Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Antropogenezning  hozirgi zamon ilmiy manzarasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   290
Bog'liq
falsafa

Antropogenezning  hozirgi zamon ilmiy manzarasi 
So‘nggi o‘n yilliklardagi kashfiyotlar antropogenez haqidagi oldingi tasavvurlarni tubdan 
o‘zgartirib  yubordi.  Ma'lum  bo‘ldiki,  odamning  tik  holatda  yurishga  o‘tishi  ilgari  taxmin 
qilganidan bir necha million yil oldin yuz bergan ekan. Toshdan yasalgan qurollarning paydo 
bo‘lgan  davri  ham  million  yil  oldinga  surildi.  Hozirga  qadar  mavjud  bo‘lib  kelgan 
«avstralopitek  –  pitekantrop-neandertal    -  Nomo  Sapiens»  shaklidagi  to‘g‘ri  chiziqli 
sxemadan  voz  kechildi.  Arxeologlar  qayd  etganlaridan,  antropogenezning  hozirgi  manzarasi 
«odamlarning shakllanishining bir xil va to‘g‘ri chiziqli g‘oyasi emas, balki murakkab va ko‘p 
tomonlama shakllanish g‘oyasiga ko‘proq yaqinlashmoqda
336

Bugungi  kunda  u  shoxlarga  ega  bo‘lgan  to‘g‘ri  daraxt  (evolyusiyaning  boshi  berk 
chiziqlari  bilan)  sifatida  emas,  balki  buta  sifatida  tasavvur  qilinmoqdaki,  unda  evolyusion 
rivojlanishning  har  bir  davrida  gomonidning  ko‘plab  raqobatlashuvchi  liniyalari  yonma-yon 
mavjud  bo‘lgan.  Boshqacha  qilib  aytganda,  uzoq  o‘tmishda  primatlarning  ko‘plab  turlari 
gominizatsiya  yo‘lidan  borgan.  Bu  insonning  antropoid  ajdodlariga  ham  va  shuningdek, 
Homo  turiga  ham  tegishlidir.  Hozirgi  biologik  turdagi  odam  hatto  o‘zining  paydo  bo‘lish 
vaqtida ham Homo turiga mansub nasllarning vakili bo‘lgan xolos. 
Fanda  to‘plangan  ma'lumotlar  odamning  paydo  bo‘lishiga  olib  keluvchi  evolyusiyaning 
iqlimning o‘zgarishi, o‘rmonlarning siyraklashuvi va ochiq maydonlarning hosil bo‘lishi bilan 
bog‘liq  ravishda  boshlangan  haqidagi  gipotezani  tasdiqlaydi.  Oziq  ovqat  manbalarining 
bo‘linishi  (o‘rmonda  va  ochiq  maydonlarda)  tufayli  qadimgi  primatlarning  bir  nechta 
guruhlari yerda yashay boshlaganlar. Ular orasida olimlar 5,3 - 1,5 million yil ilgari yashagan 
avstralopiteklar  guruhini  (ichki  turini)  ajratadilar.  Ularni    bizning  ajdodlarimizning  umumiy 
modeli sifatida qarash mumkin. 
Agar  Homo  Australopithecus  habilis  va  rudolfensis  larning  odam  yoki  hayvon  sifatida 
tasnif etilishi borasida bahslar mavjud bo‘lsa, Homo crectus (tik yuruvchi odam)ning chindan 
ham Homo  turining vakili ekanligi hyech shubhasizdir
337

Eng  qadimgi  odamlar  (arxantroplar)  bosqichi  paleantroplar  (qadimgi  odamlar)  bosqichi 
bilan  almashadi.  Paleantroplarga  20-28  ming  yil  ilgari  yashagan  neadertallarni  va  arxaik 
sapienslar vakillarini kiritish mumkin. Neandertallarga oid eng muhim topilmalar Germaniya, 
Eron, Falastin va O‘zbekistonda qo‘lga kiritilgan. 
Bugungi  kunda  neandertallar  arxaik  sapienslarga  qaraganda  yaxshiroq  o‘rganilgan  va 
ko‘proq  topilgan.  O‘zining  morfologik  xususiyatlariga  ko‘ra  neandertallar  hozirgi  biologik 
turdagi odamga yanada yaqinlashdi. Ularda miyaning hajm jihatdan o‘sishi uning tuzilmasida 
ham  o‘zgarishlar  yuz  berishiga  olib  keldi.  Hayotning  ijtimoiy-ishlab  chiqarish  sohasi  ham 
o‘zgarishlarga  uchradi.  Differensiallashgan  ish  qurollari  paydo  bo‘ldi,  ularni  tayyorlash  100 
ortiq aktni o‘z ichiga olgan bir nechta operatsiyalardan iborat jarayon edi. Ayollar va erkaklar 
                                                 
335
 
5 млн йил дег ан маълу мот  60-йиллардаёš одам šони в а шимпанз е šони 
о
šс иллари т ақ лили ас ос ида олинг ан э ди. Бироš у  йилларда 
п о ле о н и о ло г ла р
 у лар орас идаг и бœлиниш 10-25 млн йил илг ари с одир 
б
œлг ан деб қ ис облар э дилар. 
336
 Ларичев В.Е. Поиски предков Адама. // Мироздание и человек. М., 1990. 242 б. 
337
 Klein R., Blake E, The Dawn of Human Culture. N,-Y.2002. P.77 


mehnati  o‘rtasida  differensiatsiya  ko‘zga  tashlandi.  Neandertallar  uchun  sodda  diniy 
tasavvurlar  xos  bo‘lgan  deb  hisoblanadi.  Neandertallar  dafn  qilingan  go‘rlar,  shu  jumladan, 
O‘zbekiston hududidagi topilmalar shundan dalolat beradi. 
Yaqin  davrga  qadar  neandertallar hozirgi  biologik  turga mansub  odamlarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  ajdodlari  deb  hisoblanar  edi.  Biroq,  yaqinda  neandertallarning  28000  yil  ilgari 
yashagan  vakillarining  suyaklari  topildi.  Bu  vaqtda  neoantrop  (hozirgi  turga  mansub  odam)  
allaqachon  paydo  bo‘lgan  edi.  Bu  hol  bir  vaqt  oralig‘ida  Homo    shajarasiga  mansub  ikki 
turning birga yashaganligidan dalolat beradi. Ular umumiy ajdoddan tarqagan, neandertal va 
neoantropga  kelib  ulanuvchi  shajaralarning  ayrilib  ketish  bundan  690  ming  -  550  ming  yil 
ilgari  yuz  bergan.  Neandertallarning  va  hozirgi  tipdagi  odamlarning  DNKlarini  tadqiq  etish 
shuni  tasdiqladiki,    neandertallarning  genetik  materiali  bizning  genetik  fondimizga 
qo‘shilmagan.  Boshqacha  qilib  aytganda,  neandertallar  bizlarning  qarindoshlarimiz,  ammo 
ajdodlarimiz emas. 
Bundan  100-150  ming  yil  ilgari  neoantroplar  –  hozirgi  biologik  tipdagi  odamlar  paydo 
bo‘ladi. 
 
2-bob. INSON FALSAFIY TAHLIL OB'eKTI SIFATIDA 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish