tabiatshunoslikdagi inqiloblar munosabati bilan tanazzulga duchor bo‘ldi. Radioaktivlik,
elektron va boshqa kashfiyotlarni o‘z ichiga olgan yangi ixtirolar dunyoning tabiiy tuzilishi
haqidagi ilgarigi tasavvurlarni butunlay tubdan o‘zgartirib yubordiki, bu narsa o‘z navbatida,
pozitivizmni tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Max ta'limotining paydo bo‘lish sabablari
haqida gapirib, mashhur fizik M.Plank shunday yozgan edi: «Mohiyat jihatidan, bu bundan
bir necha o‘n yilliklar oldin tabiatga maxsus mexanikcha qarash bilan bog‘liq bo‘lgan
jasurona kutishga qarshi qaratilgan o‘ziga xos aksil amal edi… muqarrar bo‘lgan
xushyorlikning izi sifatida Max pozitivizmi kelib chiqdi»
192
.
«Empiriokrititsizm» atamasi R.Avenariusga taalluqli bo‘lib «tajribani tanqidi» ma'nosini
anglatar edi. Avenarius nuqtai nazaricha, bizning tajribamiz, ashyodan kelib chiqadigan ma'no
bilan bir qatorda o‘zicha axloqiy va estetik baholash ko‘rinishida bo‘lgan
appersepsiyalar
(o‘zgacha tasavvurlarni olib kelish) deb atalgan narsani, hamda antropomorfik tasavvurlarni
o‘z ichiga oladi. Falsafaning vazifasi shundan iboratki, tajribani ushbu tashqaridan keltirgan
narsalardan tozalash bilan
«sof tajriba» mazmunini aniqlashdir. Tajribaning tanqidi moddiy
voqyeylikning kuchlari, javharlari, sabablari va boshqalar bilan ifodalanuvchi asosiy
tushunchalarning tanqidi sifatida amalga oshiriladi. Shunday qilib «tajribani tozalash» bizning
bilimlarimizning ob'ektiv mazmunini «tozalash» sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada nima
qoladi? His-tuyg‘u, sezgilar.
Sezgilar yoki «tajribaning betaraf unsurlari (elementlar)» haqidagi ta'limot
empriokrititsizm dasturining markaziy tarkibiy qismidir. Tajriba unsurlari betaraf xususiyatga
ega, negaki, ularni ham ob'ektiv va ham sub'ektiv jihatdlardan ham qarab chiqiish mumkin.
Bir tomondan ular sub'ektga taalluqli bo‘lsa (ruhiy unsurlar), ikkinchi tomondan – unga
bog‘liq emas (fizik unsurlar). Oxir oqibatda, «betaraf unsurlar» empiriokritiklar tomonidan
sezgilarga olib kelib taqaladi. Sub'ektning sezgilari oxirgi voqyeylikka aylanib qoladi. Shunga
bog‘liq ravishda empiriokritiklar sub'ekt va ob'ektning
«qoidaviy koordinatsiya»si haqidagi
shiorni keltirib chiqaradilar: sub'ektsiz ob'ekt yo‘q. Empirokrititsizm dasturining muhim
tarkibiy qismi «eng kichik kuch qoidasi» (Avenarius) yoki «
fikrni ayash qoidasi» (Max)dir.
Max nazarida bu qoida orzudagi fanni tasvirlash sifatida namoyon bo‘ladi. Maxning fikrni
ayash qoidasiga ko‘ra, taraqqiy etgan fan tekinxo‘r qatlamdan, masalan, sababiyat qoidasi,
Nyuton fizikasining bir qator tushunchalaridan (mutlaq makon va boshqalar) ozod bo‘lishi
lozim. Aynan fikrni «ayash» natijasida tafakkur dunyoning «asosiy unsurlari» bo‘lgan
sezgilarga yetib keladi.
Neokantchilik falsafasi Germaniyada XIX asrning 60-nchi yillarida paydo bo‘ldi.
«Kantga qaytish» chaqirig‘i
Otto Libman (1840-1914) tomonidan uning «Kant va
taqlidgo‘ylar» (1865) asarida yangradiki, unda Kant falsafasi izchil idealistik nuqtai nazardan
talqin qilingan edi. Kantning falsafiy qarashlari bir qator fiziolog tabiatshunoslar bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: