Yangi
pozitivistcha
ta'limotning
parchalanishi
umumiy
nomda
birlashgan
«postpozitivizm» deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga kelishiga olib
keldi. Bu yo‘nalishning asoschisi
«kritik ratsionalizm» ijodkori
Karl Popper (1902-1988) edi.
Postpositivizmga
I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, D.Agassi, P.Feyerbend kabi yirik g‘arb fan
faylasuflarining qarashlari taalluqlidir. Bu faylasuflarning asosiy vazifasi fan falsafasida
pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi.
30-nchi
yillardayoq
Popper
yangi
pozitivizmning
iduktivizmi,
ma'noning
verifikatsiyachilik nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa sifatida talqin qilishni
qattiq tanqid ostiga olgan edi. U ilmiy bilishda metafizikaning o‘rni va metafizik (an'anaviy
falsafiy) muammoni oqlash masalasini qo‘ygan edi. U shuni ko‘rsatadiki, metafizikada
aytilgan hukmlarni hissiy ma'lumotlarga tadbiq qilib bo‘lmasligi asosida uni rad etish,
mantiqiy jihatdan fundamental fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi.
«O‘zlarining metafizikani barbod qilish intilishlarida, - deb yozadi K.Popper, - pozitivistlar u
bilan birgalikda tabiiy fanlarni ham yakson qiladilar, negaki, ilm-fan qonunlari aynan,
metafizik hukmlarga o‘xshash bo‘lib, ularni hissiy tajriba haqidagi oddiy ifodalarga taalluqli
deb bo‘lmaydi. Ma'noni tushunishda agar izchil ravishda Vitgenshteyncha mezonlar
qo‘llanilsa, u vaqtda o‘sha tabiat qonunlarini ahamiyatsiz narsa sifatida uloqtirishga to‘g‘ri
keladiki, Eynshteyn ta'biricha, ularni qidirish «fizikaning oliy vazifasi» dir
199
.
Ilmiy va g‘ayri ilmiy bilimlarni ajratish mezoni sifatidagi pozitivistcha verifikatsiya
qoidasini tanqid qilib, Popper haqli ravishda ko‘rsatib o‘tadiki, «nazariyani hyech qachon
tajribaviy jixatdan verifikatsiya qilib bo‘lmaydi»
200
. Ilmiy haqiqatga erishish vositasi sifatida
intuktiv mantiqni mutlaqlashtirishni ham Popper haqli ravishda tanqid qiladi. Ma'lumki, o‘z
vaqtida D.Yum induksiyani mantiqiy asoslash muammoli ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Shu
munosabat bilan Popper yozadi: «Induksiya qoidasini oqlash uchun, biz uchun induktiv
xulosalarni qo‘llashga tug‘ri keladi, ularni oqlash uchun esa, yuqoriroq darajada turgan
induktiv qoidani kiritish lozim, va hokazo shu ruhda davom etish zarur. Demak, tajribadan
kelib chiqib, induksiya qoidasini asoslashga urinish, zaruriy ravishda yemirilishga duchor
bo‘ladi, negaki, u muqarrar ravishda cheksiz (regress) tanazzulga olib keladi»
201
.
Yangi pozitivistcha ta'limotga qarshi o‘laroq, Popper o‘zining verifikatsiyalar (tasdiqlash)
nazariyalariga emas, balki ularning falsifikatsiya qilish (soxtalash) jihatlariga asoslangan
ilmiy bilim uslubini tavsiya qiladi. Ilmiy usulning mantiqiy asosi sifatida Popper induktiv
emas, balki deduktiv mantiqni ko‘radi, aniqroq aytganda esa, uning qoidasi bo‘lgan
modus
Do'stlaringiz bilan baham: