Antropogenez haqidagi hozirgi zamon fani



Download 19,57 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi19,57 Kb.
#266310
  1   2
Bog'liq
Antropogenez


Antropogenez haqidagi hozirgi zamon fani

Antropogenez nazariyasi fanlararo tadqiqotlar sohasi sifatida
Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy nazariyasi endilikda tor tarmoq sohasi emas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarning tutashuv chegarasidagi majmuaviy fanlararo tadqiqotlardan iborat.

Bugungi kunga kelib fan odamning kelib chiqish jarayonini muayyan darajada tiklash imkonini beruvchi ko‘p sonli ma’lumotlarni to‘plagan. Ushbu muammoni hal etishda arxeologiya va antropologiyadan tortib to molekulyar biologiya hamda atom fizikasigacha bo‘lgan ko‘plab fanlar ishtirok etmoqda.

Hozirgi zamon tasniflari ma’lumotlariga ko‘ra, odam turiga, umurtqalilar kichik turiga, sut emizuvchilar sinfiga, primatlar guruhiga, gominoidlarning katta oilasiga, gominidlar oilasiga, Homo turiga mansubdir.

Odamning hayvondan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalillar qiyosiy anatomiya, fiziologiya, embriologiya, paleontologiya, genetika fanlari bergan ma’lumotlarga suyanadi. Barcha tirik organizmlarda hujayra tuzilishi, odam va hayvonlarning skeletlarining hamda a’zolarining o‘xshashligi, odamdagi rudimentar a’zolar (kopchik umurtqalar, ohirgi jag‘ tishlar, ko‘richak va hokazo hammasi bo‘lib 90dan ortiq), atavizmlar (jabra yorig‘i, tananing to‘liq jun bilan qoplanishi va boshqalar), inson embrionida hayvonot dunyosiga xos evolyusiya bosqichlarining takrorlanishi va hokazo.

Odam hozirgi zamon biologiya fani tomonidan yaxshi o‘rganilgan primatlar bilan eng ko‘p genetik va anatomo-fiziologik o‘xshashlik­lar­ga egadir. Odamning primatlardan kelib chiqqanligi paleoantro­po­lo­giya tomonidan ham qazishmalar chog‘ida topilgan gominidlar va antro­po­idlar shakllarini morfologik tahlili asosida tasdiqlanadi. Molekulyar biologiyaning so‘nggi yillardagi yutuqlari odam bilan primatlarning nasli bir ekanligini ko‘rsatuvchi yangi dalillarni aniqladi. Ma’lumki, yaqinda inson genomi sirlari ochildi va e’lon qilindi. Genetika bergan ma’lumotlarga ko‘ra genlar bo‘yicha biz insonning hozir yashayotgan qarindoshlaridan eng yaqini bo‘lgan shim­pan­zedan atigi 1% dan sal ortiqroq farqqa egamiz. DNK molekulalari nukleotid izchilligining o‘zgarish tezligiga asoslangan ma’lumotlarga ko‘ra («molekulyar soatlar» metodi) bizning hozirgi maymunlar bilan ajdodimiz bir bo‘lgan. Ularning ajdolari bilan odamga kelib tuta­shuv­chi gominid liniyaning ajralish bundan 5-7 mln yil ilgari yuz bergan. Agar shimpanze nazarda tutilsa, u holda bu divergensiya 5 mln yil ilgari bo‘lgan, gorillalar va orangutanlar ildizlarining ajralishi esa undan ham oldinroq ro‘y bergan61.

Antropogenez nazariyasida topilgan suyak qoldiqlari va tosh artefaktlarning sanasini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda fizika va ximiya yordamga keladi. Zamonaviy tabiiy-ilmiy usullardan (uranning spontan bo‘linishi treklari bo‘yicha sanani aniqlash, kaliy-argonli, paleomagnit, termolyuminessent usullar) antropogenezning mutlaq xronologiyasini yaratishgda muhim rol o‘ynaydi. Arxeologik topilmalarning mikrotuzilmasini o‘rganishda fizikaviy-kimyoviy usul­lardan (rentgen nurlanishi, elektron mikroskopiya) ham foydalaniladi.





Download 19,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish