Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-§. Texnika va inson 
 
Texnika  falsafasida  inson  va  texnika  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabat    markaziy  o‘rin 
egallaydi.  Texnika  o‘z-o‘zicha  mavjud  bo‘lolmaydi,  u  faqat  «inson-texnika»  tizimining 
tarkibiy qismi sifatida ma'no-mazmunga ega bo‘ladi. Buni texnika taraqqiyotining butun tarixi 
ham tasdiqlaydi. Insoniyat tadrijining barcha bosqichlarida texnika inson faoliyatining narsa-
ashyolarda  ifodalanadigan  natijasi,  inson  turmush  tarzi  va  uning  tadrijining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  amalga  oshirishdan  iboratdir.  Texnikada  inson  borlig‘ini  ramziy  va  shu  bilan 
birga  ratsional  tashkil  etish  ko‘zga  tashlanadi.  Ayrim  tadqiqotchilarning  fikricha  texnika 
insonning ramziy borlig‘idir, lekin bu aynan inson borlig‘idir
330

Hozirgi  voqyelikda  inson  o‘zini  axborot  texnologiyalarida  ramziy  ifoda  etadi,  o‘z 
navbatida raqamli texnika ham ramziy jihatdan insonga o‘xshash tizim hisoblanadi. Bugungi 
kunda kompyuter insonning ikki ming yillikdagi imkoniyatlari ramzidir.  
Texnika  falsafasi  inson  va  texnika  o‘rtasidagi  munosabatlarning  salbiy  tomonlariga  ham 
e'tibor  qaratadi.  Texnikaviy  taraqqiyot  inson  tomonidan  tabiatning  o‘zlashtirishdagi 
navbatdagi  yutuqlardan  birigina  bo‘lib  qolmadi.  Bu  taraqqiyot  atrof  muhitga  haloqatli  ta'sir 
ko‘rsatadi,    inson  tomonidan  atrof  olamni  anglash  xususiyatini  ham  o‘zgartirib  yuboradi. 
Texnika  taraqqiyoti  natijasida  inson  va  tabiatni  bir-biridan  ajratuvchi  yangi  soha  yuzaga 
keladi.  Fransuz  sotsiologi  J.  Ellyulning  taxminicha,  tabiat  endilikda  bizning  ko‘rkam 
muhitimiz  bo‘lolmaydi.  Texnikaning  o‘zi  yaxlit  yashash  makoniga  aylanadi,  inson  ana  shu 
makonning  ichida  yashaydi
331
.  Olimlarning  tili  bilan  aytganda  –  texnomakon  shunday 
makonga aylandiki, inson unda nemis faylasufi M. Xaydeger ta'biri bilan aytganda o‘zining 
asil mavjudligidan voz kechadi. 
Ispaniyalik  faylasuf  Ortega-i-Gasset  insonning  texnika  bilan  aloqasini  tahlil  etib,  uning 
ikkiyoqlama ekanligini ko‘rsatadi. Texnika o‘z oldiga maqsad qo‘ya olmaydi,u yo ezgulikka 
yoki  yovuzlikka  xizmat  qiladi,  shu  sababli  texnikani  yo‘naltirib  turish  kerak  deb  hisoblaydi 
texnika falsafasi sohasidagi taniqli mutaxassis K.Yaspers. Insonning o‘zi texnikaga mazmun 
                                                 
330
 Канке В.А. Философия. Исторический и систематический курс.М., 2000. 275-б. 
331
 Новая технократическая волна на Западе. М., 1986. 147-б. 


bag‘ishlashi  to‘g‘risidagi  fikr  mazkur  mulohazalardan  kelib  chiqadigan  umumiy  xulosaga 
aylanadi.  Jahondagi  hozirgi  texnikaviy  faoliyat  tadrijiy  jarayonning  bir  qismiga,  inson  esa 
tadrijning  ishtirokchisiga  aylanadi.  Shu  sababli,  nemis  faylasufi  A.Xuning  fikricha,  biz 
ishtirokchi  sifatida  dunyoning  kelajagi  uchun  mas'uldirmiz.  Shu  bilan  birga  bizning 
mas'uliyatimiz  to‘xtovsiz  o‘sib  bormoqda
332
.  Insonning  texnika  taraqqiyoti  oqibatlari, 
texnikadan foydalanish natijalari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi masala texnika falsafasining 
yana  bir  muhim  masalasi  hisoblanadi.  Bu  masala  texnika  falsafasi  alohida  bo‘limlarining  – 
texnoetika  va  texnikani  baholash  bo‘limlarining  vujudga  kelishida  o‘z  ifodasini  topdi. 
Birinchi  marta o‘tgan asr  60-yillarining  oxirida AQShda istefoda etilgan texnikani baholash 
hozirki  kunda  sanoati  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  keng  tarqalgan.  Texnikani  muntazam 
baholab  borish,    texnikaviy  ta'sirlarning  noxush  oqibatlarini  bartaraf  etishning  alternativini 
(muqobilini) va yo‘llarini izlab topish – texnikani baholash mohiyatini tashkil etadi. 
Texnoetika  texnikaning  salbiy  oqibatlariga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  insonning 
texnikaviy  faoliyatini  tartibga  soluvchi  etika  talablari  tizimidan  iboratdir.  Yangi 
texnologiyalar:  yadroviy,  fazoviy,  axborot  texnologiyalari,  biotexnologiyalar  rivojlanishi 
bilan texnikaviy faoliyatni tartibga solish masalasi tobora dolzarb masalalardan biriga aylanib 
bormoqda.  Sanab  o‘tilganlar  orasida  ayniqsa  axborot  texnologiyalari  jadal  sur'atlarda 
rivojlanib bormoqda va u o‘ziga faylasuflar e'tiborini ko‘proq talab etadi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish