Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   290
Bog'liq
falsafa

Har  qanday  nazariya,  bu  -  tushunchalar  tizimidir.  Tushunchalar  tizimida  turli  tuman 
aloqalar  va  bog‘likliklar  mavjud  bo‘lib,  ular  orasida  barqaror  invariantlar  ajralib  turadi. 
Tushunchalar orasidagi bu barqaror o‘zaro aloqalarda fan qonunlari ifodalanadi,  bular  esa 
tushunchalarning  o‘zi  bilan  bir  qatorda  bilimlarni  ifodalashning  mustaqil  va  eng 
muhim formasidir. 
Gipoteza, bu  —  haqiqiyligi  aniqlanmagan  ilmiy taxmin  yoki farazdir .  Gipoteza, 
bu – fanda o‘rtaga qo‘yilgan  savolga  javob  berishga  intilib,  bildirilgan fikrlar  tizimidir. 
Shu  bilan  birga  bu  fikrlar  faktual  emas  balki  nazariy  xarakterga  egadir.  Fanda 
ko‘pincha  shunday  savollar  paydo  bo‘ladiki  ularga  javoblar  faktlar  to‘g‘risidagi  fikrlar 
shaklida  olinishi  mumkin  va  ular  eksperimental  ma'lumotlar  deb  ataladi.  Gipotezani 
ilgari  surish  boshqa  bir  bilish  vaziyati  bilan  bog‘liq.  Gipoteza  shuning  uchun  zarurki,  fikr 
bizning sezgi organlarimizning «ko‘rish maydoni» tugagan joyga kirib borishning birdan bir 


vositasidir.  Gipoteza  esa  u  yerda  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  narsani  tasavvur  qilishning 
birdan bir usulidir. 
 Gipoteza,  bu  –  farazdir.  Faraz  to‘g‘ri   va  yanglish  bo‘lishi  mumkin.  Gipoteza 
asoslash  mexanizmi  nuqtai  nazaridan  ham  farazdir:  faraz  induktiv  tarzda 
(faktlardan)  ham,  deduktiv  tarzda  ham  chiqarilmaydi.  Gipoteza,  shunday  qilib,  alohida 
gnoseologik  fenomendir.  Aslida,  har  qanday  tadqiqot,  birinchi  navbatda,  fan  oldiga 
qo‘yiladigan  problemalarni  hal  etishdir.  Bu  problemalarni  gipotezalarsiz  hal  etib 
bo‘lmaydi,  zero  ular  tegishli  faktlarni  sinash  uchun  muayyan  nazariy  tizim 
asosida  taxminiy  izohlashga  urinadi.  Shuning  uchun  aytish  mumkinki,  umuman 
fandagi  tadqiqot  jarayoni  gipotezalarni  ilgari  surish,  baholash,  tanlash,  ishlab  chiqarish  va 
asoslashdan iborat. 
Bu umumiy tadqiqot jarayonida gipotezalar ishlab chiqish, baholash va  saralash 
bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi izlash bosqichi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. U butun 
tadqiqotning  eng  muhim  va  ijodiy  qismidir.  Gipotezalarni  asoslash,  tekshirish  va  tasdiqlash 
bosqichi  ko‘pincha  gipotezalardan  mantiqiy      xulosalar  chiqarishdan  hamda  ularni 
mavjud  empirik  faktlar  va  ma'lumotlar  bilan  taqqoslashdan  iborat  bo‘ladi.  Tekshirish 
imkoniyati  nazariyaning  tajriba  bilan  taqqoslana  olish  imkoniyatidir,  ya'ni  gipoteza 
hodisalarning bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ayrim asoslari to‘g‘risidagi tahmindir va undan 
chiqarilgan  natijalarni  tajriba  bilan  taqqoslash  yo‘li  bilangina  tekshirib  ko‘rilishi 
mumkin.  Ayrim  hollarda  masalan,  mavjud  o‘lchov  vositalarining  yetarlicha  aniq 
bo‘lmasligi  yoki  tekshiruv  eksperimenti  o‘tkazish  uchun  zarur  sharoit  yo‘qligi 
sababli  aktual  tekshirish  imkoniyati  bo‘lmasligi  mumkin.  Biroq  loaqal  tekshirishning 
prinsipial imkoniyati albatta bo‘lmog‘i kerak. 
Gipoteza  qilish  qobiliyati  inson  tafakkurining  ijodiy  kuchidan  dalolat  beradi. 
Biroq  har  qanday  faraz  yoki  oddiy  gumon,  ilmiy  gipoteza  bo‘la  olmaydi,  chunki  bema'ni, 
jiddiy  asosi  bo‘lmagan  fantastik  tahminlar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Tahmin  ilmiy  gipoteza 
bo‘lishi uchun bir qator shartlarni qondirishi: ilmiy dunyoqarash prinsiplariga asoslanishi; fan 
aniqlagan  qonunlarni  hisobga  olishi,  ya'ni  e'tirof  etilgan  ilmiy  nazariyalarga  mos  kelishi; 
muayyan sohada mavjud bo‘lgan faktlarga tayanishi, ularni izohlab berishi va yangi faktlarni 
bashorat  qilish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  kerak.  Ilmiy  gipoteza  oldiga  qo‘yilgan 
muhim  talab  uni  amaliy,  eksperimental  va  umumiy  empirik  tekshirib  ko‘rish  mumkin 
bo‘lishligidir.  Gipoteza  yagona  prinsipga  asoslangan  holda  barcha  aniqlangan 
faktlarni  qo‘shimcha  tahminlarsiz  izohlashga  layoqatli  bo‘lishi  kerak.  Bu  talab 
dunyoning birligi to‘g‘risidagi  dialektik  prinsipga muvofiq keladi.  
Gipoteza  praktikada  tasdiqlang ach,  u  ishonchli  nazariyaga  aylanadi.  Lekin 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish