Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. FAN MOHIYaTI  VA SISTeMASI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-bob. FAN MOHIYaTI  VA SISTeMASI 
 
Fanni dunyo to‘g‘risidagi, shu jumladan odamning o‘zi to‘g‘risidagi, ob'ektiv bilimlarni 
ishlab chiqarish bo‘yicha yuksak darajada tashkil etilgan  va  ixtisoslashtirilgan  faoliyatdir
deb ta'riflash qabul qilingan. Sharqda bilim  hamisha  yuksak darajada qadrlangan. XII asrda 
yashab ijod  etgan  shoir va mutafakkir  olim Ahmad Yugnakiy fan va bilim haqida bunday 
degan: « … Olim odamlarga yaqinroq bo‘l. Bilim senga keng yo‘l ochib beradi. Bilimlarga 
intil,  baxt  yo‘lini  izla.  …Endi  o‘zing  sinab  ko‘r:  hisoblab,  o‘ylab  ko‘r,  bilimlardan  ham 
foydaliroq  bo‘lgan  biron  bir  narsa  bormi.  Bilishlik  olimni  ko‘klarga  ko‘taradi,  bilmaslik 
odamni yerga uradi»
320
.   
  
XVII asrda tajribaga asoslangan fanning rivojlanishi insonning turmush tarzini tubdan 
o‘zgartirib    yubordi.  B.Rassel  ta'kidlaganidek,  «Yangi  dunyoni  ancha  avvalgi  asrlardan 
farqlantiradigan  narsalarning  deyarli barchasiga XVII asrda ajoyib yutuqlarga  erishgan fan 
sabab  bo‘lgan»
321
.    Fanning  hozirgi  taraqqiyoti  odamlarning  faoliyatini  yanada  tubdan  
o‘zgartirib  yubormoqda. Uning texnika va eng yangi texnologiyalarning rivojlanishiga ta'siri, 
fan-texnika taraqqiyotining (FTT) esa kishilar hayotiga ta'siri ayniqsa sezilarlidir. Fan kishilar 
hayotiga  yangi  muhit  yaratib  bermoqda.  K.Yaspers  yozganidek,  «qisman  odamning  o‘zi 
tomonidan yaratilgan muhit odam  mohiyatining  belgisidir»
322

Fanning  birinchi    boshlang‘ich  «bo‘linishi»  uning  tuzilmasidan  fundamental  va  amaliy 
fanlarning  ajralib  chiqishidir.  Ma'lumki,  texnika  va  texnolo-giyadagi  hozirgi  o‘zgarishlar  
fundamental    fanlardagi  ulkan  o‘zgarishlar    tufayli  mumkin  bo‘ldi.  Fanning  fundamental 
sohalaridagi muvaffaqiyatlar zaminida ko‘pgina amaliy tadqiqotlar va injenerlik ishlanmalari 
gurkirab  rivojlanmoqda.  Fanning,  uning  fundamental  yo‘nalishlarining  ildamlik  bilan 
rivojlanishi  FTTning  yanada  muvaffaqiyatliroq  avj  olishi  uchun  zarur  shart-sharoit 
hisoblanadi. 
Fanning  quyidagi  asosiy  funksiyalarini  alohida  ko‘rsatish  mumkin:  a)  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarni  takomillashtirish  uchun  ilmiy  bilimlardan  foydalanish  (fanning  texnologik 
funksiyasi);  b)  ilmiy  bilimlardan  fanning  o‘zini  rivojlantirish  uchun  foydalanish;  v)  ilmiy 
bilimlarni  shaxsning  har  tomonlama  kamol  topishiga  (ijtimoiy  progressga)  imkon  yaratish 
maqsadida insonni rivojlantirish uchun qo‘llash; g) fandan turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni 
boshqarish vositasi sifatida foydalanish. Ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning 
asosiy  manbalaridan  biri  bo‘lgan  fanning  roli,  uning  tashkiliy  tuzilishining  murakkabligi, 
ilmiy  faoliyat  jarayonida  foydalaniladigan  resurslarning  turli  tumanligi  fan  taraqqiyotini 
prognozlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Ijtimoiy  hayot  dinamikasi  bilimlarning  rivojlanish  jarayonlariga  muhim  ta'sir  qilib,  fanni 
tuzilmaviy  va  gnoseologik-metodologik  jihatdan  ancha  ilgari  siljitadi.  Bu  –  fanning  asosan 
oddiyroq tizimlarni (eng avvalo fizik va injenerlik tizimlarni) o‘rganishdan murakkab va o‘ta 
murakkab  tizimlarni  (ekologik,  biologik,  iqtisodiy,  ijtimoiy  tizimlarni)  tadqiq  qilishga 
o‘tishidir. 
Fan  qonunlari  ob'ektiv  voqyelik  qonunlarining  inson  tafakkuridagi  in'ikosidir.  Fan 
ta'riflab  beradigan  qonunlar  muayyan  sharoitdagi  ob'ektiv,    umumiy,  zarur    va  muhim 
aloqalarning  in'ikosidir.  Biroq  ob'ektiv  mavjud  bo‘lgan  qonuniyatli  aloqa  ta'riflab  berilgan 
                                                 
1
1
 Қаралсин: Антология педагогической мысли Узбекистана, 103-б.  
2
2
 Б.Рассел. История западной философии. М,1952. 545-б. 
3
3
 К.Ясперс. Современная техника// Қуйидаги китобда: Новая технократическая волна на Западе. М. 
1986. 123-б. 


qonunga  qaraganda  ancha  keng  qamrovlidir,  chunki  bu  qonun  bilish  jarayonida  yangi 
faktlarga ega bo‘lib borilgan sari doimo aniqlanib boradi. 
Ob'ektiv  jarayonlar,  aloqalar  va  munosabatlar  fan  qonunlarida  qanchalik  to‘la  va  har 
tomonlama  aks  ettirilsa,  bu  qonunlar  shunchalik  chuqurroq  va  mazmundorroq  bo‘ladi.  Shu 
bilan  birga  «qonun»  tushunchasida  ifodalanadigan  aloqalarning  barqarorligi  va 
takrorlanuvchanligi  nisbiy  xarakterga  ekanligini  aytib  o‘tmoq  kerak.  Barqarorlik, 
takrorlanuvchanlik  absolyut  xarakterda  bo‘lishi  mumkin  emas,  chunki  har  qanday  hodisa 
rivojlanish  va  o‘zgarish  holatida  bo‘ladi  va  shu  sababli  barqaror  aloqalar  nobarqaror 
aloqalarga, nobarqaror aloqalar barqaror aloqalarga aylanishi mumkin. 
Xo‘sh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari qanday?  Qonun
bu – muhim xarakterga ega bo‘lgan aloqadir. Qonun va mohiyat tushunchalari bir xil toifadagi 
tushunchalardir.  Qonuniyatli  aloqalarning  muhimlik  va  zarurlik  xossalari  ularning  yana  bir 
xususiyatini – umumiyligini keltirib chiqaradi. Umumiylik qonunning tegishli sharoit bo‘lgan 
hamma  yerda  amal  qilishini  bildiradi.  Qonunlar  kamroq  umumiy  bo‘lib,  faqat  moddiy 
jarayonlarning  cheklangan  sohalaridagina  amal  qilishi,  ayrim  konkret  fanlar  tomonidangina 
o‘rganilishi  (masalan,  energiyaning  saqlanishi  va  aylanishi  qonuni)  mumkin;  shuningdek 
qonunlar  falsafa  tomonidan    o‘rganiladigan  umumiy,  universal  bo‘lishi  mumkin  (dialektika 
qonunlari). 
Qonunlar  o‘zining  ifodalash  shakllari  bo‘yicha  bir-biridan  farq  qiladi.  Bir  xil  qonunlar 
hodisalar  o‘rtasidagi qat'iy miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi va fanda matematik formulalar 
bilan  qayd  etiladi  (masalan,  butun  jahon  tortilish  qonuni).  Boshqa  xil  qonunlarni  esa  qat'iy 
matematik formulalar bilan ifodalab bo‘lmaydi (masalan, tabiiy tanlanish qonuni). Qonunlarni 
sinflarga  bo‘lish  g‘oyat  muhim  ahamiyatga  ega:  dinamik  qonunlar  (qattiq  determinatsiya), 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish