Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   290
Bog'liq
falsafa

Men  (ego), (id)  va  Mendan  yuqori  turuvchi  (super-ego). Men –  bu ongning  sohasi bo‘lib, 
faqat ruhning arzimas oz qismini (aysberg tepasini) o‘zida mujassamlashtiradi. Freyd nuqtai 
nazaricha,  inson  hatti-harakati,  intilishlari  va  xohishlari  tagzaminida  U  -  ya'ni  ongsizlik 
yotadi. Biroq Menga Udan hamma narsa kelib o‘tmaydi. Bu o‘tish o‘ziga xos «tekshiruv»dan 
o‘tadi.  Ijozat  beruvchi  maqom  vazifasini  o‘zida  ijtimoiy  madaniy  taqiqlar  va  qat'iy  burchga 
o‘zini majbur qiluvchi tizimini mujassamlashtiruvchi Mendan yuqori bo‘lgan narsa bajaradi. 
Bu  axloqiy  qoliplar,  an'analar,  taqiqlar  va  shunga  o‘xshashlar  bo‘lishi  mumkin.  «U-Men  – 
Mendan  Yuqori»  tizimida  Inson  hatti-harakati  tashkiliy  jihatining  uch  saviyasi  aks  etgan: 
biologik (U), alohidalik – shaxsiy (Men) va ijtimoiy (Mendan Yuqori). 
Id  (U)  lazzat  qoidasiga  tobedir.  Boshqacha  aytganda,  bizning  barcha  ongsiz 
tamoyillarimiz  lazzat  olishga  qaratilgan.  Ammo  ushbu  tamoyillarni  doimiy  va  nazoratsiz 
ravishda  qondirishning  imkoni  yo‘q.  Shuning  uchun  Ego  (Men)  tashqi  zaruriyat  bilan 
hisoblashishga majbur bo‘lib, voqyeylik qoidasiga rioya qiladi. Mabodo, agar Ego voqyeylik 
bilan  hisoblashmay,  Id  izidan  borib  Super  –Ego  o‘rnatgan  majburiy  burchlarni  buzsa,  u 
keyinchalik  vijdon  azobi,  gunohkorlik  hissi,  ruhiy  azoblanish  ko‘rinishlaridagi  jazolarga 
duchor  bo‘ladi.  Shunday  qilib  Id,  Ego  va  Super  Ego  o‘rtasida  murakkab  qarama-qarshi 
vaziyat  kelib  chiqadi.  Bu  qarama-qarshilikni  bartaraf  etishga  qodir  bo‘lgan  «himoya 
mexanizmlari»  vositasida:  istaklarni  ongsizlik  sohasiga  siqib  chiqarish,  sublimatsiya    yo‘li
 
 bilan erishish mumkin. Sublimatsiyaning shakllaridan biri ijoddir
208

Ushbu  qarama  -  qarshiliklar  mohiyatini  Freyd  ongsiz  holatdagi  instinktiv  (g‘arizaviy) 
tamoyillardagi  va  madaniyatdagi  kelishmovchiliklarda  ko‘radiki,  madaniyat  o‘zining 
yo‘naltiruvchilik me'yorlari, taqiqlari va ko‘rsatmalari vositasida tabiiy xohishlarning amalga 
oshishini  chegaralib  turadi.  Keyinchalik  psixoanaliz  Freyd  g‘oyalarini  rivojlantirish  bilan 
ham,  uni  qayta  ko‘rib  chiqib,  boshqa  ruhiy  tahlilga  doir  qoidalarni  vujudga  keltirish  bilan 
ifodalanadi.  Psixoanaliz  falsafasining  XX  asrdagi  eng  yirik  vakillari  Alfred  Adlar  (1870-
1937), Karl Gustav Yung (1875-1961), Erix Fromm (1900-1980) va boshqalar edilar.  
Ekzistensializm. Ekzistensializm, yoki hayot falsafasi (lot. Exsistentia- hayot) XX asrning 
birinchi  yarmida  paydo  bo‘ladi.  Ekzistensializmning  eng  ko‘zga  ko‘ringan  vakillari  Karl 
Yaspers  (1883-1969),  Martin  Xaydegger  (1889-1976),  Jan-Pol  Sartr  (1905-1980),  Alber 
Kamyu  (1913-1960)  edilar.  Diniy  (Yaspers)  va  ateistik  (Xaydegger,  Sartr,  Kamyu) 
ekzistensializmni bir-biridan farq qiladilar. 
Ekzistensializm  yevropa  jamiyatining  tanazzuliga  falsafiy  aksil  amal  edi.  Birinchi  va 
ikkinchi jahon urushlari, inqilobiy g‘alayonlar, texnogen jamiyatda inson hayotining shaxsiy 
o‘rnini  yo‘qotilishi  va  qolipga  solinishi  taraqqiyot,  aql  va  insonparvarlik  g‘oyalariga 
asoslangan sivilizatsiyaning doimiy rivojlanishiga bo‘lgan ishonchni barbod qildi, individual 
va  ijtimoiy  borliqning  buzilganligini,  ilgaridan  buzilmas  deb  hisoblangan  g‘oyalarning 
mo‘rtligini  ko‘rsatdi.  yevropa  falsafasiga  borgan  sari    «barcha  qadriyatlar  tanazzuli»  ni 
anglash kirib keldi. 
Ekzistensializmning  asosiy  mavzulari  –  inson,  hozirgi  dunyodagi  uning  taqdiri,  tanglik 
yuz bergan vaziyatlardagi hatti-harakati, e'tiqod, ozodlik, hayotning ma'nosi kabi muammolar 
                                                 
208
 Қаранг: В.М.Лейбин. Сублимация. // В кн.: Современная западная философия. Словарь. М., 1991, 291-
292-б. 


edi. Ekzistensializmning kelib chiqish shiori shunday edi: mavjudlik mohiyatdan oldin keladi
Boshqacha  aytganda,  «inson avvalo  mavjud bo‘ladi, u uchrashadi, dunyoga keladi, va faqat 
shundan  keyingina  shakllanadi»
209
.  Bu  shunday  ma'noni  bildiradiki,  inson  oldindan  berilgan 
tabiatga ega emas. Uning qandayligi, uning mavjudligi bilan belgilanadi. 
Ekzistensializm  «haqiqiy  bo‘lmagan»  va  «haqiqiy»  mavjudligi  bilan  farqlaydi.  «Xaqiqiy 
bo‘lmagan»  mavjudlik  bu  odatdagi  doiradagi,  kundalik  va  shaxsiyatga  ega  bo‘lmagan 
mavjudlik bo‘lib, Xaydegger uni  «Man» doirasi sifatida belgilaydi. «Man»  shaxsiyatga ega 
emas, unda inson boshqalar kabi berilgan qoidalar va me'yorlar bo‘yicha fikr yuritadi va amal 
qiladi. «Man» da inson ozod shaxs sifatida, o‘z hatti-harakatlarini mas'uliyat bilan belgilovchi 
faol  sub'ekt  sifatida  o‘z    taqdirini  o‘zi  tanlovchi  kishi  sifatida  namoyon  bo‘lmaydi.  «Man» 
dunyosida  ozodlik  ham,  tanlash  erkinligi  ham,  mas'uliyat  ham  yuq.  Inson  hatti-harakatini 
belgilovchi, faoliyatning haqiqiy sub'ekti «Man»ning o‘zidir. 
Odatdagi  ashyoviy  dunyo  tashqarisiga  chiqish,  «Man»  dan  qutilish  va  «haqiqiy» 
mavjudlikni  (o‘zimizning  borlig‘imizni  yoki  ekzistensiyani)  qo‘lga  kiritish  chegaraviy 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish