Ikkinchi tomondan, yangi tomistchilar mumtoz ratsionalizmni sientizmda va inson bilimlari
imkoniyatini oshirib yuborishda tanqid qiladilar.
Bilish nazariyasida yangi tomizm haqiqatning ikki xilini farqlaydi: ilohiy irodaga ko‘ra
ashyolar, hodisalar yoki jarayonlarga muvofiq kelishi bog‘langan
borliq haqidagi haqiqat
(snontologik) va kishilar faoliyatini bilish bilan bog‘liq bo‘lgan
mantiqiy haqiqat. Borliqqa
oid haqiqat mantiqiy haqiqatning mazmunidir. Yangi tomizmda hissiy va ruhiy bilish bir
biridan ajratiladi. Birinchisi, moddiy va muayyan narsaga qaratiladi va hyech qachon borliq
sifatida bor bo‘lmagan narsani ham, inteleggibel mohiyatni ham bila olmaydi; ikkinchisi esa
bevosita borliqqa qaratiladi. Akvinalik Foma izidan borib yangi tomizm e'tiqod va aqlning
uyg‘unligi qoidasini e'lon qiladi. Din olim yo‘lida tug‘anoq bo‘lib turmaydi, ammo uni
qachonki, masala narigi dunyoga borib (transsedent) taqaladigan bo‘lsa, o‘z imkoniyatlarini
ortiqcha baholab yuborishdan ehtiyot bo‘lishga undaydi. Oxir oqibatda, ustunlik e'tiqodga
taalluqli bo‘ladi. Haqiqatning to‘laligi haqida so‘z yuritib, E.Jilson shunday yozadi: «Vahiy
orqali uni qabul qilmaguncha, oldindan uni hyech kim bilolmaydi, yoki boshqacha aytganda –
uni e'tiqod yordamida qabul qilmaydi»
205
.
Oldindan ma'lum bo‘lgan postulatlar (isbotsiz asos qilibl olinadigan qoidalar)
zamonaviylashtirshga mo‘ljallangan yangi tomizm xilidagi falsafiy-diniy ta'limotlarga
sodiqlik xristianlik falsafasiga alternativ bo‘lgan qarashlarni paydo bo‘lishiga olib kela
boshladi. XX asrning ikkinchi yarmida zamonaviylashtirishga qaratilgan asarlarda fransuz
faylasufi va paleoantologi, ruhoniy va iezuitlar ordenining a'zosi bo‘lgan
Per Teyyar de
Sharden (1881-1955) ning g‘oyalaridan keng foydalanish boshlandiki, u evolyusion g‘oyalar
asosida dunyoning falsafiy-diniy manzarasini yaratgan edi, boshqacha fikrda bo‘lganligi
uchun cherkov Teyyarga dars berish va o‘z ishlarini nashr etishni taqiqlagan edi. Buning
oqibatida uning qarashlari umrining oxirigacha kam darajada ma'lum edi. Teyyar de
Shardenning asosiy asari «Inson fenomeni» («Inson-nodir hodisa») edi.
Teyyar de Shardenning ta'limoti falsafa, fan va din sintezining yangi varianti sifatida kelib
chiqdi. Teyyar nuqtai nazaricha fan bilan dinni kelishtirish mumkin, ammo faqat shu shart
bilanki, diniy ong universumning tabiiy-ilmiy qoidalari bilan murosa qilib, xristianlik
e'tiqodigan zaruriy tuzatishlarni kiritmog‘i lozim. Diniy e'tiqod va ilmiy bilim o‘rtasidagi
to‘qnashuv haqida so‘z yuritib, Teyyar yozadiki, mazkur ixtilof «muvozanatning butunlay
boshqa shaklida hal qilinishi lozim – bartaraf qilish yo‘li bilan emas, ikkilamchilikni saqlash
yo‘li bilan emas, balki sintez yo‘li bilan. Deyarli ikki asr davom etgan kurashlardan keyin fan
ham, e'tiqod ham biri ikkinchisini zaiflashtira olmadi… Shu narsa oshkor bo‘ldiki, ular
oddiygina shuning uchun biri boshqasiz rivojlana olmaydiki, ularning ikkisi ham o‘sha
yagona hayot tufayli tirikdirlar»
206
. Fan bilan dinning nisbati Teyyar nazarida quydagichadir:
«Qachonki biz rivojlanayotgan universumda … zamoniy va makoniy qatorlarning bir-biridan
ajralishini va ularni bizni aytrofimiz va orqamizda konusning tepasi aylanishiga o‘xshash
harakatlarini qarab chiqsak, u vaqtda bu ehtimol sof fan bo‘lsa kerak. Ammo qachonki biz
cho‘qqiga, butunlikka
va kelajakka burilsak, u holda bu beixtiyor ravishda dindir»
207
.
Teyyar de Sharden ta'limotining markaziy nuqtalaridan biri koinotning kelib chiqishi
haqidagi nazariyasidir. Koinotning tadrijiy rivojlanishi Teyyar nazarida quyidagi bosqichlarni
bosib o‘tadi: hayotdan oldingi davr – hayot – fikr – hayotdan yuqori turuvchi holat. Bu
tadrijiy rivojlanish ilohiyotcha xususiyat bilan ajralib turadiki, oxir oqibatda ilohiy maqsadga
muvofiqlikka borib taqaladi. Tadrijiy rivojlanishning maqsadi Iso siymosini o‘zida
mujassamlashtiruvchi «Omega nuqtasi»dir. Shunday qilib, koinotning kelib chiqishi Isoning
kelib chiqishiga tenglashtiriladi. Teyyar ta'limotiga
panpsixizm xosdir. Ruhiy holat «his qilib
bo‘lmaydigan ko‘rinishda» yashirin shaklda, «ongning changi» ko‘rinishida, «kvanlar onggi»
205
Мир философии: Книга для чтения. Ч.2. М., 1991. 401-б.
206
П.Тейяр де Шарден. Феномен человека. М., 1987. 222-б.
207
Ѝша жойда. 223-б.
sifatida jonsiz tabiatga xosdir. Ruhiy holat hissasining ko‘payishi biologik, keyin esa ijtimoiy
taraqqiyot bosqichining paydo bo‘lishiga olib keladi. Hayot va ong moddadan sizib o‘tuvchi
birlamchi ruhiy mohiyatlar bo‘lib, uning tadrijiy taraqqiyotini shart qilib qo‘yadi. Ular –
avval ibtidoda butun tabiat bo‘ylab to‘kilgan «ruhiy energiya» ning namoyon bo‘lishidirlar,
koinotning kelib chiqishi jarayonida esa, ilohiy shaxs maqomigacha ko‘tariluvchi «Xudo-
Omega»dirlar.
Ruhiy tahlil asoschisi mashhur avstriyalik ruhshunos va psixiatr
Zigmund Freyd (1856-
1939) dir. Freyd nuqtai nazaricha, insonning ruhiy kayfiyati uch qatlamdan tashkil topgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: