Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Antropogenez haqidagi hozirgi zamon fani



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
2-§. Antropogenez haqidagi hozirgi zamon fani 
 
Antropogenez nazariyasi fanlararo tadqiqotlar sohasi sifatida 
Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy nazariyasi endilikda tor tarmoq sohasi emas, balki 
tabiiy  va  ijtimoiy  fanlarning  tutashuv  chegarasidagi  majmuaviy  fanlararo  tadqiqotlardan 
iborat. 
Bugungi  kunga  kelib  fan  odamning  kelib  chiqish  jarayonini  muayyan  darajada  tiklash 
imkonini  beruvchi  ko‘p  sonli  ma'lumotlarni  to‘plagan.  Ushbu  muammoni  hal  etishda 
arxeologiya  va  antropologiyadan  tortib  to  molekulyar  biologiya  hamda  atom  fizikasigacha 
bo‘lgan ko‘plab fanlar ishtirok etmoqda. 
Hozirgi zamon tasniflari ma'lumotlariga ko‘ra, odam turiga, umurtqalilar kichik turiga, sut 
emizuvchilar sinfiga, primatlar guruhiga, gominoidlarning katta oilasiga, gominidlar oilasiga, 
Homo turiga mansubdir. 
Odamning  hayvondan  kelib  chiqqanligini  tasdiqlovchi  dalillar  qiyosiy  anatomiya, 
fiziologiya,  embriologiya,  paleontologiya,  genetika  fanlari  bergan  ma'lumotlarga  suyanadi. 
Barcha  tirik  organizmlarda  hujayra  tuzilishi,  odam  va  hayvonlarning  skeletlarining  hamda 
a'zolarining  o‘xshashligi,  odamdagi  rudimentar  a'zolar  (kopchik  umurtqalar,  ohirgi  jag‘ 
tishlar, ko‘richak va hokazo  hammasi bo‘lib 90dan ortiq), atavizmlar (jabra yorig‘i, tananing 
to‘liq  jun  bilan  qoplanishi  va  boshqalar),  inson  embrionida  hayvonot  dunyosiga  xos 
evolyusiya bosqichlarining takrorlanishi va hokazo. 
Odam  hozirgi  zamon  biologiya  fani  tomonidan  yaxshi  o‘rganilgan  primatlar  bilan  eng 
ko‘p  genetik  va  anatomo-fiziologik  o‘xshashliklarga  egadir.  Odamning  primatlardan  kelib 
chiqqanligi paleoantropologiya tomonidan ham qazishmalar chog‘ida topilgan gominidlar va 
antropoidlar  shakllarini  morfologik  tahlili  asosida  tasdiqlanadi.  Molekulyar  biologiyaning 
so‘nggi yillardagi yutuqlari odam bilan primatlarning nasli bir ekanligini ko‘rsatuvchi yangi 
dalillarni  aniqladi.  Ma'lumki,  yaqinda  inson  genomi  sirlari  ochildi  va  e'lon  qilindi.  Genetika 
bergan ma'lumotlarga ko‘ra genlar bo‘yicha biz insonning hozir yashayotgan qarindoshlaridan 
eng yaqini bo‘lgan shimpanzedan atigi 1% dan sal ortiqroq farqqa egamiz. DNK molekulalari 
nukleotid  izchilligining  o‘zgarish  tezligiga  asoslangan  ma'lumotlarga  ko‘ra  («molekulyar 
soatlar»  metodi)  bizning  hozirgi  maymunlar  bilan  ajdodimiz  bir  bo‘lgan.  Ularning  ajdolari 
bilan  odamga  kelib  tutashuvchi  gominid  liniyaning  ajralish  bundan  5-7  mln  yil  ilgari  yuz 


bergan.  Agar  shimpanze  nazarda  tutilsa,  u  holda  bu  divergensiya  5  mln  yil  ilgari  bo‘lgan, 
gorillalar va orangutanlar ildizlarining ajralishi esa undan ham oldinroq ro‘y bergan
335

Antropogenez  nazariyasida  topilgan  suyak  qoldiqlari  va  tosh  artefaktlarning  sanasini 
belgilash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda fizika va ximiya yordamga keladi. Zamonaviy 
tabiiy-ilmiy  usullardan  (uranning  spontan  bo‘linishi  treklari  bo‘yicha  sanani  aniqlash,  kaliy-
argonli,  paleomagnit,  termolyuminessent  usullar)  antropogenezning  mutlaq  xronologiyasini 
yaratishgda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Arxeologik  topilmalarning  mikrotuzilmasini  o‘rganishda 
fizikaviy-kimyoviy usullardan (rentgen nurlanishi, elektron mikroskopiya) ham foydalaniladi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish