Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   290
Bog'liq
falsafa

nazariya, bu - faqat ishonchli bilimgina emas, balki ob'ektiv qonunlarni bilishdir
Faktlarni  aniq  bilishdan,  hodisalarni,  empirik  tasvirlashdan  farqli  o‘laroq, 
nazariya mavjud faktlarni tushuntirish funksiyasini bajaradi. Nazariya shunday izoh beradiki, 
bunga  ko‘ra  mavjud  faktlarni  muayyan  soha  qonunlari  va  boshqa  muhim  aloqalarining 
mantiqan  zarur  oqibati  deb  tushunish,  ya'ni  hodisa  va  voqyealarni  tasodif  deb  emas,  balki 
ob'ektiv,  zarur  va  qonuniyatli  munosabatlarning  namoyon  bo‘lish  formasi  deb  tushunish 
mumkin  bo‘ladi.  Ilmiy  nazariya  nisbatan  birbutun  konseptual  tizim  sifatida  ko‘rinadi. 
Nazariya doirasida fan tushunchalari va qonunlarining tabiati ham ochiq-oydin ko‘rinadi.  
Har  bir  ilmiy  nazariya  avval-boshdanoq  turli  ob'ektlar  yoki  vaziyatlarni  ideallashtirib 
tuziladi.  Nazariya  tuzilishining  o‘zi  real  voqyelikni  muayyan  tarzda  soddalashtirishni 
ko‘zlaydi.  Ideallashtiruvchi,  soddalashtiruvchi  sharoitlarni  yo‘q  qilib  borish,  bu  –  bizni 
dunyoni  to‘la  aks  ettirishga  yaqinlashtiradigan,  ammo  hyech  qachon  bunga  erisha 
olmaydigan  cheksiz  jarayondir.  Ob'ektiv,  absolyut  va  nisbiy  haqiqatlar  dialektikasi 
nazariy  bilimga  xosdir.  Ilmiy  nazariyani  ideal  ob'ektlarning  murakkab  tizimi  deb 
tasavvur  qilish  mumkin,  chunki  bu  tizim  tegishli  voqyelik  fragmentining  o‘ziga  xos 


modelidir. «Har qanday model singari matematik model ham,  - deb yozadi akademik N. N. 
Moiseev,  -  u  yoki  bu  jarayon  yoki  hodisa  haqida  tasavvur  beradi.  Modellarni  tadqiq  etish, 
tahlil  qilish  bizni  ular  haqida  praktika  uchun  zarur  bo‘lgan  yangi  bilimlar  bilan 
ta'minlaydi»
323

Ilmiy  nazariya  sistemalashtirilgan  xarakterga  ega  bo‘lib,  konseptual  tizimni  ifodalaydi. 
Uning  boshlang‘ich  elementlari  muayyan  tushunchalar,  ular  o‘rtasidagi  nisbatlar  va 
konstantalardir. Fan qonunlari bu tushunchalar tizimlarini birbutun holga keltiradi va tartibga 
soladi.  Boshqacha  so‘zlar  bilan  aytganda,  fan  qonunlari  tegishli  nazariy  tizimlar  tuzilmasini 
aks ettiradi. Shunga muvofiq, nazariya, bir tomondan, o‘z predmetiga tegishli qonunlar (agar 
ular kashf etilgan bo‘lsa) asosida yaratiladi, ikkinchi tomondan, yangi qonunlar kashf 
etilishiga olib boruvchi tadqiqotlarga yo‘llanma beradi. 
Nazariya  nafaqat  bilimlar  yig‘indisi,  balki  bilimlar  tuzilishining,  nazariy  bilimni 
boyitishning muayyan mexanizmini o‘z ichiga oladi; ayrim tadqiqot dasturini gavdalantiradi, 
bu esa nazariyaga yagona bilim tizimi sifatida birbutunlik baxsh etadi. «Nazariyaga kelganda, 
- deb ta'kidlaydi Lui de Broyl, - uning vazifasi olingan natijalarni tasniflash va sintezlashdan, 
ularni  oqilona  tizimga  solishdan  iboratki,  bu  ma'lum  narsani  talqin  qilishgagina  emas,  balki 
hali ma'lum bo‘lmagan narsani imkon qadar oldindan ko‘rishga   ham imkon beradi»
324

Biz  yuqorida  aytganimizdek,  fan  hodisalarni  izohlaydi,  ularning  mohiyatini  ochib  beradi 
va,  demak,  ularni  tushunarli  qiladi.  Izohlash  –  hodisalar  mohiyatini  tushuntirish,  ya'ni  nima 
uchun hodisa shundayku, boshqacha emas degan savolga javob berishdir. Fanda izohlashning 
turli  xillari:  sababli,  oqibatli  (funksional),  tuzilmaviy  va  boshqa  xil  izohlar  ma'lum, 
bular  mohiyatni  ochish  yo‘lidagi  bosqichlardir,  uning  ayrim  tomonlarini  ochib  beradi. 
Ob'ektning muhim xossalarini ochish – bu uning tuzilishi va funksiyasi muayyan qonunlarga 
bo‘ysunishini ko‘rsatishdir. 
Nazariyaning  boshqa  bir  muhim  funksiyasi  –  oldindan  aytish,  bashorat  qilish  –  uning 
izohlovchi  funksiyasi  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  U  yoki  bu  qonunni  aniqlash  ko‘pincha 
cheklangan  –  ham  empirik,  ham  nazariy  –  bazisga  asoslanadi.  Uzuq-yuluq,  chala-chulpa 
ma'lumotlarga  tayanib  narsalarning  mohiyatiga  kira  olishda  ham  ilmiy  faraz  kuchi namoyon 
bo‘ladi. Shunga  muvofiq  ayrim  o‘zaro  aloqalarni  aniqlash  bu  qonunni  kashf  etish 
uchun  imkoniyat  ochib  beradi.  Yangi  kimyoviy  elementlarni,  Neptun  planetasini,  ko‘pdan-
ko‘p elementar zarralar va ularning xossalarini oldindan aytish va fanning boshqa 
ko‘pgina  kashfiyotlari  nazariyaning  oldindan  aytuvchilik  funksiyasining  ulkan  ahamiyatini 
xarakterlab beradi. 
Qurshab  turgan  dunyo  empirik  bilishda  ayrim  faktlarning,  fragmentlarning  majmui 
sifatida  ko‘rina  boshlaydi.  Ayni  bir  jarayon  ko‘pincha  o‘z  rivojining  turli  bosqichlarida  turli 
empirik  qonunlar  bilan  tasvirlanadi.  Ayni  bir  jarayonni  izohlovchi  tarqoq  empirik 
qonunlarni  unifikatsiya  qilish  uchun  ularni  avvaliga  faraz   va  gipoteza  shaklida 
ko‘ringan  abstrakt  nazariy  qoidalar  bilan  bog‘lamoq  zarur.  Fanning  keyingi  rivoji 
aniqlangan  empirik  qonuniyatlarni  izohlashga,  fundamental  prinsiplar  tizimini  aniqlashga 
ehtiyojni  tug‘diradi,  bular  voqyelikning  tekshirilayotgan  sohasidagi  hodisalarning  barcha 
kuzatilayotgan  turli-tumanligini  yagona  nuqtai  nazardan  izohlashga  va  mavjud  bilimni  ham, 
yangidan  egallanadigan  bilimni  ham  yagona  tizilmaga  birlashtirishga  imkon  beradi.  Bu 
maxsus  tushunchalar,  nazariy  konstruktlar,  ideallashtirilgan ob'ektlarni  ishlab chiqishni  talab 
qiladi. 
 
 
 
 
                                                 
323
 Н. Н.Моисеев. Человек, среда, обшество. М.,1982. 23-б. 
324
 Луи де Бройль. По тропам науки. М., 1962. 162-б. 


VSh Bo‘lim. TeXNIKA FALSAFASI 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish