  baholarga  ko‘ra  1,5-5  yoshli  bolalarning  til  bilish  darajasiga  yetishi 
mumkinligini  ko‘rsatdi.  Ehtimol,  eksperimental  o‘rgatish  vaziyatida  hozirgi  hayvonlarda 
amalga  oshiriladigan  bu  imkoniyat  ilk  gominidlarda  evolyusion  taraqqiyot  sari  qo‘yilgan 
qadam sifatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgandir. 
Bundan  1,5-5  mln.  yil  oldin  yashagan  qazilmalari  topilgan  tik  yuruvchi  primatlar  – 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish