Hindiston o‘zining diniyligini jilovlab, fanga murojaat qilishi zarur»
232
. Qotib qolgan diniy
aqidalarni rad etgan Neru, ayni vaqtda «qandaydir e'tiqod» zarurligini tan oladi. «tabiat
ustidan shunchalik qudratli hukmronlikka ega bo‘lgan insonda ham, o‘zi ustidan hukmronlik
qilishga kuchi yo‘q edi…» - deb yozgan edi u
233
. Neru shunday fikrga kelgan ediki, ushbu
«o‘zi ustidan bo‘lgan hokimiyat»ni inson muayyan darajada diniy ong doirasida qo‘lga
kiritadi.
Bilish nazariyasida Neru skeptitsizm va agnostitsizmga jiddiy qarshi edi. Atrofini o‘rab
turgan dunyoni bilishga insonning intilishi tabiiydir. Ammo bu ehtiyojni qondirishga faqat
bilimga ilmiy yondoshish tufayligina erishib bo‘ladi. Neru ko‘pincha abadiy haqiqat haqida
gapiradiki, ma'no jihatdan dialektik tushuncha bo‘lgan «mutlaq haqiqat»ga yaqindir. Uning
fikricha,
abadiy haqiqat ayrim olingan beintiho nisbiy haqiqatlar majmuasidan tashkil topgan.
Mutafakkir qayd etgan ediki, «bu beintiho, abadiy va o‘zgarmas haqiqat to‘laligicha
insonning nomukammal aqli tomonidan tushunib olinishi mumkin emas. U faqat juda ko‘pi
bilan, shuningdek, davrning hukmron mafkurasi uning zamon va makonda chegaralangan,
unchalik katta bo‘lmagan tomoninigina qamrab olishi mumkin…»
234
.
Neruning fikricha, dunyoqarashning markaziy nuqtasi va har qanday amaliy faoliyatning
maqsadi
inson bo‘lmog‘i lozim. Inson mohiyatini Neru ikki jihatdan qarab chiqadi: tashqi
dunyo bilan bog‘liq bo‘lgan moddiylik va ichki dunyo bilan bog‘liq bo‘lgan ma'naviylik
nuqtai nazaridan. Shaxsiy garmoniyaga faqat ijtimoiy uyg‘unlik asosidagina erishish mumkin.
Shaxsning va hatto umuman millatning ichki taraqqiyotini Neru ijtimoiy va siyosiy ozodlikka
bog‘liq ekanligini qayd etdi. Neru ma'naviy-axloqiy taraqqiyotga ko‘p e'tibor qaratdi. U
ilmiy-texnika taraqqiyoti va tabiatni bo‘ysundirish borasidagi muvaffaqiyatlar bilan ma'naviy
axloqiy saviya o‘rtasidagi uzilishni bizning asrimizning fojiaviy paradoksi deb atadi. Agar
moddiy taraqqiyot bilan bir qatorda ma'naviy yetuklikka erishilmagan bo‘lsa, unda hyech bir
sivilizatsiyani to‘la qonli hisoblab bo‘lmaydi.
Hayotdagi eng umumiy qarama-qarshilikni Neru yangilik bilan eskilik o‘rtasida deb bildi.
Har qanday taraqqiyot jarayonida hamma vaqt nimadir eskiradi va o‘z umrini o‘tab bo‘ladi va
qandaydir narsalar tuziladi. Shunga ko‘ra, taraffkurda ham o‘zgarmaydigan qonunlarning
bo‘lishi mumkin emas. Eskilik va yangilik – bu Neru tomonidan ijtimoiy jarayonlarni tahlil
qilishda qo‘llaniladigan qarama-qarshiliklar ta'limotining bir ko‘rinishidir. Shunday qilib, u
mamlakatda ikki qarama-qarshi kuchlar borligini qayd etadi: mamlakat birligini ta'minlashga
qaratilgan kuchlar va uning ajralishiga yo‘naltirilgan kuchlar. Hayotdagi qarama-
qarshiliklarning rivojlanish jarayoni, oxir oqibatda, ularni sintezi va murosa qilishiga olib
keladi. Shundan kelib chiqib, Neru yangi dunyoqarashni vujudga keltirish zarurligi haqida
gapiradiki, uni u
sintez falsafasi yoki
uchinchi mafkura deb nomlaydi. U «siyosiy falsafaning
turli sistemalarini amaliy sintezini vujudga keltirish» niyati borligini aytadi. Sintez falsafasi
moddiyunchilik va idealizmning eng yaxshi xususiyatlarini birlashtirib va gavdalantirib,
ularga xos bo‘lgan «bir tomonlamalik»ni bartaraf qilmog‘i lozim edi. Ushbu «yangi
sintez»ning gavdalanishi sifatida Neru «hind sotsializmi» ta'limotini tushundiki, uning
o‘zining hatti-harakatlari tufayli Hindiston milliy kongressi partiyasining rasmiy
mafkurasining bir qismiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: