Aziz Laxbabiy, livanlik Rene Xabashiy va boshqalar edilar. O‘zining «Borliqdan shaxsiyatga»
(1954) deb atalgan kitobida Laxbabiy yozadiki, «realistik personalizm» E.Munening
«personalistik realizm»dan shunda farq qiladiki, yerdagi jamiyat shaxslari tabaqasining gultoji
bo‘lgan Xudo o‘rniga, inson qo‘yiladi. U jamiyatdan tashqarida bo‘lgan sub'ekt hayotini tan
olmaydi: jamiyat shaxsiyatdan oldin keladi va uni tug‘ilgan vaqtidan boshlab shakllantirib
boradi. Ammo Laxbabiy shaxsni bilish imkoniyatini ham rad etadi. Shu bilan birgalikda
jamiyatdagi muhit ham uning tomonidan faqat muayyan ma'naviy qadriyatlarga e'tiqod
qo‘yish asosida birlashgan shaxslar majmuasi sifatida tasvirlanadi. Ekzistensializmning
insonni haqiqiy borligini uning muayyan tarixiy mavjudligidan tashqarida topishga
uringanliga qarshi turib M.Laxbabiy uning qarshisiga ichki va tashqi faoliyatning birligi,
ayrim olingan shaxsning ichki ma'naviy faoliyatini, «o‘zining o‘lchovlarida o‘zini idrok
etadigan Menning ongli tajribasi» ni qo‘yadi.
Jamiyatdagi tanglik vaziyatidan chiqish yechimini u butun dunyo miqyosida axloqiy va
ijtimoiy islohotlar o‘tkazish, sivilizatsiyaning moddiy va ma'naviy tomonlari o‘rtasida
215
Қаранг: А.В.Сагадеев. Абд ар-Рахмон Бадави и экзистенциализм в арабских странах//Философская
мысль стран Востока. М., 1965. 89-б.
216
Махмуд Заки Нагиб. Логический позитивизм. Каир. 1966. 72-б.
muvozanatni barqaror qiladigan insoniyatning personalizatsiya qilinishi «ayrim shaxslarga
aylanishi» va xalqlar tomonidan hozirgi zamonning axloqiy talablariga rioya etishni ko‘radi.
Laxbabiy fikricha, islom va yahudiylik dini bir necha asrlardan buyon hayotning ma'naviy va
moddiy tomonlari orasida to‘la muvozanatni barqaror etishga qaratilgan personalizm urug‘ini
«sepib» kelmoqdalar. Livanlik personalist Rene Xabatiy J.P.Sartning ateistik
ekzistensializmini tanqid qilib, diniy axloq yordamida «boshqalardan» begonalishish kabi
be'mani his-tuyg‘udan qutilish choralarini izlab, tarixiy jarayonni harakatga keltiruvchi bosh
kuch sifatida hammani bir-biriga nisbatan rahm-shafqat qilishga chaqiradi.
Hindistonda XX asrdagi falsafa taraqqiyoti ikki bosqichga bo‘linadi: istiqlolgacha va
mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrdagi rivojlanish bosqichi. Shunga ko‘ra, uning
har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Hozirgi zamon hind falsafasining umumiy belgilarini tushunish uchun muhim bo‘lgan
narsa Hindistondagi falsafa va kundalik ongning o‘zaro munosabatidir. Hindlarning diniy
e'tiqodga berilganligi – ularning ijtimoiy psixologiyasining asliy elementidir. Bu narsa hayot
tarzining barcha qirralari, maishiy va axloqiy me'yorlar, ijtimoiy muassasalar tomonidan
mustahkamlangan. Javohirlal Neruning ta'kidlashicha, Hindistonda falsafa faqat tor doiradagi
faylasuflargagina nasib etgan narsa emas. Falsafa xalq ommasi ijtimoiy psixologiyasining
muhim elementi bo‘lib maydonga chiqqan. Bunday holat hind falsafasining o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri bo‘lgan –mamlakatda tarqalgan dinlarning asosiy qoidalari bilan
chiggalashib ketgan idealizmning hukmronligidir.
Hozirgi zamon hind falsafasiga milliy ma'naviy an'analar sezilarli darajada ta'sir
o‘tkazgan. Mustamlakachilik sharoitida bu an'analarga berilganlik G‘arbning madaniy va
mafkuraviy ekspansiyasiga aksil amal sifatida kelib chiqqan edi. Hindistonda falsafa rivojiga
ta'sir etishda davom etayotgan vedantizm alohida o‘rin tutadi. Vedanta, uning asosida
hinduviylikni ko‘rgan, hind liberalizmining mafkurachilari tomonidan tanqid ostiga olindi.
Unda ular xalq ommasini jaholatda tutib turgan taassub va xurofotning manbaini ko‘rdilar.
K.Djindall yozgan edi: «Vedantaning boshqa tizimlardan ko‘ra afzalligi juda ham sezilarli
darajada voqyey bo‘lsa ham, bu shunday hodisa emaski, uning tufayli bizni tabriklashga loyiq
deb topsalar. Negaki, umuman realizm ilm-fan ittifoqdoshidir»
217
.
Zamonaviy hind falsafasi rivojining muhim omili G‘arb falsafiy tafakkurining ta'siri
bo‘ldi. Hind mutafakkirlari faqat o‘z e'tiqodlariga hamovoz bo‘ladigan va hind falsafiy ruhiga
mos keluvchi G‘arbning asosiy qoidalarinigina qabul qildilar. Ana shu narsa tufayli hind
faylasuflari G‘arbning ob'ektiv-idealistik tizimlariga intilib, sub'ektiv idealizmni esa qabul
qilmadilar. Hind faylasuflari orasida F.G.Bredli, B. Bozanket, D.Maktaggartning mutlaq
idealizmi yoyilgan ediki, ularning mutlaqni bilish haqidagi qarashlari vedantaning prinsiplari
bilan o‘xshab ketar edi. Milliy-ozodlik harakatining yakuniy bosqichidagi Hindiston
faylasuflarining ko‘pchiligining umumiy yondashishi g‘arbdagi oqimlarning ijobiy tomonlari
bilan milliy- ma'naviy merosning «sintezi»ga olib keldi.
Hind falsafasidagi diniy yo‘nalish o‘z ifodasini diniy-ijtimoiy tashkilotlarning
ta'limotlarida, eng avvalo, hinduviylikda topdi. Mustamlakachilik sharoitida diniy-falsafiy
ta'limotlarni zamonaviylashtirish alohida xususiyat kasb etdi: chet el hukmronligiga nisbatan
bo‘lgan xalq ommasining nafrati diniy arboblarni an'anaviy tasavvurlarni vatanparvarlik va
mustamlakachilikka qarshi qaratilgan ohanglar bilan to‘ldirishga majbur etgan edi. Bu narsa
milliy o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usini uyg‘otishda o‘z vazifasini o‘tadi.
Vatanparvarlik g‘oyalari «hunari ruhoniylik bo‘lgan aziz-avliyolar» tomonidan
ko‘tarilganligi sababli, ular «muqaddas» narsa sifatida qabul qilinar edi. Ammo «hind
kommunalizmi» bayrog‘i ostida millatchilik ruhidagi tashkilotlar ham tuzildi.
217
К.К.Mittal. Materialism in Indian Thought. New Delhi, 1974, p. 10
Do'stlaringiz bilan baham: |