Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   290
Bog'liq
falsafa

statistik  (ehtimoliy)  qonunlar,  simmetrik  qonunlar,  boshqaruv  qonunlari.  Qonunlarning  turli 
sinflari  mavjudligi  dunyoda  sifat  jihatdan  turli  tuman  muhim  aloqalar  mavjudligini  aks 
ettiradi, bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida o‘z ifodasini topadi. 
 
2-bob. ILMIY BILISh DARAJALARI 
 
«Empirik»  degan  tushuncha  zamirida  «empiriya»,  ya'ni  «tajriba»  tushunchasi  yotadi. 
Lekin bu bilishning empirik darajasi tajribadangina iborat  degan  ma'noni bildirmaydi. Ilmiy 
nazariyaning  zarur  empirik  bazasi  eksperimentdir,  u  hozirgi  zamon  fani  rivojining  muhim 
omiliga  aylandi.  Fanning,  birinchi  navbatda  tabiiyotning  butun  taraqqiyot  tarixi  eksperiment 
bilan  biron-bir  tarzda  bog‘liqdir.  Tabiiyot  fanini  ko‘pincha  eksperimental  fan  deb  atab,  bu 
bilan  uning  ilgari  antik  va  o‘rta  asrlar  fani  doirasida  mavjud  bo‘lgan  tabiatni  bilish  
usullaridan  farqini  ta'kidlab  ko‘rsatadilar.  Yangi  zamon  fani  tomonidan  amalga  oshirilgan 
oddiy, o‘z imkoniyatiga ko‘ra g‘oyat cheklangan va hodisalarni yuzaki o‘rganish va tasniflash 
uchungina  yaroqli  bo‘lgan  hodisalarni  oddiy  kuzatish  metodidan  eksperimentga  asoslangan 
yangi metodga o‘tib, hodisalarni muntazam va muayyan maqsadni ko‘zlab faol tadqiq etishga 
o‘tish bilishning tarixiy rivojlanish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. 
Eksperimentlar ikki sinfga bo‘linadi: sifatiy va miqdoriy eksperimentlar. Sifatiy va ancha 
oddiy  eksperimentning  maqsadi  hodisaning  faqat  mavjudlik  faktini  aniqlashdan  iborat. 
Masalan,  yorug‘lik  sinishi  ko‘rsatkichlari  turlicha  bo‘lgan  muhitlar  chegarasidan  yorug‘lik 
o‘tishini  tadqiq  qilib,  sinish  fakti  mavjudligini  osonlik  bilan  aniqlash  mumkin.  Sifatiy 
eksperiment  murakkab  o‘lchov  sistemalari  va  ma'lumotlarni  ishlab  chiqish  sistemalari  bilan 
kamroq jihozlanadi. 
Miqdoriy  o‘lchovli  eksperimentni  o‘tkazish  uchun  murakkab  asbob-uskunalar  talab 
qilinadi.  Bunday  eksperimentning  vazifasi  sistemaning  holatini  ko‘rsatuvchi  parametrlar 
o‘rtasidagi  miqdoriy  aloqalarni  aniqlashdan  iborat.  Sinish  qonunlarini  o‘lchagich  asboblari 
yordamida tekshirishda tajribalar o‘tkazilib, tushish burchagi bilan sinish burchagi o‘rtasidagi 


miqdoriy  nisbatlar  aniqlandi  va  burchaklarning  sinuslari  bilan  sinish  koeffitsientlari 
o‘rtasidagi  funksional  aloqa  topildi.  Eksperiment  ilmiy  bilimlarni  isbotlash  va  rivojlantirish 
vositasidir. 
Shunday  qilib  eksperiment,  bu  –  bilimga  ega  bo‘lish  maqsadida  amalga  oshiriladigan 
faoliyat  turi  bo‘lib,  o‘rganilayotgan  ob'ektga  maxsus  asbob-uskunalar  vositasida  ta'sir 
ko‘rsatishdan  iborat.  Shu  tufayli:  o‘rganilayotgan  ob'ektni  uning  mohiyatini  xiralashtirib 
qo‘yuvchi qo‘shimcha hodisalar ta'siridan holi qilish va uni sof holda o‘rganish; jarayonning 
borishini qat'iy belgilangan hamda nazorat qilish va hisobga olish mumkin bo‘lgan sharoitda 
ko‘p marta takrorlash; ko‘zlangan natijaga erishish uchun turli ta'sir va sharoitlarni reja bilan 
o‘zgartirish,  birlashtirish  va  o‘lchash  mumkin  bo‘ladi.  Empirik  tadqiqot  kuzatuv  va 
eksperimentning  yangi  ma'lumotlarini  aniqlab,  nazariy  tadqiqotni  kuchaytiradi,  uning  oldiga 
yangi vazifalar qo‘yadi. 
Har  qanday  nazariya,  bu  –  faktlarni  ishonchli  tarzda  bilishgina  emas,  o‘rganilayotgan 
hodisalarning  empi-rik  ta'rifigina  emas,  u  bu  faktlarni  tushuntirish  funksiyasini    ham  
bajaradi.    Gipotezalardan    farqli  o‘laroq,  nazariya  to‘g‘ri  va  asosli  tushuntirish  imkonini 
beradi.  Nazariya  mavjud  va  aniqlangan  faktlarni  muayyan  sohadagi  qonunlar  va  boshqa 
mavjud  aloqalarning  mantiqan  zarur  oqibati  sifatida  tushuntiradi.  Ya'ni  nazariyada  bizni 
qurshab turgan hodisalar va voqyealarni tasodiflar tartibsizligi deb emas, balki ob'ektiv zarur 
va qonuniyatli munosabatlarning ko‘rinish va mavjud bo‘lish shakli sifatida izohlash mumkin 
bo‘ladi. 
Bundan  tashqari,  oldindan  aytish,  ilmiy  bashorat  qilish  ilmiy  nazariyaning  muhim 
funksiyasidir.  O‘tmishni va hozirni tushunishga, yig‘ilgan va ma'lum  faktlarning  mohiyatini 
fahmlashga  imkon  beradigan  tushuntirishdan  farqli  o‘laroq,  ilmiy  bashorat  yordamida 
kelgusidagi  taraqqiyotning  asosiy  tendensiyalari  va  istiqbollarini  ochib  berish  mumkin. 
Bashorat  qilish  uchun  foydalaniladigan  qonunlar  «dinamik»,  ya'ni  voqyealar  borishini  bir 
ma'noda  determinlashtiruvchi  bo‘lsa,  bir  ma'noli  bashoratni  amalga  oshirish  mumkin. 
Voqyealar  sodir  bo‘lishining  u  yoki  bu  ehtimolini  belgilovchi  «statistik»  qonunlar  asosida 
bashorat qilinsa unda ehtimoliy bashorat amalga oshirilgan bo‘ladi. 
Shunday qilib, nazariya, bu – muhim munosabatlar va qonunlarni bilish asosida ob'ektiv 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish