Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   290
Bog'liq
falsafa

borligiga ishonamiz. 
Shubhadan ishonchga o‘tish uch bosqichni bosib o‘tadi: abduksiya (gipotezani, taxminni 
o‘rtaga  surish),  deduksiya  (taxmindan  oqibatni  keltirib  chiqarish  va  uning  aniqligini 
tekshirish)  va  induksiya  (oqibatlarni  tajribaviy  tekshirish).  Hosil  qilingan  ishonch  to‘rtta 
vosita orqali mustahkamlanishi mumkin. 
Tirishqoqlik  usuli.  Tirishqoqlikka  amal  qilgan  kishi  tanqid  va  dalillarga  qarmay  o‘z 
qarashlarida  sobit  turadi.  Obro‘ga  e'tibor  usuli.  Bu  usul  qoidasiga  binoan  ba'zi  ishonchlar 
qo‘llab-quvvatlanadi,  ba'zilariga  esa  taqiqlar  qo‘yilgan.  Ma'qul  ko‘rilgan  ishonchlar  boshqa 
fikrdagilarni taqiq qilish yordamida o‘rnatiladi. Ushbu usul o‘rta asrlar davrida keng tarqalgan 
edi.  Aprior  usul.  Bunda  barqaror  ishonchlarning  shakllanishi  metafizik  nazariyalarning 
tug‘ilish jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu nazariyalarning yaratuvchilari ko‘p hollarda o‘z 
e'tiqodlarini aql bilan muvofiqlikda turgan deb tasavvur qiladilar. 
Ilm-fan usuli. Turli kishilar ilmiy usulni qo‘llab bir xil xulosalarga yetib kelishlari lozim. 
Pirs  fikricha,  bu  usul  asosida  shunday  gipoteza  yotadiki,  birinchidan,  bizning  fikrimizga 
bog‘liq  bo‘lmagan  aniq  ashyolar  mavjud;  ikkinchidan,  doimiy  qonunlarga  muvofiq  bu 
voqyeylik bizning his-tuyg‘ularimizga o‘z ta'sirini o‘tkazadi va, uchinchidan, agarchi bizning 
hissiyotlarimiz  va  munosabatlarimiz  ob'ektlarga  nisbatan  turlicha  bo‘lsa  ham,  mulohaza 
yuritish yordamida biz ashyolarning voqyeylikda qanday ekanliklarini aniqlashimiz va birdan 
bir to‘g‘ri xulosaga kelishimiz mumkin. 
«Ashyolarning voqyeylikda qanday ekanligi haqidagi «haqiqiy xulosa»ning o‘zi nimadan 
iborat?  Mashhur  «Pirs  qoidasi»  shunday  deydi:  «Agar  biz  o‘zimiz  o‘ylagan  «amaliy 
oqibatlar»ni ko‘rib chiqsak, ular bizning tushunchalarimizning ob'ekti bo‘lishi mumkin, unda 
ushbu  oqibatlar  haqidagi  tushuncha,  bizning  ob'ekt  haqidagi  to‘la  tushunchamiz  bo‘ladi».  
Pirs fikricha, pragmatizm har bir tushuncha amaliy oqibatlarning fikriy tushunchasi haqidagi 
ta'limot. 
Keyinchalik  pragmatimz  g‘oyalari  keng  tarqalib,  o‘z  rivojini  Uilyam  Djems  (1842-1910) 
va Djon Dyui (1859-1952) asarlarida topdi. 
U  Djems  Pirsning  pragmatik  qoidalarini  rivojlantirib  unga  volyutarizm  nuqtai  nazaridan 
yondoshganligi tufayli, uning oqibatida irodaga asoslangan haqiqat nazariyasi vujudga keldi. 
Ana  shu  iroda  inson  tajribasida  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Bizdan  tashqarida  bo‘lgan 
ashyolarni  ham  qo‘shib  hisoblaganda  bizning  tajribamizda  bo‘lgan  barcha  narsa  irodaga 
bog‘liqdir.  Shunday  qilib,  dunyo  to‘g‘risidagi  bizning  bilimlarimiz  voqyeylikning  in'ikosi 
emas, balki irodaviy qurilmaning o‘zidir. «Haqiqiy» va «foydali» ifodalari Djems nazarida bir 
xil ma'noga egadirlar. O‘z navbatida, foydali narsa iroda orqali ifodalanadi. Djems fikricha, 
voqyeylikni biz qanday tasavvur etsak, shundayligicha namoyon bo‘ladi, ya'ni biz uni qanday 
ko‘rishni  xohlasak,  o‘shanday  ko‘rinadi.  Insoniy  his-tuyg‘u  haqida  to‘xtab,  Djems  shunday 
yozadi:  «O‘z  xulosalarimizdan  qaysi  biriga  diqqat-e'tibor  qaratishimiz,  qaysi  birini 
belgilashimiz va ulardan qaysi birini qat'iy talab qilishimiz bizning shaxsiy manfaatlarimizga 


bog‘liqdir.  Va  biz  nimaga  urg‘u  berishimizga  bog‘liq  ravishda  haqiqatning  butunlay  turli-
tuman ifodalari kelib chiqadi»
198

Djemsning  diniy  e'tiqodining  asosida  ham  iroda  yotadi.  Garchi  faylasuf  hyech  qaerda 
Xudoning  mavjudligi  haqida  yozmagan  bo‘lsa  ham,  uning  fikricha,  tarixiy  tajriba  shuni 
ko‘rsatadiki, Xudoga ishonishning kishilar uchun ulkan ahamiyati bor. Xudoga ishonish – bu 
bizning irodamizning omilidir.  
Pirs  va  Djems  g‘oyalarini  rivojlantirib  D.Dyui  o‘z  e'tiborini  muammoviy  vaziyat  deb 
atalmish  narsaga qaratdiki,  u o‘zining taraqqiyot bosqichlarida shubhadan ishonchga (imon-
e'tiqod)  o‘tishi  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  Dyui  nazarida  tushunchalar,  g‘oyalar  va 
nazariyalar  instrumentaliklik («asbob va qurol») xususiyatiga, ya'ni ularning haqiqiyligi qay 
darajada muammoviy vaziyatni xal qilishga qodirligi bilan ifoda qilinadi. 
Neopozitivizm  Yangi  pozitivizm  (neopozitivizm)  yoki  mantiqiy  empirizm  –  XX  asr 
falsafasida  eng  ko‘zga  ko‘ringan  oqimlardan  biridir.  U  pozitivizm  rivojida  uchinchi 
bosqichdir.  Falsafiy  oqim  sifatida  yangi  pozitivizm  Vena  to‘garagi  asosida  20-nchi  30-nchi 
yillarda  shakllandi.  Yangi  pozitivizmning  asosiy  vakillari  –  L.Vitgenshteyn  (1889-1951),  M. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish