Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. INSONNING KeLIB ChIQIShI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-bob. INSONNING KeLIB ChIQIShI 
 
1-§. Insonning kelib chiqishi haqidagi nazariya 
 
Insonning  kelib  chiqishi  eng  murakkab  va  jumboqli  fenomenlardan  biri  hisoblanadi. 
Qadim  zamonlardan  boshlab  ushbu  fenomenni  tushuntirishda  bir-biriga  qarama-qarshi 
bo‘lgan  ikki  paradigma  mavjud:  insonning  xudo  tomonidan  yaratilganligi  g‘oyasi  va  tabiiy 
tarixiy evolyusiya g‘oyasi. 
Yaratish nazariyasi 
Ibtidoiy  miflarda  odamlarning  kelib  chiqishi  ko‘pincha  mifik  qahramonlarning 
transformatsiyasi,  totem  ajdodlar,  butun  mavjudot  yaratilgan  mifik  davrdagi  personajlarning 
transformatsiyasi natijasi yoki ularning ijod mahsuli sifatida tasavvur etiladi. Ayrim miflarda 
odamlarning paydo bo‘lishi tasodifiy xususiyatga ega bo‘lsa, boshqalarida demiurglar – totem 
ajdodlarning ongli ishi sifatida aks ettiriladi. 
Yangi Gvineyadagi papuaslarning tangu qabilasi miflarida afsonaviy qahramon odamlarni 
qapqonga  ilingan  to‘ng‘izlarning  maydalangan  bo‘laklaridan  yaratadi.  Tasmaniyaliklarning 
tasavvurlariga  ko‘ra  dastlabki  odamlar  Mopxerni  nomli  mifik    mavjudot  tomonidan  dumli, 
bo‘g‘insiz  oyoqlarga  ega  bo‘lgan  hayvon  qiyofasida  yaratilgan.  Keyinchalik  boshqa  bir 
afsonaviy  mavjudot  Drumerdim  ularning  dumlarini  kesib  tashlagan  va  yog‘lar  yordamida 
tizzalarini  bo‘kiladigan qilgan. Avstraliya aborigenlari va Yangi Gvineyadagi  papuaslarning 
marind-anim  qabilasining  afsonalariga  ko‘ra  odamlar  dastlab  yarim  odam,  yarim  hayvon 
qiyofasida, ko‘zlarsiz va og‘izsiz, oyoq-qo‘llarining uchlari yopishgan holda mavjud bo‘lgan. 
Demiurglar pichoqlar yordamida ularni hozirgi holatga keltirganlar. 
Ancha  keyinroq  paydo  bo‘lgan  miflarda  birinchi  odamning  paydo  bo‘lishi  xudolar 
tomonidan  yaratilish  g‘oyasi  bilan  bog‘lanadi.  Jahon  dinlarida  mavjud  bo‘lgan  yaratilish 
aktining  barcha  tasvirlari  o‘z  ildizlariga  ko‘ra  aynan  mifologiyaga  borib  taqaladi.  Masalan, 
jahon  dinlarida  keng  tarqalgan  insonning  xudo  tomonidan  loydan  yaratilganligi  haqidagi 
tasavvurning  mifologik  ildizlarga  ega  ekanligi  yaqqol  ko‘rinib  turadi.  Vavilonda  yaratilgan 
poema - "Enum Elish»da tasvirlanishicha dastlabki odam tartib xudolari va tartibsizlik (xaos) 
xudolari  o‘rtasida  bo‘lib  o‘tgan  urushdan  so‘ng  loy  va  qondan  paydo  bo‘lgan.  Qadimgi 
Misrdagi afsonalardan birida Xnum degan xudo odamni kulolchilik charxi yordamida loydan 
yasalganligi  aytildi.  Ayolning  erkak  kishining  qovurg‘asidan  yasalganligi  motivi 
Mesopotamiyada yaratilgan miflarga borib taqaladi. Insonning xudo tomonidan yaratilganligi 
haqidagi paradigma har doim  diniy e'tiqodlar va ishonchlarga asoslangan. Fan antropogenez 
jarayonini  yoritib  bera  boshlashi  va  dindan  bu  sohani  tortib  olishi  munosabati  bilan 
kreatsianizm o‘z mavqyeini mustahkamlay boshladi. Bu hol tegishli institularning yaratilishi, 
ilmiy  anjumanlar  o‘tkazilishi,  kreasinistik  adabiyotlar  va  filmlarning  paydo  bo‘lishida  o‘z 
aksini topdi. 
Hozirgi zamon kreatsianizmi quyidagi yondashuvlarga asoslanadi. 
Birinchidan,  bu  odamning  azaldan  mavjud  bo‘lganligi  g‘oyasidir  va  u  odamning  eng 
qadimgi  davrlarga  oid  qazib  topilgan  hayvonlar  (masalan,  dinozavrlar)  bilan  bir  paytda 
mavjud bo‘lganligini isbotlovchi dalillarni qidirib topishda ifodalangan. XX asr 60-80 yillarda 
Texasdagi  Palluks  daryosi  havzasida  topilgan  120  million  yil  ilgari  qoldirilgan  bir  izni  ana 
shunday dalillardan (insonning eng qadimgi davrdagi izi) biri sifatida ko‘rsatishga urinishlar 
bo‘lgan edi. Ammo keyinchalik ma'lum bo‘ldiki, u qadimgi kaltakesakning izi ekan. 
Ikkinchidan,  bu  insonning  va  qazilmalar  orqali  topilgan  primatlarning  tadrijiy 
taraqqiyotida  qandaydir  oraliq  bo‘g‘inlar  bo‘lganligini  inkor  etishdan  iborat. 
Kreatsianistlarning  fikricha,  qazilmalar  chog‘ida  topilgan  barcha  suyaklarni  yoki  odamniki, 


yohud  maymunniki  sifatida  tasnif  qilish  lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda  xudo  hamma 
turlarni ular qanday bo‘lsa shunday yaratgan va odam ham avval boshdanoq odam bo‘lgan. 
Biroq, fanga ma'lum barcha qazilmalar chog‘ida topilgan gominidlar bunday bir xillikka ega 
emas,  chunki  ularda  maymunlarga  xos  xususiyatlar  bilan  odamga  xos  xususiyatlar  birlashib 
ketgan. 
Uchinchidan,  bu  -  yetarli    ma'lumotlar  bo‘lmaganligi  uchun  gipoteza  sifatida  qaraluvchi 
antropogenezga oid bir qator nazariyalarning tanqid qilinishidir. 
Kreatsianizm  bugungi  kunda  ham  keng  tarqalgan.  Bir  qator  mamlakat(davlat)larda 
insonning  kelib  chiqishi  haqidagi  kreatsianistik  va  evolyusion  qarashlarni  maktablarda 
o‘qitish  masalasida  keskin  kurash  bormoqda.  1925  yilda  (AQShning)  Tennesi  shtatidagi 
Dayton  shahrida  o‘qituvchi  Djon  Skops  ustidan  o‘tkazilgan  sud  bugungi  kunda  barchaga 
ma'lum. U o‘quvchilarga Darvin nazariyasi va uning odamning maymundan kelib chiqqanligi 
haqidagi gipotezasi xususida so‘zlab bergan edi. 1986 yilda esa Mobayla shahri sudi Alabama 
shtatining  ta'lim  boshqarmasiga  qarshi  da'vo  bilan  ish  qo‘zg‘adi.  Bunga  ta'lim 
boshqarmasining  «dinga  va  xudoga  qarshi  mazmundagi  45  darslikdan  o‘rta  maktablarda 
foydalanishga  ruxsat  berganligi»
334
  sabab  bo‘lgan  edi.  Kaliforniyaning  ayrim  shaharlarida 
evolyusiya nazariyasini o‘z ichiga olgan darsliklardan foydalanish taqiqlangan. 
Shu  sababli  yaqinda  amerikalik  yirik  72  ta  olimlar  -  Nobel    mukofotining  sovrindorlari 
kreatsianistlarning  insonning  xudo  tomonidan  yaratilganligi  g‘oyasi  va  evolyusiya 
nazariyasini  «teng  huquqli»  ravishda  o‘quv  dasturlariga  kiritish  va  o‘qitish  uchun 
urinishlariga  qarshi  chiqdilar.  Bironta  boshqa  hujjat  shunchalik  ko‘p  sonli  Nobel  mukofoti 
sovrindorlari tomonidan nizolanmagan edi. Ularning mazkur qadami shu bilan taqozo etilgan 
ediki,  zamonaviy,  ilmiy  bilishning  yutuqlariga  asoslangan  ta'lim  fan  mezonlariga  javob  bera 
oladigan  nazariyalarga  asoslanadi.  Bu  eng  avvalo,  tegishli  tarzda  asoslab  berish  va 
isbotlashdir, kreatsianizm esa o‘zining haqligini ko‘rsatuvchi isbot-dalillarga ega emas. 
Keyingi  paytda  «kosmik  tajriba»  nazariyalari  paydo  bo‘ldiki,  ularning  markazida  ham 
odamning  yaratilganligi  haqidagi  g‘oya  turadi.  Diniy  talqinlardan  farqli  o‘laroq,  ushbu 
nazariyalarda  inson  qandaydir  o‘zga  planetaga mansub  sivilizatsiya  tomonida  yaratilgan  deb 
tasdiqlanadi.  
Ushbu  konsepsiyaga  ko‘ra,  yerdagi  ko‘plab  noyob  inshootlar  (Misr  ehromlari,  Pasxa 
orolidagi  toshdan  yasalgan  ulkan  haykallar,  faqat  tepada  qaraganda  ko‘rinadigan  benihoyat 
ulkan rasmlar va hokazo) ana shu o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan deb hisoblanadi. 
Fan  o‘zga  sayyoralarda  sivilizatsiyaning  mavjudligini  va  ular  yerga  kelgan  bo‘lishlari 
mumkinligini prinsip jihatidan inkor etmaydi. Biroq, insonning o‘zga sayyoraliklar tomonidan 
yaratilganligini  tasdiqlovchi  hyech  qanday  dalillar  mavjud  emas.  Bu  mavzuga  oid  barcha 
mulohazalar hozirga qadar mushohada-gipoteza bo‘lib qolmoqda. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish