Mavzu: Bilish nazariyasi reja



Download 21,75 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi21,75 Kb.
#300075
Bog'liq
6-mavzu


Mavzu: Bilish nazariyasi

REJA

  1. Bilishning asosiy bosqichlari. Hissiy imperik nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajasi

  2. Falsafada haqiqat muammosi.

Nazariya va amaliyot birligi.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Bilish, in’ikos, agnostisizm, bilishning ob’yekti, sub’ekti, xissiy bilish: sezgi, idrok, tasavvur, abstrakt tafakkur: tushuncha, xukm, xulosa: sensualizm, rasionalizm, xaqiqat, xaqiqatning ob’yektivligi, konkretligi, nisbiyligi va mutlokligi, amaliyot, ilmiy bilish, emperik va nazariy daraja, kuzatish, ulchash, takosslash, ekperiment, abstraksiya, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, analogiya, modellashtirish, tarixiylik, mantiqiylik, gipoteza, mavxumlik va aniklik, nazariya, muammo, ilmiy bashorat.



Mavzuga oid mammolar:

1. Bilishning manbaiy masalasi.

2. Ontologiya va gnoseologiya, ularning bir-biriga ta’siri masalasi.

3. Bilish ob’yekti va sub’ekti, ularning bir-biriga ta’siri masalasi.
Mavzuning bayoni.

Falsafada bilish muammosini to’g’ri talkin qilish va tushunish nixoyatda katta ahamiyatga ega. Chunki insonning dunyoni uzlashtirishi birinchi navbatda uni urganish bilan bog’lik bo’lgan muammolarni xal qilinishiga bog’lik. Shuning uchun xam butun falsafa tarixidagi mutafakkirlar bu masalani chetlab uta olmaganlar va u yoki bu masaladan uni xal qilishga uringanlar. Xakikatdan xam mantiqiy muloxaza qiladigan bo’lsak uni chetlab utish mutloko mumkin emas. Falsafiy dunyoqarash, dunyo to’g’risidagi tasavvurlar, bu dunyoni bilish demakdir, ya’ni bilish muammosi. Bilish muammosi to’g’risida va uning mexanizmlari haqida utmishdan to hozirgacha turlicha talkinlar yondoshuvlar mavjud.

Umuman barcha mutafakkirlar dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etishsada, lekin uning mexanizmini turlicha talkin qilishadi ba’zilar bilish jarayoni asosan, xissiy jarayonlar bilan bog’lik deyishsa, boshqalar tafakkur prosessi bilan bog’lik deb talkin qilishadi.

Shunday faylasuflar borki, ular umuman bilish jarayonini inkor qilishadi. Ularni falsafada agnostiklar deymiz.

Markaziy Osiyo mutafakkirlari xam dunyoni bilish va bilish jarayoni to’g’risida kimmatli fikrlarini ilgari surishgan.

Umuman bilish deganda nimani tushunish mumkin? Juda tushunarli tilda ifoda qiladigan bo’lsak bilish–moddiy va ma’naviy dunyoning inson shaxsida, ongida in’ikosi ya’ni aks etish jarayonidir.

Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagi tamoyilga, ya’ni prinsipga asoslanadi:

1. Tashki dunyo sezgi va tasavvurimizga bog’lik bulmagan xolda, undan tashkarida mavjud. Tashki olam inson sezgi va tasavvurlarining manbaidir. Bu erda tashqi olam ob’yektiv olam ma’nosida ishlatilmokda

2. Inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida uziga bog’lik bulmagan tashqi olam mazmunini aks ettiradi.

Bilish nazariyasini falsafiy tahlil qilishda bilishning ob’yekti va sub’ekti o’rtasidagi uzaro munosobat masalasini to’g’ri tushunish muxim ahamiyat kasb etadi.

Ob’ekt deganda bilish jarayoni nimaga qaratilgan bulsa o’sha narsa tushuniladi. SHu jumladan, ma’lum ma’noda biluvchi inson xam kirishi mumkin. Keng ma’noda ob’yekt bu voqelik, sub’ekt bu inson bilan bog’lik jarayondir. YA’ni insonsiz bilish jarayoni bo’lishi mumkin emas, shu ma’noda u sub’ekt buladi. Sub’ektning ilmiy bilishdagi a’amiyati shundaki, u ob’yektiv mavjud bo’lgan qonuniy boglanishlarni ochib beradi. Ob’ektga nisbatan xam amaliy, xam nazariy jihatdan yondoshadi.

Avvalgi savolimizda ta’kidlanganimizdek bilish jarayoni murakkab dialektik jarayondir, ya’ni inson bilimi birdaniga xosil buladigan jarayon emas. Bilish tafakkurning bilinayotgan predmetiga yakinlashuvidan, fikrning bilmaslikdan bilishga karab, to’la va mukammal bulmagan bilimdan to’la va mukammal bilimga karab xarakat qilishdan iborat , cheksiz jarayonni tashqil etadi. Bilish eskirib kolgan nazariyani yangi ta’limotlar bilan almashtirib, eski ta’limotlarni yanada aniklab olga karab boradi xamda voqelikning yangidan yangi tomonlarini ochadi. Demak bilish birdaniga buladigan yoki amalaga oshadigan jarayon bulmasdan bir necha boskichlardan iborat jarayondir.

SHu ma’noda bilish shakli mushoxoda (xissiy boskich,) va mavxum tafakkur(Aqliy bilish) dan iboratdir.

Xissiy bilish inson bilishining dastlabki birinchi boskichi bo’lib, inson bilish jarayoni ayni shu bilishdan boshlanadi, natijada, miyada predmet va xodisalarning belgilari, signallari va xissiy obrazlari xosil buladi. uz navbatida jonli mushoxoda, ya’ni xissiy bilash sezgi, idrok, tasavvurdan iborat buladi. Inson bilishi sezgidan boshlanib unda aks ettirilayotgan predmet yoki xodisaning tamoyillari bir biriga bog’lik bulmagan xolda aloxida aks ettiriladi.

Keyingi boskichda ya’ni, idrokda bu tomonlar umulashtirilib yaxlit obraz sifatida aks ettiriladi. Xissiy bilish bilan Aqliy bilish o’rtasidagi uziga xos kuprik vazifasini utovchi boskich tasavvurdir. Tasavvurda xam xissiy xam Aqliy momantlar belgisi bor. YA’ni tasavvurda hozir bevosita idrok qilingan narsani yana kayta shaklanish imkoniyati bor.

Umuman olganda, insonni xissiy bilishi ma’lum ma’noda cheklanib bir tomonlama tulik bulmagan xolatdir. Inson borliqdagi predmet va xodisalarning ichki tomonlarini, ularning o’zgarish va rivojlanishi qonunlarini fakat Aqliy bilish orqaligina bila oladi. Aqliy bilishning uch xususiyati bor, Aqliy bilish mavxumlik xususiyatga ega, ya’ni Aqliy bilish jarayoni uchun tashqi olam bevosita kuz oldimizda bo’lishi shart emas. Aqliy bilishga xos bo’lgan bu jarayon obstraksiya, ya’ni mavxumlashtirish deyiladi.

Aqliy bilish umumlashgan xususiyatga ega, ya’ni bunda birini darajali tomonlardan ajratib olinadi.

Aqliy bilish til bilan boglangan, bilish jarayonida paydo bulayotgan xar bir tushuncha til orqali ro’yobga chikadi.

Mantikiy bilish uz navbatida tushuncha, xukm, xulosa chikarishdan iborat. Tushuncha predmet va xodisalar, ularning muxit va zaruriy belgi va aloqadorliklar to’g’risida yo inkor yoki tasdik, fikr ifodalanadi..

Xukmda chakirish Aqliy bilishning shunday shaklini, unda bir yoki bir necha xukmlar asosida yangi xukm yangi fikr xosil buladi.



Xissiy va Aqliy bilishni bir biridan ajratish mumkin emas. Ular didaktik birlikdagina tulik bilim berishi mumkin. YAyni xolda bilish bir yoklama bo’lib koladi. Falsafa tarixida fakat xissiy bilishni tan oluvchilarni emperiklar (yunoncha «emperil» tajriba suzidan) desak, fakat Aqliy bilishni tan oluvchilarni rosionalistlar (lotincha «rasional» okilona suzidan) deb ataymiz.

Ilmiy bilish metodlari va shakllari muammosi xam bu masalani to’g’ri tushunishda katta ahamiyatga ega, chunki ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqotning xarakteri va uning natijasida xosil bo’lgan yangi bilimlar kup jaxatdan tadqiqotchining uz faoliyatida qanday metodlarni tanlanganiga, ulardan qanday foydalanganligiga bog’lik.

Ilmiy bilishning vazifasi borliqdagi predmet va xodisalarning ichki tabiatini, ulardagi aloqadorlik va boglanishlarni, ularda amal qiladigan qonunlar va qonuniyatlarni, xullas, ularning mohiyatini bilishdan iboratdir. Ilmiy bilish natijasida xosil qilingan bilishlarning ma’lum tizimlarni fanlarni vujudga keltiradi.

Fanlar borliq va uning turli kurinishlari: tabiat, jamiyat, inson, inson tafakuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilishlar tizimdaridan iboratdir. Yuqorida ta’kidlanganimizdek, ilmiy bilishda kullaniladigan metod nixoyatda muxim ahamiyatga ega.

Metod ilmiy bilishning tarkibiy qismi bo’lib, uning ob’yekti, tahlil mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni xal etish uchun zarur bo’lgan vositalarni ifodalaydi. Ilmiy bilish metodlarini urganish falsafada metodologiyasini paydo bo’lishiga olib keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy ta’limot sifatida uzida kishilar dunyoqarashi prinsiplarini, ularni bir butun amaliy va nazariy faoliyatlariga tarbiya etishni urganadi. Xar bir fan ob’yektini urganuvchi predmetning anik izlanish metodi bo’lib, bu metod uz xarakteri va kamrab olish darajasiga karab xususiy, va umumiy bo’lishi mumkin.

Xozirgi zamon fanlarida ilmiy bilishning quyidagi metodlari mavjud: kuzatish va eksperiment, Analiz va sintez, induksiya va diduksiya, umumlashtirish, obstrAqlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish va boshqalar.

YAna bir masala ilmiy bilishning shakllari masalasi ba’zi adabiyotlarda metodlari bilan shakllari bir ma’noda kullaniladi, aslida unday emas, chunki, ilmiy bilish metodlaridan foydalanish asosida yangi bilishlar xosil buladi. Bu yangi bilishlar uzlarining paydo bo’lishidan to insoniyatning nazariy bilishlari tizimlari–fanlarga kirib kelishigacha, xar xil kurinishlarda bir qancha tarakkyoit boskichlarini bosib utadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo’lgan yangi bilishlarning rivojlanishidagi turli kurinishdagi bu boskichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilishning bunday shakllarining asosiylarini ilmiy goya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan kurishlar tashqil etadi. g’oya, bu tadqiqot maksadini, uning yo’nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. g’oya uz tabiatiga kura biror fikrdir, u tadqiqotga miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo’lib, borliqning to’g’ri yoki xato in’ikosidir.

Muammo, ilmiy bilishning xali bilib olinmagan va xal qilinmagan, lekin bilinshi va xal qilinishi lozim bo’lgan bilish shaklidir. Muammoni to’g’ri kuyish ilmiy bilishda ishning yarimini xal qilish demakdir. Kupchilik muammoni eng kiyin, eng murakkab masala yoki savoldir deyishadi.

Gipoteza tekshirilayotgan predmet yoki xodisa to’g’risda ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma’lumotlarga zid bulmagan, lekin xaqiqatligi xali isbotlanmagan ilmiy bilish in’ikosidir.

Nazariya ilimiy bilishning eng yuqori shaklidir. Nazariya deyilganda xaqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqningsh biror soxasiga oid ma’lum goyalar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarning muayyan tizimi tushuniladi.

Ilmiy bashorat tadqiqotga tabiat va jamiyatdjagi predmet va xodisalarning utmishda va hozirgi davrdagi xolati, o’zgarish va rivojlanishining ob’yektiv qonuniyatlarining bilish asosida ularning kelgusi xolati haqida biron bir fikr aytishdir.

Bunga Prezidetimizning Mustakil O’zbekistonning imkoniyatlari va sharoitlarini xisobga olgan xolda «Buyuk kelajak» to’g’risidagi bashoratlarning keltirishimiz mumkin.

Umuman ilmiy bilishning metod va shakllarini to’g’ri tushunish talabalarda, na fakat talabalarda umuan dunyoqarashni shakllantirishda xamma uchun zarur bo’lgan bilish vositalaridir.
Muxokama uchun savollar:

    1. Sezgi va tyuyguolar orasidagi bog’liklik va farq nimada.

    2. Aqliy bilish va xissiy bilish oarsidagi ziddiyat.

    3. Bilishda sezgilarning urnini tushuntiring.

    4. Aql borliqni sezgi orqali tashqi bilishning maxsuli va natijasi

ekanini tushuntiring.

5. Bilish borliqka moslashuv extiyoji ekanini tushuntiring.



6. Qalb va aqlning bilishda ishtiroki masalasini izohlang.
Mavzu buyicha echimini kutayotgan ilmiy mammolar.

1. Aqliy bilish va xissiy bilish oarsidagi ziddiyatni yechishda Farobiy va

I.Kant yondashuvlrini tahlil qilish.
Download 21,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish