Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   290
Bog'liq
falsafa

M.Fuko, J.LakanR. Bart va boshqalar edilar. 
«Strukturachilar»  ning  ilmiy  bilishning  turli  sohalarida  ishlashlariga  qaramasdan  (F. 
Sossyur  lingvistikada,  Levi-Stross  etnologiyada,  Bart  adabiyotshunoslikda,  Lakan  ruhiy 
tahlilda va hokazo), ularni birlashtiruvchi qandaydir umumiylikni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Ularning  umumiy  maqsadi  gumanitar  bilimga  jiddiy  usullarni  olib  kirish,  uni  tabiiy  ilmiy 
g‘oyaga  yaqinlashtirish  edi.  Strukturalizmning  asosiy  tushunchasi  struktur(tuzilish)  bo‘lib, 
uning  ma'nosi  turli  xil  qaytadan  tuzishlarda  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  tayanch 
munosabatlar  majmuasini  tushunish  edi.  Ana  shu  turdagi  xilma-xil  tayanch  strukturalarni 
tilda,  asabda,  afsonalar, ijtimoiy  institutlar  va  boshqa  ijtimoiy  -  gumanitar  bilimlarda  qidirib 
topish  strukturalizm  uslubining  asosida  yotar  edi.  Strukturali  usulning  quyidagi  asosiy 
bajariladigan ishlarini ko‘rsatish mumkin:  
1) yagona strukturaga ega bo‘lish mumkin deb tahmin qilingan ob'ektlarni ajratish;  
2)  ushbu  ob'ektlarni  ularning  tarkibiy  qismlariga  bo‘lish  natijasida  ulardagi  o‘ziga  xos 
munosabatlarni  turli xildagi juft elementlar bilan bog‘lash;     
                                                 
211
 Г.Г.Гадамер. Актуальность прекрасного. –М., 1991. 29-б. 
212
 Х.Г.Гадамер. Истина и метод. –М., 1988, 548-б. 


3) tarkibiy qismlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlash va tizimga solish, hamda abstrakt 
strukturani barpo qilish;  
4)  strukturadan  nazariy  oqibatlarni  chiqarish  (muayyan  variantlar)  va  ularni  amaliyotda 
tekshirish
213

Tekshirish ob'ektining strukturalarini topish va tasvirlash (til, adabiy matn va hokazo) uni 
tarixini  o‘rganishdan  ko‘ra  muhimroq  masala  sifatida  qaralar  ediki,  u  o‘z  ifodasini  uslubiy 
strukturali qoidada: diaxroniyadan ko‘ra sinxroniya (ikki yoki bir necha hodisaning bir-biriga 
mos  ravishda  babbaravar  bo‘lishi)  muhimdir  degan  jumlada  topadi.  Lingvistikada 
strukturalizm  asoschisi  bo‘lgan  F.Sossyur  so‘zlarni  ma'nosini  ularning  tarixini  o‘rganish 
orqali  aniqlab  bo‘lmaydi,  balki  ularning  munosabatlarini  tizimning  elementlari  bo‘lgan 
boshqa so‘zlar tahlili vositasida aniqlash mumkin deb hisobladi. K. Levi-Stross ham jamiyat 
madaniyatini strukturali tahlilini uni tarixiy o‘rganishdan ko‘ra afzal deb bildi. 
Strukturalizm dasturining eng muhim nuqtasi tilni belgilar tizimi sifatida tushunish va uni 
nutqqa  qarama-qarshi  qo‘yishdir.  Til  tizim  yoki  invariantlar  majmuasi  sifatida  nutqni 
shakllantiradi.  Ushbu  invariantlar  obektiv  bo‘lib,  muayyan  sub'ektdan  mustaqildirlar.  Shu 
munosabat  bilan  strukturali  lingvistika  (tilshunoslik)  markazi  muayyan  nutqiy  harakatning 
xususiy  xosiyatini  o‘rganishdan    tizim  tashkil  qiluvchilik  xususiyatiga  va  tayanch  til 
strukturasiga  bo‘lgan  bilish  jarayoniga  ko‘chiriladi.  Ibtidoiy  jamoalarni  o‘rganishga  o‘zini 
bag‘ishlagan Levi-Strossning strukturali antropologiyasida afsonalar rasm-rusumlar, niqoblar 
va boshqa madaniy qoidalar va me'yorlar ham o‘ziga xos tillar, belgilar tizimidirlar. Shunday 
qilib  R.Bart  adabiy  asarlarni  belgilar  tizimi  sifatida  qarab  chiqadiki,  ularda  muayyan 
tabaqaning  siyosiy  intensiyasi  to‘planib  tartibga  solinadi.  J.  Lakanning  ishlarida  til  bilan 
ongsizlik holatining sohasi o‘rtasida taqqoslash o‘tkaziladi. 
Ongsizlik  holati  ham  strukturalarni  aniqlash  ob'ekti  sifatida  strukturachilar  ijodida 
ahamiyatli o‘rin tutadi. Levi-Stross asotir tafakkurni biz hayotda rioya etadigan ko‘plab qoida 
va me'yorlarni tushunish kalitini beradigan jamoaviy ongsiz holat sifatida qarab chiqadi. Uni 
ongsizlik  holati  tahlilini hisobga  olmagan,  faqat  ong  tahlili  uslubigagina qurilgan  etnologiya 
qoniqtirmaydi.  Ongsizlik  holati  J.Lakaning  «strukturali  ruhiy  tahlili»  da  ham  tadqiqot 
mavzusi bo‘ldi. 
60-nchi  yillarning  oxirlaridan  strukturalizm  o‘z  joyini  poststrukturalizmga  bo‘shatib 
beradi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish