Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   290
Bog'liq
falsafa

avstralopiteklar  (ilk  odamlardan  avvalgi  primatlar)  timsolida  hayvonot    dunyosi 
rivojlanishining  eng  yuqori  nuqtasiga  erishgan.  Turli  tabiiy  predmetlardan  foydalanish 
avstralopiteklar turmush tarzining eng muhim qismiga aylangan. Eng qadimgi odamlar paydo 
bo‘lishidan  avval  yashab  o‘tgan  avstralopiteklarning  eng  rivojlangan  shakllari  toshdan  eng 
oddiy buyumlar yasashni bilganlar. Bundan 2,6-1,8 mln. yil avvalgi davrga oid bu buyumlar 
ko‘p  hollarda  ikki-uch  urib  notekis,  kesuvchi  qirrali,  qo‘pol,  beo‘xshov  sun'iy  yaratilgan 
qurolga  aylantirilgan oddiy shag‘al-tosh bo‘laklaridan iborat. Tadqiqotlar bunday eng oddiy 
qurollarni  tayyorlash  texnikasi  shartli  reflektiv  faoliyat  doirasida  mumkin  ekanligini 
ko‘rsatadi
315

Odamlarning  (avstralopiteklar  kabi)  bevosita  hayvon  ajdodlari  yoki    odam  arafasidagilar  
o‘z  psixik  rivojlanishiga  ko‘ra  oliy  hayvonlar  (hozirgi  va  qazilma  antropoidlar)  uchun 
xarakterli  bo‘lgan  in'ikos  darajasi  doirasidan  chiqmaydi.  Odam  arafasidagilar  psixik 
obrazlarining harakat sxemasini, xuddi hayvonlardagi singari, mavjud amaliy vaziyat taqozo 
etgan. Bunda muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirishga layoqatli bo‘lgan tafakkuriy 
faoliyat  hali  mavjud  emas.  Hayvonlarga  nisbatan,  odam  arafasidagilarda  tasavvurlar 
barqarorlashib va umumlashib borgan, ular o‘rtasidagi assotsiativ aloqalar tobora ko‘payib va 
mustahkamlanib borgan. 
Hayvonlarning reflektiv harakatlaridan farqli o‘laroq, eng qadimgi odamlar (arxantroplar) 
faoliyatining  dastlabki  mahsulotlariyoq  ulardan  o‘z  mehnati  natijalarini  anglab  olishlarini 
talab qiladi. Masalan, eng qadimgi mehnat qurolini  – qo‘l  rubilosini yasash uchun bir qator 
barqaror tasavvurlar, bo‘lg‘usi qurol shaklining ideal obrazi mavjud bo‘lishi, tafakkurda eng 
oddiy  sabab-oqibatli    aloqalar  aniqlab  olinishi  talab  qilinadi.  Ana  shu  bosqichda  eng  sodda 
nutq  ham  paydo  bo‘ladi:  arxantroplarning  endokranlarida  (bosh  miya  ichki  bo‘shliqlari 
nusxasida)  miyaning  hozirgi  odamlarda  nutq  faoliyati  bilan  bog‘liq  qismlarining  tez  o‘sib 
borganligi  qayd  etilgan.  Bunda  nutq  hali  kerakli  axborotni  to‘la  hajmda  bera  olmagan, 
shuning uchun fikrlar asosan imo-ishora, intonatsiya, mimika orqali anglatilgan. Bir ma'noni 
bir  so‘z  bilan  ifodalash  hali  bo‘lmagan.    Eng  qadimgi  odam  bildirmoqchi  bo‘lgan  barcha 
fikrlar faqat konkret vaziyat konteksti bilan bog‘liq holda tushunib olingan. So‘z (gap) aytish 
va u bilan ma'no bildirish doim konkret harakat bilan birga amalga oshirilgan. 
Mehnatning yanada murakkablashuvi, maxsus qurollar va yangi faoliyat turlarining paydo 
bo‘lishiga  ehtiyoj,  ibtidoiy  odam  podasining  butun  ijtimoiy  hayotining  tabaqalashuvi  va 
xilma-xillashuvi  shakllanib  borayotgan  kishilar  miyasi  va  ongi  yanada  takomillashuvining 
                                                 
315
 Семенов Ю.И. На заре человеческой истории. М., 1989. 92-б. 


manbai  bo‘lib  xizmat  qildi.  Paleoantroplar  (qadimgi  odamlar)  bosqichida,  chamasi, 
umumlashgan tasavvurlar, eng oddiy muhokama va xulosalar paydo bo‘ladi. Shu davrda diniy 
va  estetik  tasavvurlarning  kurtaklari  paydo  bo‘ladiki,  neandertal  odamlar  ko‘milgan 
joylardagi  topilmalar  va  paleoantroplar  manzilgohlarida  oxradan  foydalanish  bundan  dalolat 
beradi. 
Inson  tafakkurining  vujudga  kelishi,  fanlararo  tadqiqot  ma'lumotlari  tasdiqlaganidek, 
quyidagi  yo‘nalishlardan:  aniq-ta'sirli  tafakkurdan  konkret-obrazli  tafakkur  orqali  og‘zaki-
mantiqiy  tafakkur  tomon  borgan.  Bizning  uzoq  ajdodlarimiz  tafakkurining  vujudga  kelishi 
to‘g‘risida gapirganda shuni aytib o‘tmoq zarurki, u hozirgi zamon odami tafakkuridan farq 
qilgan  va  hozirda  mavjud  bo‘lmagan  arxaik  shakllarda  amalga  oshirilgan.  Ko‘pgina 
tadqiqotchilarning  fikricha,  antropogenezning  ilk  bosqichlarida  «tafakkurning  protoformasi» 
mavjud  bo‘lgan  va  u  hozirgi  zamon  odamining  tafakkuri  shakllaridan  (tushunchalar, 
mulohazalar,  xulosalardan)  farq  qiladi.    Shakllanayotgan  odamning  ongi  konkret-hissiy  va 
bevosita amaliy vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. U hali yetarlicha mustaqil bo‘lmagan va 
odamlarning moddiy faoliyati va moddiy hayoti bilan chirmashib ketgan edi. Faqat bir yarim 
million  yildan  ortiq  vaqt  davomida  amaliyot  o‘zlashtirila  borgan  sari  amaliy  harakatlar 
mantiqi asta-sekin fikrlar harakati mantiqiga aylanib borgan. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish