Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. TeXNIKANING MOHIYaTI VA TADRIJI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-bob. TeXNIKANING MOHIYaTI VA TADRIJI 
 
1-§. Texnika falsafasining vujudga kelishi 
 
Hozir  jamiyat  hayotida  texnika  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Uning  taraqqiyoti  inson 
hayotining  deyarli  barcha  sohalariga  taalluqli  bo‘lib,  inson  va  tabiat  o‘rtasidagi  o‘zaro 
aloqalarni hal qiluvchi tarzda belgilab beradi, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga, insonning 
o‘zligini  anglashiga  chuqur  ta'sir  ko‘rsatadi.  Shu  sababli  texnika  fenomeni,  uning  genezisi, 
mohiyati, sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va rolini tahlil etish XX asr falsafasining diqqat-
e'tibor predmetiga aylandi. So‘nggi vaqtlarda texnika bilan bog‘liq hodisalarni keng ko‘lamda 
tahlil etish, uning rivojlanishiga ta'sir o‘tkazuvchi turli omillarni, jumladan, tarixiy, iqtisodiy, 
siyosiy, antropologik va boshqa omillarni hisobga olish ishlari amalga oshirilayapti.  
G‘arb  falsafasida  tadqiqotlarning  «texnika  falsafasi»  deb  nom  olgan  alohida  yo‘nalishi 
paydo  bo‘ldi.  Nemis  faylasufi  Ernest  Kapp  o‘zining  1877  yilda  e'lon  qilingan  «Texnika 
falsafasi asoslari» kitobida birinchi bo‘lib mazkur atamani ishlatgan. Undan yuz yil ilgari esa, 
ya'ni 1777 yilda I. Bekman «Texnologiyaga oid qo‘llanma» deb nomlangan kitobida texnika 
falsafasi  haqida  yozib  qoldirgan.  Texnikani  rivojlantirishning  nazariy  va  falsafiy  masalalari, 
uning  inson  hayotidagi  va  ilmiy  bilimlarni  rivojlantirishdagi  ahamiyati  masalalariga  Yangi 
zamon  va  Uyg‘onish  davrida  yashab  o‘tgan  yevropalik  olimlar,  temuriylar  va  Sharq 
uyg‘onishi davridagi mutafakkirlar, antik davr faylasuflari ham e'tibor qaratdilar. Biroq faqat 
XX  asrga  kelib  texnika  falsafasi  falsafiy  ilmlar  tizimidan  alohida  o‘rin  egalladi.  Osvald 
Shpengler  texnika  muammolarining  ahamiyatini  birinchilardan  bo‘lib  baholagan 
tadqiqotchidir.  
U  ilk  bor  texnikaning  insoniyat  taraqqiyotidagi  o‘rni,  uning  tabiat  va  jamiyatga 
o‘tkazadigan ta'sirining universal xususiyatlarini anglab yetish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. 
Shpenglar  «Inson  va  texnika»  kitobida  sivilizatsiya  hozirdan  boshlab  yagona,  hamma  narsa 
unga  intiladi,  unda  umumbashariy  «beshinchi  harakat»  –  mashina  texnikasi  mavjud  degan 
xulosaga  keladi
325
.  Shpengler  texnikani  yaxlit  jamiyat  hayotining  jihatlaridan  biri  sifatida 
qabul qilishga chaqirib, uning avval boshdanoq inson bilan bog‘langan, insonning tabiati va 
intilishlarini  o‘zida  mujassam  etgan  noyob  hodisa  sifatidagi  kengqamrovlilik  xususiyatini 
ajratib ko‘rsatishga intildi. 
Shpengler  texnikaning  mutlaq  imkoniyatlariga,  muxandislik  tafakkuriga  ishonadi:  toki 
texnikada  harakat  qiluvchi  tafakkur  yuksaklikda  ekan,  u  o‘z  maqsadlariga  erishish  uchun 
vositalar yarataveradi va rivojlanaveradi. 
O.Shpengler  va  XX  asr  boshlarida  yashagan  boshqa  faylasuflar  tomonidan  ko‘tarilgan 
muammolar  texnika  fenomeni  va  uning  madaniyat  tarixida  tutgan  o‘rnining  anglanishi 
munosabati  bilan  M.Xaydegger,  K.Yaspers,  F.Dessauera,  L.Memford,  X.Ortega-i-Gasset, 
X.Shelskiy, J.Fridman, O.Toffler va boshqa shu kabilarning ishlarida o‘z aksini topdi. 
XX  asrda  turli  nazariy  va  uslubiy  asoslarda  qurilgan  ko‘plab  har  xil  texnika  tizimlari, 
modellari,  konsepsiyalari  paydo  bo‘ldi.  Masalan,  L.  Memford  texnikaning  nuqsonlari, 
ma'naviyatsizligi,  cheklanganligi,  uning  insonga  qarshi  qaratilganligi,  «mashina»ning  jonsiz 
tabiatidan  kelib  chiqadigan  dushmanligi  xususiyati  to‘g‘risidagi  g‘oyalarni  himoya  qildi. 
Ekzistensialistlar va Frankfurt maktabi vakillarining qarashlari texnika taraqqiyoti istiqbollari 
ta'sirida  yuzaga  kelgan  chuqur  bezovtalik  bilan  yo‘g‘rilgan.  J.Fridman  esa  «madaniyat  va 
mehnatning insoniy mohiyatidagi yalpi inqiroz» to‘g‘risida xulosa chiqaradi
326
.  Ayni  paytda 
                                                 
325
 Spengler O Der Mensh und die Technik: Beirtrag zu einer Philosophi des Lebens. Vunchen, 1932.- Цит, по 
кн. Тавризян Г.М. Техника, кулььтура, человек. М., 1986. 5-б. 
326
 Тавризян Г.М. Техника,культура, человек. М., 1986.5-б. 


boshqa  mualliflar  texnika  taraqqiyoti  va  uning  jamiyat  taqdiriga  ko‘rsatadigan  ijobiy 
jihatlarini ko‘rishga intiladilar. Bunday yondashuv xususan, Gelbreyt, Tofflerning texnokratik 
konsepsiyalarida, Shelskiyning «ilmiy sivilizatsiya» konsepsiyasida o‘z aksini topgan.  
Mualliflarning 
qarashlaridagi 
farqlanishlarga 
qaramay, 
tadqiqotlardagi 
yangi 
yo‘nalishlarning  umumiy  masalalarini  belgilash  mumkin:  texnika  falsafasining  muammoli 
maydoni  texnika  mohiyati,  texnika  tarixi  va  texnologiyalar  taraqqiyoti,  texnika  va  ilm-fan 
munosabatlari, texnika ilmining mazmuni va uning rivojlanishi, texnikani baholash va boshqa 
shu  kabi  tarkibiy  qismlarni  qamrab  oladi.  Mazkur  barcha  masalalarni  inson  va  texnika 
munosabatlari muammolari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish zarur. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish