Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   290
Bog'liq
falsafa

vaziyatlar  (pogranichnaya  situatsiya)  deb  ataladigan  holatlarda  amalga  oshadi.  Bunday 
tushuncha ostida o‘zi va dunyo haqidagi odatdagi barcha tasavvurlar buzilib ketadigan tanglik 
vaziyatlarining  huddudlari  tushuniladi.  Bunday  holatda  inson  barcha  narsani  ilgarigiga 
qaraganda butunlay boshqacha ko‘radi. Unga shunday narsalar ochiladiki, u kundalik hayotda 
ularni  ko‘rmagan  va  mushohada  qilmagan  edi.  Natijada  qadriyatlarni  tubdan  qaytadan 
baholash  ro‘y  beradi.  Bunday  vaziyat  o‘lim  oldidan,  azobli  yechimlar  oldida,  orzu-
umidlarning barbod bo‘lishi, afsus-nadomat va shunga o‘xshash holatlarda yuz beradi. 
Chegaraviy vaziyatlar – tanlash vaziyatidirki, unda inson «yashash yoki o‘lim» masalasini 
hal qiladi. Va bunday vaziyatda inson asosan yakka-yolg‘izdir. Sartrning yozishicha, «uning 
uchun  suyanadigan  narsa  o‘zida  ham,  tashqarida  ham  yo‘q»,  inson  erkin  bo‘lishga  hukm 
qilingan
210
.  
Ekzistensializmning  borliqqa  oid  tushunchalar  tarkibi  quyidagicha  ko‘rinishga  ega: 
haqiqiy bo‘lmagan mavjudlik dunyosi- bu borliq yoki transendensiya. Transsendensiya – bu 
shunday  narsaki,  uning  markaziy  tortilishi  bo‘lgan  ekzistensiyaga  yunaltirilgan.  Diniy 
ekzistensializmda  shunday  markaz  Xudo  bo‘lsa,  ateistik  ekzistensializmda  –  «hyech  nima» 
(Nigyu)dir. 
«Germenevtika»  atamasi  sharhlash,  talqin  qilish  va  tushuntirish  san'ati  sifatida  qadimgi 
dunyo madaniyatiga borib taqaladi. Qadimgi Yunon afsonasida xudolardan xabar keltiruvchi 
Germes,  kishilarga  xudolarning  buyruqlarini  tushuntirib  berar  va  odamlarning  xohish, 
irodalari  va  iltijolarini  Olimpga  yetqazar  edi.  germenevtikani  nazariya  sifatida  shakllantirish 
F.Shleyermaxer (1768-1834) va V.Diltey (1833-1911) asarlarida o‘z yakunini topdi. 
Shleyermaxer  germenevtikani  umumiy  tushunish  nazariyasi  sifatida  talqin  qildi.  Uning 
nuqtai  nazaricha,  u  yoki  bu  matnni  tushunish  uchun  matn  muallifi  yashagan  davrga xayolan 
o‘tish zarur (ushbu bajariladigan ish tartibi germenevtikada «joyini o‘zgartirish» nomini oldi). 
Bunda o‘z zamonining tushuncha va tasavvurlaridan qutulish zarur bo‘lib, matn muallifi davri 
tushunchalariga  muvofiq  keladigan  tushunchalar  bilan  fikrlash  uning  dunyosi  va  g‘oyasiga 
kirish uning fikr tarzini gavdalantirmoq lozim. Shleyermaxer uchun asosiy narsa matn emas, 
balki unda yashirin ifodalangan muallifning ijodiy o‘ziga xosligi edi. 
Diltey  germenevtikada  ijtimoiy  fanlarning  uslubiy  asosini  ko‘rdi.  Hayot  falsafasining 
vakili  sifatida  u  tarixiy  hodisalarni  tabiiy  jarayonlardan  farqli  o‘laroq,  «tirik  va  jonli» 
gavdalantirish lozim deb hisobladi. Shunday qurol, ushbu voqyealarni «boshdan kechirish» ga 
asoslangan «izohlash» edi. 
Germenevtikaning  markaziy  tushunchalaridan  biri  germenevtik  doira  tushunchasi  bo‘lib, 
uning mohiyati shunga olib keladi: qismni tushunish butunni tushunishsiz mumkin bo‘lmaydi 
                                                 
209
 Ж.П. Сартр. Экзистенциализм – это гуманизм. В сб.: Сумерки богов. М., 1989, 323-б. 
210
 Ѝша жойда. 327-б. 


va  aksincha.  Masalan,  so‘zni  tushunish  ushbu  so‘z  tarkibiga  kirgan  gapni  tushunishsiz 
mumkin  bo‘lmaydi;  o‘z  navbatida  gapni  tushunish  uning  tarkibiga  kiruvchi  so‘zlarni 
tushunishni  taqozo  etadi.  Shleyermaxer  va  Dilteyni  an'anaviy  germenevtika  deb  ataluvchi 
oqimning vakillariga mansub hisoblashadi. 
XX  asrdagi  falsafiy  germenevtikaning  eng  yirik  vakili  va  asoschisi  Xans  Georg 
Gadamerdir. M.  Xaydergger izidan   borib Gadamer tushunchani insonni bilish  faoliyatining 
tomonlaridan  biri  deb  emas,  balki  uning  borlig‘ining  vositasi  deb  biladiki,  bu  bilan 
germenevtika muammmosini uslubiy va bilish nazariyasi sohasidan borliq haqidagi masalaga 
o‘tkazadi. 
Asosiy germenevtik bajariladigan tartibini Gamer «joyini o‘zgartirish» emas, balki «tatbiq 
etish» hisobladi – matn muallifi tajribasini o‘zining vaziyatiga tatbiq etish, o‘tmish va hozirgi 
davr  ufqlarini  birlashtirish  kabi.  U  to‘la  joyini  o‘zgartirish  (gavdalantirish)  imkoniyatiga 
ishonchsizlik  bilan  munosabatda  bo‘ldi.  O‘tgan  davrlarni  to‘la  gavdalantirishni  ta'minlash 
mumkin  emas.  Shuning  uchun  germenevtikaning  bosh  vazifasi  Gadamer  uchun  «tiklash» 
emas,  balki  mazmunni  «yaratish»  dir.  Shunday  bo‘lganda  har  bir  talqin  qiluvchi  avval 
boshdanoq  bir  xil  ma'noga  ega  bo‘lmagan  matn  mazmunidan  o‘zining  ma'nosi  mazmunini 
keltirib chiqaradi. Har bir voqyea talqini matnning «harakat tarixida», «hodisa»dir, «an'ana» 
bilan gaplashishdir va shu bilan birga an'anani o‘zini «amalga oshirish»dir. An'ana Gadamlar 
uchun oddiygina so‘zlab berish kerak bo‘lgan rivoyat yoki yodgorliklar va matnlar majmuasi 
emas. Biz an'analarni «amalga oshirish»ning ishtirokchilari hamdirmiz. 
Tushunish  Gadamer  uchun  «tajriba»,  dunyoni  o‘zlashtirishning  umumiy  vositasidir. 
Germenevtik  tajriba  asosida  til  yotadi.  U  bizga  go‘yoki  dunyoni  beradi.  Til  «hamma  nrsani 
qamrab oluvchi, dunyo talqinini oldindan payqab oluvchidir.. dunyo biz uchun hamisha ham 
tilda talqin qilingan dunyodir… bu esa, tabiiyki, shunday  ma'noni  bildiradiki,  ushbu  til 
talqinining  ichida  boshlanadigan  tushunchalarni  tashkil  bo‘lish  jarayoni  hyech  qachon  eng 
boshidan  boshlanmaydi»
211
.  Shuning  uchun  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  tushunish  –  til  hodisasidir. 
Bundan shunday xulosa qilinadi: «Tushunib olish mumkin bo‘lgan borliq, til demakdir»
212

 XX  asrning  20-nchi  yillaridan  boshlab,  ijtimoiy-gumanitar  fanlarda  strukturalizm 
(tuzilish) deb umumiy nom olgan harakat boshlanadi. Uning asosida yotgan strukturali uslub 
dastavval tilshunoslikda (lingvistikadagi Praga, Kopengagen va Yel strukturalistik maktablari) 
ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  keyinchalik  ijtimoiy-gumanitar  bilimlarning  boshqa  sohalarida 
(adabiyotshunoslik,  madaniyatshunoslik,  ruhshunoslik,  jamityashunoslik,  og‘zaki  ijod 
(folkloristika),  estetika,  irqshunoslik  (etnologiya)  va  boshqalarda)  yoyildi.  Strukturalizm 
Fransiyada  eng  ko‘p  darajada  yorqin  namoyon  bo‘ldi.  Uning  asosiy  vakillari  K.Levi-Stross, 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish