Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Texnikaning mohiyati va tadriji



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290
Bog'liq
falsafa

2-§. Texnikaning mohiyati va tadriji  
 
Texnika  nima?  Bu  tushuncha  ilk  bor  qadimiy  yunon  faylasuflari  Aflotun  va  Arastu 
asarlaridayoq qo‘llanilgan. Yunoncha «techne» bir nechta ma'noni- san'at, mahorat, mohirlik 
degan  ma'nolarni  anglatadi.  «Nikomax  etikasi»  asarida  Arastu  techne  so‘zining  empeireia 
(tajribaviy  bilim)  va  episteme  (nazariy  bilim)  so‘zlaridan  farqlanishiga  e'tibor  qaratdi
327

Empeireia va episteme tabiiy predmetlar to‘g‘risidasi bilimlardan iborat bo‘lsa, techne – inson 
faoliyati  va  mehnati  natijasida  yuzaga  keladigan  va  sun'iy  mehnat  qurollarini  yaratish 
to‘g‘risidagi  bilimlardir.  Texnikaning  mohiyatini  tushuntirib  beradigan  boshqa  atama  ham 
mavjud.  Masalan,  V.A.Kanke  shunday  deb  yozadi:  «Inson  tomonidan  ishlab  chiqarilgan 
ob'ekt  ko‘pincha  artefakt  deb  ataladi.  Lotincha  «artefaktum»  aynan  sun'iy  tarzda  bajarilgan 
degan ma'noni anglatadi»
328

Texnikaviy  tizimlarning  murakkablashib  va  rivojlanib  borishi  bilan  «texnika»  degan 
so‘zning  mazmuni  ham  o‘zgaradi.  Masalan,  Nyuton  davrida  «texnika»  atamasi  ishlab 
chiqarishga  taalluqli  bo‘lgan  barcha  uchta  vosita  yig‘indisini  anglatgan.  Mashinalar 
yaratilgach  (birinchi  dvigatel  1776  yilda,  elektromotor  esa  1867  yilda  yaratilgan),  texnika 
deganda  eng  avvalo  mashinalar  va  mexanizmlar  tushunilgan.  Ilmiy-texnika  taraqqiyoti 
texnika  hodisasini  anglash  jarayoniga  jiddiy  ta'sir  ko‘rsatdi  va  bu  tushunchaning  predmet 
maydonini sezilarli ravishda kengaytirdi. 
Ilgari  texnikaning  ta'siri  ko‘proq  uning  dastlabki  tarqalish  chegarasi  –  moddiy  ishlab 
chiqarish  doirasi  bilan  chegaralangan  edi,  buning  natijasida  texnika  ustun  darajada  mehnat 
qurollari  bilan  tenglashtirilgan  edi.  Endilikda  bu  doira  shu  qadar  kengayib  ketdiki,  u 
mohiyatan,  jamiyati  hayotining  barcha  asosiy  sohalarining  o‘ziga  qamrab  oladi.  Bugungi 
kundaa transport va telekommunikatsiya vositalari, inshootlar va qurilish mexanizmlari, elektr 
va  issiqlik  qurilmalari,  ilmiy  asbob-uskunalar  va  urush  olib  borish  vositalari  –  barchasi 
texnika  degan  nom  bilan  ataladi.  O‘z  vazifasi  va  tabiatiga  ko‘ra  rang  barang  bunday 
ob'ektlarni  birgina  tushuncha  bilan  qamrab  olish  murakkab.  Shu  sababli  «texnika  texnik 
qurilmalar,  mehnat  qurollari,  mashinalar,  stanoklar,  inshootlar  majmuidir»
329
,  «texnika 
artefaktlar  majmuidir»  degan  ta'riflar  yetarli  emasdek  tuyuladi.  Texnika  inson  tomonidan 
tashqi  dunyoni  o‘zgartirish  vositasi,  inson  yashaydigan  muhit  hamda  insonning  mavjudligi 
timsolidir. 
 
Texnika  tarixi  inson  tafakkurining  behisob    yutuqlarini:  ixtirolar,  kashfiyotlar,  noyob 
ob'ektlar va qurollarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga u faqat yangi texnika vositalarini ixtiro 
etishdan  iborat  emas.  Texnika  tarixi  faqat  tarixiy  jarayonning  umumiy  mantiqi  nuqtai 
nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak. 
                                                 
327
 Философия. Под ред. В.Д.Губина, Т.Ю.Сидориной, В.П.Филатова. М., 1977. 256-б. 
328
 Канке В.А. Философия. Исторический и систематический курс. М., 2000. 272-б. 
329
 Горюнов В.П. Природа и техника (социологические и методологические проблемы комплексности 
материально-технического развития).Л., 1980. 4-б. 


Jamiyat  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  texnikaning  takomillashib  borishi  kuzatiladi. 
Dastlab  e'tibor  moddiy-substrat  darajaga  qaratilgan:  qurollar  tobora  chidamliroq 
materiallardan  (tosh,  mis,  bronza,  temirdan)  tayyorlanadi.  Insoniyat  taraqqiyotining  tarixiy 
bosqichlariga oid tushunchalar ham shundan kelib chiqadi: tosh asri, bronza asri, temir asri va 
boshqalar. Jamiyat taraqqiyotining sanoat bosqichigacha bo‘lgan davrda texnika asbob nuqtai 
nazaridan  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  ya'ni  texnika  –  insonning  tabiiy  a'zolari  imkoniyatlarini 
kengaytiriuvchi qurol hisoblangan.  
Keyinchalik ixtirochilarning e'tibori energetik darajaga qaratilgan: energiyaning yangi va 
samarali  turlarini  izlab  topish  harakati  boshlandi.  Sivilizatsiya  taraqqiyotining  sanoat 
bosqichida  mashina  texnikasi  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi,  uning  mukammallashuvi  esa 
energiyaning yangi manbalari va turlaridan foydalanish bilan bog‘liqdir. Insonning texnikaga 
munosabati ham o‘zgardi, u mashinaning o‘ziga xos va jismoniy qo‘shimtasiga aylandi. 
Keyingi o‘n yilliklarda e'tibor  axborot darajasiga qaratila boshladi. Jamiyat taraqqiyotini 
belgilovchi  texnikaviy  tizimlar    axborotni  uzatish  va  unga  ishlov  berish  vositasiga  aylana 
bordi. Taraqqiyotning  axborot texnologiyalari hal qiluvchi rol o‘ynaydigan sanoat bosqichida 
insonning o‘rni ham o‘zgaradi. U intellektual markaz sifatida, yangi texnologiyalar ijodkori, 
axborotning asosiy yaratuvchisi va iste'molchisi sifatida maydonga chiqadi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish