Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   290
Bog'liq
falsafa

Iogann  Myuller  (1801-1858)    va  German  Gelmkols  (1821-1894)  lar  tomonidan  qo‘llab-
quvvatlandiki,  ular  o‘z  asarlarida  inson  sezgilarini  tashqi  ta'sir  etuvchilar  bilan  shartlangan 
(Myullerning  tashqi  his-tuyg‘ularning  maxsus  energiyalari  deb  atalgan  qonun)  bizning  sezgi 
organlarimizning asab tuzilishi holati yoki ashyolarning «belgilari» (Gelmgolsning ierogliflar 
nazariyasi)  sifatida  qarab  chiqadilar;  ular  ashyolarning  o‘zlarini  qanaqaligi  va  bizning  his-
tuygularimiz tomonidan qanday qabul qilinishi haqida gapirmaydilar. 
Yangi  kantchilikning  asosiy  yo‘nalishlari  Marburg  va  Baden  (yoki  Freyburg) 
maktablaridir. Marburg maktabining asoschisi German Kogen (1842-1918) edi. Bu maktabga 
Paul Natorp (1854-1924), Ernst Kassirer (1874-1945) va boshqalar ham mansub edilar. 
Kogen  nuqtai  nazaricha  falsafa  «sof  bilimning  mantiqi»  yoki  fan  falsafasidir.  Agar  Kant 
uchun makon va zamon – hissiyot shakllari bo‘lsa, Kogen uchun tushunchalar (kategoriyalar) 
edi.  Bilim  mavzusi  «ashyo»  emas,  balki  ashyo  haqida  tushunchadir.  Shuning  uchun  u 
                                                 
192
 М.Планк. Единство физической картины мира. СПб. 1910, 31-б. 


qandaydir ob'ektiv mavjud narsa bo‘lmasdan, balki aprior qonunlar, tushunchalar va tafakkur 
shakllariga muvofiq bir qator omillarning tushunchaviy tahlili orqali aniqlanadigan narsadir.  
Mavjud narsaning ibtidosi hissiy qabul qilinadigan narsa bo‘lmasdan, balki fikriy ekanligi 
dalilini Kogen matematikadagi  cheksiz kichik son tushunchasida ko‘radi.  Mavjud narsaning 
asliy  asoslarini  (atomlar,  molekulalar,  efir,  elektr  energiyasi,  magnetizm  va  hokazo)  hissiy 
qabul  qilinmaydigan  narsalar  tashkil  etadi  va  fizika  ularni  cheksiz  kichik  sonlar  vositasida 
tushuntiradi.  Cheksiz  kichik  son  orqali  ashyo  o‘ziga  voqyeylikni  kasb  etadi.  Kogenning 
cheksiz  kichik  son  haqidagi  ta'limoti  o‘zining  qayta  tirilishini  pifagorchilikda  topdi. 
Matematika  va  matematik  tabiatshunoslikka  qaratilgan  sof  bilim    mantig‘i  bilan  bir  qatorda 
Kogen  huquq  va  davlat  haqidagi  ta'limotga  qaratilgan  sof  iroda  axloqiga  katta  ahamiyat 
beradi. O‘zining bilish nazariyasiga muvofiq Kogen axloqiy sotsializm konsepsiyasini yaratdi. 
Sotsializm  tushuncha  bo‘lib,  u  hyech  qachon  «ashyo»  bo‘la  olmaydi.  Xuddi  shunday  bilish 
ashyosining  fikriy  tarkibiy  qurilish  jarayoni  ham  cheksiz  bo‘lib,  hyech  qachon  tugallanishi 
mumkin emas, sotsializm tomon bo‘ladigan harakat ham orzu sifatida «abadiy»dir. 
Margburg  maktabining  boshqa  bir  vakili  Paul  Natorp  falsafaning  uslubiy  vazifasinigina 
tan  oldi.  Tasodifiy  emaski,  u  o‘z  falsafasini  «panmetodizm»  deb  atadi.  Kogenga  ergashib 
Natorp  ham  fikr  uchun  hyech  qanday  borliq  yo‘qki,  uni  o‘zini  «fikrga  qo‘yish»  mumkin 
bo‘lmasin,  deb  hisobladi.  Birinchi  ibtido  mantiqiy  bo‘lib,  «ifoda  borlig‘i»  dir.  Fikrlash 
sezgida  berilgan  xilma-xil  ma'lumotlarni  yagonalik  tartibiga  keltiruvchi  ikkilamchi  bilim 
omilidir.  Marburg  maktabi  asoschisi  kabi  Natorp  ham  mantiqiy-gnoseologik  idealizmni 
asoslash  uchun  matematika  va    cheksiz  kichik  son  tushunchasini  jalb  etadi.  Keyinchalik 
Natorpda Kant ta'limotidan uzoqlashish va Xegel g‘oyalarini o‘zlashtirish tamoyili ko‘rinadi. 
Masalan, Natorp «muvofiq kelish qonuni» ni ifodalab unda mantiqiy rivojlanishni Xegelning 
inkorni inkor qoidasi orqali: fikr-borliq-bilim vositasida tushuntirib beradi. 
Margburg  maktabiga  mansub  o‘tmishdoshlari  kabi  E.Kassirer  bilim  mavzusi  sub'ektga 
berilgan  emas,  balki  tafakkur  orqali  qurilgan  deb  hisoblaydi.  Matematika  va  tabiatshunoslik 
tushunchalarining tarixiga murojaat qilib, u shuni isbotlashga urinadiki, mantiqiy narsa hissiy 
va tajribaviy narsadan oldin keladi. Fan tushunchasi bu voqyeylikning in'ikosi bo‘lmay, balki 
«usuli»  dirki,  uning  yordamida  «berilgan  narsa»  aprior  ravishda  tuzilgan  munosbaatlar  va 
vazifalar  «qatori»ga  borib  taqaladi.  Keyinchalik  Kassirer  til,  afsona,  san'at,  fan  va  din 
shakllariga «oxirgi, birlamchi voqyeylik qatlami»ga kelib uriluvchi «ramziy shakllar» sifatida 
murojaat qilib yangi kantchilikning an'ana muammosidan uzoqlashadi. 
Baden  maktabining  asoschisi    Vilgelm  Vindelband  (1848-1915)  edi.  Bu  yo‘nalishning 
ko‘zga  ko‘ringan  boshqa  bir  vakili  Genrix  Rikkert  (1863-1936)  edi.  Vindelband  falsafani 
umumiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  qadriyatlar»  haqidagi  ta'limot  sifatida  ifodalaydi.  Aynan 
qadriyatlar  inson  faoliyatini  tabiiy  jarayonlardan  farqlaydi.  Qadriyatlar  tarixiy  jarayonda 
madaniy  hodisalar  sifatida  mujassamlanadilar  va  idrok  qilinadilar.  Shuning  uchun  falsafada 
uchun  tarix  fanlarining  uslubiy  asoslarini  aniqlash  muhimdir.  Vindelband  ilmiy  bilimlarni 
ularning mavzusiga ko‘ra, tabiat haqidagi va «ruh» haqidagi fanlarga bo‘lishdan voz kechdi. 
Fanlar o‘rtasidagi asosiy farq mavzu sohasida emas, balki ularning uslublarida yashiringandir. 
Baden  maktabining  ushbu  asosiy  qoidasini  Vindelband  o‘zining  «Tarix  va  tabiatshunoslik» 
deb nomlangan dasturiy nutqida quyidagicha ifodaladi: «Tajribaga asoslangan fanlar voqyey 
dunyoni  bilishni  goh  tabiat  qonuni  shaklida  keluvchi  umumiydan,  yoki  tarixiy  sharoit  bilan 
cheklangan  «birlikdan»  qidiradilar.  Ularning  ba'zilari  -  qonunlar  haqidagi  fanlar  mohiyati 
bo‘lsa, boshqalari - voqyealar haqidagi fanlardir, ularning birinchilari hamma vaqt bo‘ladigan 
narsalardan ta'lim bersa, oxirgilari - bir marta ro‘y bergan voqyeadan hikoya qiladi. Birinchi 
holatda  ilmiy  tafakkur  nomotetik  fikr  bo‘lsa,  ikkinchisi  –  ideografik  fikrdir»
193
.  Nomotetik 
fanlar  qonunni  taqozo  qilinadiganlar  sifatida  kelib  chiqsa,  ideografik  –  alohida  olingan 
                                                 
193
 В.Виндельбанд. Прелюдин. Сп(б), 1904, -Б.320  


xususiy holatni tasvirlovchi sifatida kelib chiqadi: birinchilari xususiydan umumiyga o‘tishga 
intilsa, ikkinchilari  – xususiyda to‘xtab qoladi. Vindelband fikricha, ideografik usul qadimgi 
davrlardan boshlab hozirgi kungacha nazar-pisand qilinmay kelindi, xolbuki, alohida olingan 
shaxsning ham, jamiyatning ham hayotiy voqyealari faqat ularning yagonaligi va bir martaligi 
bilangina ahamiyatga va qadriyatga egadir. 
Vindelbandning  usuliy  qoidasini  rivojlantirib  tabiatshunoslik  ususlini  G.Rikkert 
«umumlashtiruvchi»,  tarixiy  bilish  usulini  esa  «yagonalashtiruvchi»,  deb  atadi.  Ushbu  farq 
voqyeylik  elementlarining  (umumiy  va  xususiy)  bu  fanlar  orqali  o‘rganilishi  uchun  tanlab 
olingan  qoidalaridan  va  turli  vazifalardan  kelib  chiqadi.  Bu  yerda  shuni  qayd  etish  lozimki, 
farq bu fanlarning ob'ektiv mazmuni taqozosidan emas, balki «istakdagi tabiatshunoslik» va 
«xohlovchi  tarix»  irodasidan  kelib  chiqqan.  Baden  maktabining  asoschisi  kabi  Rikkert 
umumiyning  ob'ektiv  mavjudligini  inkor  qilib,  nominalizm  nuqtai  nazarida  turadi.  Umumiy 
faqat  tushunchalar  mohiyatidir.  Natijada  Rikkert  shunday  xulosaga  keladiki,  tabiatshunoslik 
fan sifatida tushunchalar bilan ish ko‘rsa, tarix esa voqyeylik bilin ish ko‘radi. 
Tarixchi  voqyeylikni  tahqiq  qilib,  «ikkinchi  darajali  narsa»dan  «ahamiyatli»  yoki 
«mohiyatiy» jihatini alohida ajratib ko‘rsatadi. «Mohiyatiy» yoki «ahamiyatga ega» bo‘lgan 
narsa  qadriyatli  demakdir.  Qadriyatlar  borliq  bilan  bir  qatorda  mavjuddirlar.  Dunyo,  deydi 
Rikkert,  «voqyeylik  va  qadriyatlardan  tarkib  topgandir»
194
.  Qadriyatlarni  sub'ektga  bog‘liq 
bo‘lgan baholash bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Qadriyatlar munosabatlar bilan bog‘liq 
bo‘lmasdan  «sub'ekdan  yuqori  turuvchi»  va  «borliqdan  yuqori»  («transsendent»)  bo‘lgan 
xususiyatga  ega;  bu  «sub'ekt  va  ob'ektning  orqa  tomonida  joylashgan  butunlay  mustaqil 
saltanatdir». Rikkert ma'naviy hayotning olti doirasi bo‘lgan mantiq, estetika, mistika, axloq, 
erotika va dinga muvofiq keluvchi qadriyatlarning olti xilini (haqiqat, go‘zallik, shaxsiyatdan 
yuqori  turuvchi  muqaddaslik,  axloqiylik,  baxt-saodat  va  shaxsiy  muqaddaslik)  ajratib 
ko‘rsatadi. 
«Hayot  falsafasi»  XIX  asrning  60-70-yillarida  mexanistik  tabiatshunoslik  va  mumtoz 
ratsionalizmning  tanazzuli,  pozitivizm,  empiriokrititsizm,  yangi  kantchilikda  ifodalangan 
spentizm,  metodologizm  va  gnoseologizm  zo‘ravonligiga  qarshi  aksil  amal  sifatida  paydo 
bo‘ldiyu  hayot  falsafasining  o‘ziga  xos  belgilari  volyuntarizm,  irratsionalizm  va  intuitivizm 
edi.  U  eng  katta  ta'sirga  XX  asrning  birinchi  choragida  erishdi.  Bu  yo‘nalishning  ko‘zga 
ko‘ringan vakillari falsafada Fridrix Nitsshe (1844-1900), Vilgelm Diltey (1833-1911), Georg 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish