Lyan Sichao (1873-1929) dunyoqarashi: «Eskini, an'anani yangilash va uni butunlay yangi
unsurlar bilan to‘ldirish»
236
edi. uning fikricha, Xitoy uchun ikki yo‘l mavjud: birinchisi –
xitoyliklarning o‘zlarini tashabbusi bilan bo‘ladigan islohotlar, ikkinchisi - chet ellilar
tashabbusi bilan bo‘ladigan islohotlardir. Bunda uning nazaricha, ularning vatanlari
mustamlakaga aylanadi. Faylasuf «Xitoy maorifi usullarini saqlab qolgan holda yevropacha
qoidalarga asoslangan» maktablarni tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, har
bir kishining siyosiy huquqlarining holati xalqning o‘qimishliligi darajasiga bog‘liq. Agar
o‘tmishda bilimlarni zo‘rlik bilan egallab olish (uzurpatsiya) xalq huquqlarini kamsitilishiga
olib kelgan bo‘lsa, bilimlarni yoyish va kengaytirish endilikda uning siyosiy huquqlarini
kengaytirishga olib keladi. Xitoyning qoloqligi sababini mutafakkir jamiyatni eskilikka
yopishib olishida, boshqaruvning mutlaqligida, insonda «o‘z-o‘zidan rozilik», «zaiflik»,
«taqdirga tan berish» ruhini keltirib chiqargan eski falsafa va axloqda ko‘rdi. Uning fikricha,
«konfutsiychilikning mafkuradagi zo‘ravonligi xitoy ilmi va fani uchun baxtsizlikdir». Biroq
keyinchalik u o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirib, shunday yozadi: «Bizning mamlakatimiz o‘z
butunligini saqlab, ikki ming yillik davomida o‘z mavjudligini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Buning uchun biz jamiyatimizning ko‘zga ko‘rinmas asosi bo‘lib xizmat qilgan
konfutsiychilik ta'limotiga burchlimiz. Shuning uchun ham konfutsiychilikdan kelajakda ham
ijtimoiy tarbiyaning mag‘zi sifatida foydalanish zarur»
237
.
Lyan Sichao Xitoyda inqilob yuz berishiga qarshi chiqdi, chunki, uning aqidasicha, u
buzg‘unlik va ishsizlikni chuqurlashtiradi. «Oshqovoqni urug‘idan faqat oshqovoq, lo‘ya
urug‘idan-faqat lo‘yalar o‘sib chiqqanidek, inqilob ham faqat yangi inqilobni vujudga
keltirishi mumkin, ammo hyech qanday siyosiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi». 1902 yilda u
Xitoyda xitoyliklarda «jamoaviy» his-tuyg‘uni yoki «jipslashish»ni tarbiyalash vositasida
«Yangi xalq»ni vujudga keltirishga chaqirdi. U, Kann Yuvey kabi orzudagi butun jahon
«Buyuk birligi» jamiyati tuzishni targ‘ib qildiki, unda xususiy mulkchilik yo‘q bo‘lib, kishilar
bir-birlariga
nisbatan
birodarlik
munosabatida
bo‘ladilar.
Konfutsiychilikdagi
«insonparvarlik» («jen») uning tomonidan umumiy «tenglik va birodarlik» sifatida qabul
qilindi,
Buyuk Birlashish esa, yevropacha sotsializm g‘oyalari bilan tenglashtirildi.
Yan Fu (1853-1921) qishloq shifokori oilasida dunyoga keldi. 1876 yili uni Angliyadagi
harbiy-dengiz institutiga o‘qishga yubordilar. Ammo uni dengiz ofitseri bo‘lish martabasi
kiziqtirmas edi. Angliya va Fransiyada u qunt bilan Smit, Rikkardo, Monteske, Russo, Kant,
Bekon, Lokk, Gobbs asarlarini o‘rgandi, Kopernik, Nyuton, Darvin asarlari bilan tanishib
chiqdi. Yan Fu xitoy tiliga T.Geksli, D.Mill, G.Spenser, A.Smit va boshqalarning asarlarini
tarjima qildi. Ammo birinchi jahon urushidan keyin G‘arb ijtimoiy fikridagi qadriyatlar
haqidagi o‘z fikrini o‘zgartirdi: «G‘arb madaniyati ushbu yevropa urushidan so‘ng butunlash
buzildi. Ilgarilari, men bizning eski maktabga mansub olimlarimizning shunday kun keladiki,
o‘shanda Konfutsiy ta'limotini butun bashariyat o‘qib o‘rganadi, deganlarini eshitganimda,
men ularni be'mani gap, deb o‘ylagan edim. Ammo, hozirgi vaqtda men shuni tushuna
boshladimki, yevropa va Amerikadagi ma'rifatli odamlarning ko‘pchiligi asta-sekin shunday
fikrga kelayotganga o‘xshaydi… Mening fikrimcha, G‘arb xalqlari o‘zlarining uch yuz yillik
taraqqiyotlari davomida to‘rt asosiy qoidaga erishdilar: xudbin bulishlikka; boshqalarni
o‘ldirishga; kam miqdorda to‘g‘ri bo‘lishlikka, uyatni kamroq his qilishga. Konfutsiy va Men-
szыning asosiy qoidalari ulardan qanday darajada farqli bo‘lsalar, Osmon va yer ham xuddi
shunday keng va chuqurdirlarki, ular barchaga va hamma yerda ezgulik qilish uchun tarkib
topgandirlar»
238
. Yan Fu fikricha, davlatning qudrati yoki zaifligi xalqning jismoniy, aqliy va
axloqiy rivoji bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan Yan Fu Xitoy jamiyatini rivojlantirish
236
Лян Ци-чао. Синь минь Гио (О новым народе). – Синьхат гэмин цянь шулунь сюаньцзи. –Т.1., Ч1.,
Пекин, 1960, 122-б.
237
Ѝша жойда.
238
Creel H. Chinese thought from Confucius to maj tse tong. London. 1954. p. 248.
uchun ushbu uch omilni yaxshilash tadbirlarini tavsiya etadi. «Jismoniy rivojlanish»ni
yaxshilash uchun taryoopiy (qora dori) chekishni, hamda oyoqni bint bilan bog‘lashni ham
eski jamiyatning «sarqiti» sifatida man etish lozim. «Aqliy rivojlanish» uchun davlat
imtihonlarini eski tizimini bekor qilib, o‘quv muassasalariga «G‘arb fanlari»ni kiritish lozim.
«Axloqiy yangilanish» borasida olim fikricha, har bir xitoylikda vatanga nisbatan muhabbat
his-tuyg‘ularini uyg‘otish muhimdir. Bu xulqni mustaqillikka erishish va Xitoyning
farovonligi uchun bo‘layotgan barcha umumiy intilishlarini birlashtirishga olib keladi.
Fuqarolarning ozodligi va ularning qonun oldidagi tengligini ta'minlashning asosi sifatida
parlamentarizmni targ‘ib qilib, Yan Fu Men-szыning quyidagi ta'kidiga tayangan holda
saltanatni rad etadi: «eng qimmatli narsa-xalqdir, ikkinchi o‘rinda-davlat turadi, hukmdor esa
– oxirgi o‘rinda turadi».
Do'stlaringiz bilan baham: