Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Texnika va ilm-fan 
 
 Texnika  falsafasida  texnika  va  ilm-  fan  nisbati,  texnika  ilmining  tabiati  to‘g‘risidagi 
masalalar alohida o‘rin egallaydi.  
Texnika ilmi ilmning quyidagi masalalar doirasini qamrab oluvchi alohida turidir: texnika 
ob'ektining  genezisi  va  ijtimoiy  mohiyati;  texnikaviy  ob'ektning  rivojlanish  qonuniyatlari; 
texnologiya  jarayonlarining  rivojlanish  qonuniyatlari  va  tamoyillari.  Jarayonlar  ideal  tarzda, 
«sof» ko‘rinishda tiklanadigan tabiyot ilmiga oid bilimdan farqli o‘laroq, texnika ilmida real 
konstruksiyalar  sharoitiga  ma'lum  yaqinlashishlar  asosida  olinadi.  Texnika  ilmi  amaliy 
yo‘nalishga  ega  bo‘lib,  normativ  hujjatlarda  mustahkamlab  qo‘yiladigan  tushunchalar 
mazmunini standartlashtirishda o‘z ifodasini topadi.  
Texnika  ilmi  texnikaviy  ob'ektlarni  (asbob,  texnikaviy  qurilma,  texnika  vositasi,  texnika 
tizimi  va  boshqalar)  hamda  texnologik  jarayonlarini  (qurilish,  mahsulot  ishlab  chiqarish, 
asbob-uskunalarni  ishlatish  va  boshqa  shu  kabilarni)  ta'riflovchi  tushunchalar  bilan  ish  olib 
boradi.  
Texnikaviy  ob'ekt  –  texnikaviy  vazifani  bajaradigan  tabiiy  yoki  sun'iy  predmet.  Uning 
mavjudligi  inson faoliyati  bilan bog‘liq. Unda ishlab chiqarish vazifalari ob'ektlashgan va u 
odamlardagi bilimni gavdalantiruvchi vosita sifatida maydonga chiqadi. Texnikaviy ob'ektda 
tabiiy  predmetdagi  tarkibiy  qismlarning  tasodifiy  birligi  o‘rniga    texnikaviy  ob'ektning 
qurilmaviy  barqarorligini  ta'minlovchi  hamda  uning  o‘z-o‘zidan  yemirilishiga  to‘sqinlik 
qiluvchi zaruriy va qonuniy birligi yuzaga keladi. 
Texnologik  jarayon  yoki  texnologiya  -    texnikaviy  ob'ektning  o‘zgartirilayotgan  predmet 
bilan o‘zaro  ta'siri  jarayonidir.  U mazkur o‘zaro ta'sir usullari, texnikaviy ob'ektning  ta'sir 
ko‘rsatish izchilligi, predmetning o‘zgarish jarayonlaridan iboratdir.  
Texnika  ilmining  o‘sishi  texnika  taraqqiyoti  va  texnologiyalar  rivojining  asosiy 
tamoyillari  bilan  belgilanadi.  Qurol  yasash  sohasida  faoliyat  ilm-fan  rivojiga  qadar  bo‘lgan 
texnika  ilmining  asosi  va  manbaidir.  Texnika  ilmi  rivojidagi  sifat  o‘zgarishi  mashina 
texnikasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Buning natijasida XVSh asrning oxiri va XIX 
asr  boshlarida  mashinalar  mexanikasi  paydo  bo‘ldi.  XIX  asr  o‘rtalariga  kelib,  mashina 
texnikasining  tuzilishiga  ko‘ra  murakkab  va  bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra  rang-barang 
energetik,  transport,  axborot  tizimlarini  yaratishga  qaratilgan  butun  boshli  texnika  fanlari 


majmui shakllandi. XIX asrda texnikaga oid ilmlar  gurkirab rivojlandi. Texnika ilmi bugungi 
kunda fanning o‘nlab, yuzlab alohida sohalarini qamrab olgan. 
Texnika  ilmi  taraqqiyotida  nazariy  bilimlarning  rolini  oshirish  tamoyili  aniq  belgilab 
qo‘yildi.  Bu  texnika  ilmi  va  fundamental  fanlar  nisbati  muammosiga  bo‘lgan  qiziqishni 
belgilab  berdi.  Texnika  va  ilm-fanning  o‘zaro  munosabatini  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha  turli 
yondashuvlar mavjud bo‘lib, bu yondashuvlar orasida quyidagi ikki model sezilarli darajada 
ajralib turadi:chiziqli va tadrijiy
Chiziqli  model  texnikani  fanning  oddiy  ilovasi  sifatida  yoki  hatto  amaliy  fan  sifatida 
ko‘rib  chiqadi.  Bu  modelda  ilmning  ishlab  chiqarish  funksiyasi  fan  sifatida,  ilmning 
qo‘llanilishi  esa  texnika  sifatida  e'tirof  etiladi.  Ilmiy  bilishdan  texnikaviy  kashfiyot  va 
innovatsiyagacha bo‘lgan chiziqli, izchil yo‘lni asos qoida qilib oluvchi bunday sodda model 
bugungi kunda ko‘plab mutaxassislar tomonidan asossiz deb e'tirof etilgan. 
Ilm–fan  va  texnika  taraqqiyoti  jarayonlari  avtonom,  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan,  biroq 
muvofiqlashtirilgan jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Taraqqiyotning ayrim bosqichlarida fan 
texnikadan  xususiy  natijalarni  qo‘lga  kiritish  vositasi  sifatida  foydalanadi,  shu  bilan  birga 
texnika ham ilmiy natijalardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanadi, texnika ilmiy variantlarni 
tanlash uchun, fan esa o‘z navbatida texnik variantlarni tanlash uchun sharoitlar yaratadi. Fan 
va texnika o‘rtasidagi munosabatning bunday sxemasi tadrijiy model deb ataladi. 
 
2-bob. TeXNIKA ANTROPOLOGIYaSI 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish