odamlar Pan-Gu deb ataluvchi kosmik odamning jasadi ustida o‘rmalab yurgan parazitlardan
kelib chiqqan.
Qadimgi falsafiy tasavvurlarda ham insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi
gipotezani uchratish mumkin. Hind faylasuflari
charvak-lokayatlar ta'limotiga ko‘ra ongga
ega bo‘lgan tirik tan ham butun dunyo singari to‘rt unsurning, ya'ni yer, olov,
havo va suvning
qo‘shilishdan paydo bo‘lgan.
Odamning tabiiy ravishda kelib chiqqanligi g‘oyasi qadimgi yunon falsafasida ham o‘z
aksini topgan. Odamning hayvondan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezani birinchi bo‘lib
Anaksimandr oldinga surgan edi. Uning ta'limotiga ko‘ra odamlar baliqlar qornida paydo
bo‘lgan va xuddi akulalar singari parvarish qilingan. Ular kuchga kirib o‘zlarini eplay
oladigan bo‘lganlaridan so‘ng tashqariga chiqqanlar va yerga yetib borganlar. Qadimgi yunon
faylasufi
Empedokl dastlab inson tanasining ayrim qismlari: boshlar, qo‘llar va h.k. paydo
bo‘lgan deb hisoblagan. Birlashtirish va ajratish qudratiga molik bo‘lgan
sevgi kuchlarining
dunyoda ustuvor bo‘lishi bilan turli xil qismlar bir-biri bilan qo‘shila boshlagan. Buning
natijasida turli kombinatsiyalar yuzaga kelgan: ikki boshli odamlar, ho‘kizpeshona odamlar,
inson boshi singari boshga ega bo‘lgan ho‘kizlar, ayollarga xos belgilarga ega bo‘lgan
erkaklar va hokazl. Ular orasidan mukammallikka ega bo‘lganlari yashab qolgan, qolganlari
esa qirilib bitgan, shu jumladan yuqorida sanab o‘tilganlar tipidagi mavjudotlar ham yo‘qolib
ham ketgan. Atomizmning asoschisi bo‘lgan
Demokrit esa inson loy va suvdan paydo bo‘lgan
deb hisoblar edi. yer paydo bo‘lgandan so‘ng uning loyqasimon yuzasida plyonka bilan
qoplangan pufaklar (badbo‘y va suvli) yuzaga kelgan. Ularni kunduzi quyosh qizdirar, tunda
esa namlikni o‘zlariga singdirar edilar. Ular shu tariqa ko‘payib borgan va so‘ngra yorila
boshlagan hamda ulardan odamlar va hayvonlar paydo bo‘lgan.
Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi falsafiy konsepsiyalar to XIX asrning
oxiriga qadar faqat mushohadalardan iborat bo‘lib, hyech qanday isbot-dalillarga ega emas
edi. Biroq ilmiy ma'lumotlarning to‘planishi bilan mazkur yondashuv ilmiy hamjamiyatda
tobora ko‘proq ustunlikka ega bo‘la boshladi.
Insonning hayvonlarga o‘xshab ketishini odamlar juda qadimgi zamonlardayoq
payqaganlar. Antik fanning paydo bo‘lishi bilan inson va hayvonlarni qiyosiy tahlil qilish
yo‘lidagi dastlabki urinishlar ham yuzaga keldi. Bunday harakatlarning dastlabkilaridan birini
Qadimgi Gretsiyada
Arastu amalga oshirdi, Qadimgi Rimda yashagan vrach va anatom
Klavdiy Galen esa birinchilardan bo‘lib odam bilan maymun o‘rtasidagi o‘xshashliklarni
tavsiflab berdi.
1610
yilda faylasuf va olim Lyuchilio Vanini odam va maymunning
qarindoshligi haqidagi
g‘oyani ilgari surdi va buning uchun gulxanda kuydirildi. 1699 yilda esa ingliz anatomi
E.Tayzon «Orangutan yoki o‘rmon odami: maymun, pigmey va insonning qiyosiy
anatomiyasi» nomli asarini e'lon qildi.
XVIII asrga kelib olimlar endi inson va hayvonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni shunchaki
qayd etish bilan cheklanib qolmadilar. Tirik organizmlarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan
shved olimi
Karl Linney (1707-1778), garchi insonning xudo tomonidan yaratilganligi
haqidagi g‘oyani tan olsada, o‘z tasnifida uni hayvonlar dunyosining boshqa vakillari orasiga
joylashtirgan va bunda u Homo turini alohida ajratgan edi.
J.B.Monboddo va
J.E.Doornikning
ilmiy ishlaridan boshlab odamlarning insonga o‘xshash maymunlardan kelib chiqqanligini
haqidagi fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiq etiladi.
Antropogenezning tadrijiy xususiyati haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishida
Jan Lamarkning (1744-1829) «Zoologiya falsafasi» deb atalgan va 1809 yilda e'lon qilingan
asari muhim bosqichni tashkil etdi. Lamarkning fikriga ko‘ra qadimgi maymunlar
o‘rmonlarning kamayib ketishi natijasida daraxtlardan tushib yerda yashashga va tik turib
yurishga majbur bo‘lganlar. Bu ularning umurtqa pog‘onalari, oyoq kaftlari, qo‘l bo‘g‘inlari,
jag‘lari, tishlari va bosh miyalarining o‘zgarishiga olib kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib ijtimoiy
hayot kechirish sharoitlarida esa ularda nutq rivojlana boshlagan. 1818 yilda esa
Bilenshtedning asari dunyoga keldi, unda muallif inson va ungacha bo‘lgan hayvoniy
shakllarni bir butun evolyusion zanjirga bog‘lovchi oraliq shakllar mavjud bo‘lganligi
haqidagi fikrni bayon qildi.
Odamning kelib chiqishi haqidagi tabiiy-ilmiy qarashlarning uzil-kesil tasdiqlanishida
Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish natijasida turlarning kelib chiqishi» (1859) va «Insonning
kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» (1871) kabi asarlarida bayon etilgan evolyusiya nazariyasi
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
XIX asrning o‘rtalariga qadar atnropogenezning talqinlari tabiiy-ilmiy xususiyatga ega
bo‘ldi, ya'ni antropogenez faqat tabiiy fanlar (anatomiya,embriologiya, evolyusiya nazariyasi
va boshqalar) doirasida izohlandi. Shunga muvofiq antropogenezning harakatga keltiruvchi
kuchlari sifatida tabiiy-biologik olimlar tushunilar edi. Antropogenez jarayonida ijtimoiy
olimlarning roli
F.Engels antropogenezning mehnat nazariyasida («Maymunning odamga
aylanishida mehnatning roli», 1873-1876) o‘z aksini topdi. Uning mohiyati «
Mehnat -insonni
yaratdi» degan formulada ifoda etilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: