diniy aqidalari ichki qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi, ilohiylikni yerdagi hayotga,
ruhni badanga qarshi qo‘yib inson hayotini ikkiga bo‘ladi va bu bilan insonparvarlikka nizo
soladi. «Universal din» qotib qolgan diniy aqidalarga nisbatan alternativ sifatida xizmat
qilishi lozim. «Abadiy din» ning insonparvarligi markaziy o‘ringa inson muammosini
qo‘yadi. Radxakrishnan inson tabiati ko‘p qirra ekanligini tan oladi. Mutafakkir fikricha, «har
bir odamda qandaydir ilohiylik bor», inson «uning qadriyatlarini tan olish bilan birga – yer
yuzidagi ilohiylikning eng muayyan ravishda gavdalanishidir»
229
.
Radxakrishnan axloq muammosiga muhim ahamiyat beradi. Uning mohiyatini shunday
ifodalash mumkin: diniy aqida va insonning hatti-harakati hamisha «hamrohlikda boradi». Bu
shunday ma'noni anglatadiki, «universal din»ga «universal axloq» muvofiq kelishi lozim.
Uning shakllanishiga jamiyatni turli tabaqalarga, kastalarga bo‘linganligi, milliy va diniy
to‘siqlar halaqit beradi. Faqat mehr va muhabbat va zo‘rlik ishlatmaslikni ifodalovchi
«ma'naviy zaxira» gina «yangi tur» dagi kishini shakllanishini ta'minlashi mumkin.
«Universal din» ga «universal falsafa» muvofiq keladi. Faylasuf yozgan edi: «mening
asosiy bosh vazifam barcha mamlakatlar va madaniyatlarda, Upanishda payg‘ambarlari va
Budda, Aflotun va Plotinda topish mumkin bo‘lgan yagona abadiy va umumiy falsafa
borligini isbot qilishdir»
230
. Ushbu falsafaning maqsadi shunga kelib yakunlanadiki, «biz
mansub bo‘lgan dunyoni tushuntirish», «mavjudlik asosida yotgan haqiqat» ni topish,
koinotni ilm-fanga o‘xshab qismlarini emas, balki butuncha tushunish, va nihoyat, «hayot
yo‘ldoshi» bo‘lish va voqyeylikning namoyon bo‘lishining turli jihatlarini uyg‘unlikka
keltirish» dir.
Birlamchi borliq sifatida faylasuf ilohiy ruh yoki Braxmanni tushunadiki, unga nisbatan
atrofdagi voqyeylik hosila sifatida maydonga chiqadi. Dunyo faqat Mutlaqning ifodasi bo‘lib,
Mutlaqning o‘zi yoki uning nusxasi emas. Radxakrishnanning
bilish nazariyasida sub'ektning
ob'ektga bo‘lgan munosabati haqidagi masala chetlab o‘tiladi. Insonning oliy bilish qobiliyati
uch xil ko‘rinishdan tarkib topadi: hissiy qabul qilish, mantiqiy fikrlash va ruhiy intuitsiya.
Faylasuf aqlni «ruhning asbobi» bo‘lib xizmat qilishligini nazarda tutib uning vazifasini
chegaralab qo‘yadi. U bilish nazariyasining eng muhim tushunchasi sifatida intuitsiyani e'lon
qiladi. Intuitsiyani ta'riflab, Radxakrishnan qayd etgan edi: «Zehn ob'ektning tashqi
xususiyatlari haqida xabar yetkazgan, aql esa ob'ekti qarshisida undan umumiyroq hodisaning
ayrim voqyeasi sifatida namoyon bo‘lsa, u aql qonunini tushuntirib yetadi, intuitsiya esa
ob'ektning
qanchalik chuqurligi, ahamiyati va xususiyati haqida tasavvur beradi»
231
.
Do'stlaringiz bilan baham: