Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§.  XIX asrning ikkinchi yarmidagi G‘arb falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-§.  XIX asrning ikkinchi yarmidagi G‘arb falsafasi 
 
Mumutoz falsafasi davrining tugallanishi bilan, uning yangi sahifasi ochiladiki, uni jahon 
falsafasining  hozirgi  bosqichining  boshlanishi  sifatida  qayd  etish  mumkin.  U  XX  asrning 
butun falsafasiga o‘z ta'sirini o‘tkazgan falsafiy tizimlarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. 
 Nemis  faylasufi  Artur  Shopengauer  (1788-1860)  falsafasi  volyungarizm  (o‘zboshimcha 
irodaga ishonish), irratsionalizm, umidsizlik falsafasi sifatida maydaonga chiqdi. Shopengauer 
o‘zining  asosiy  g‘oyalarini  o‘zining  bosh  asari  bo‘lgan  «Olam  iroda  va  tasavvur  sifatida» 
(1819)  nomli  ishida  bayon  etgan.  Garchi  Shopengauer  o‘z  falsafiy  sistemasini  XIX  asrning 
                                                 
176
 Ѝша ерда Т.1.  28 
177
 Ѝша ерда. 175-176-б. 
178
 Ѝша ерда. 159-160-б. 
179
 Ѝша ерда. Т.2. 320-б. 


20-nchi  yillaridayoq  vujudga  keltirgan  bo‘lsa  ham,  uning  asarlari  butun  umri  davomida 
ma'lum bo‘lmasdan qola berdi. Faqatgina umrining oxiridagina, ya'ni 50-yillarda u tan olindi. 
1848  yil  inqilobining  mag‘lubiyati,  germaniyadagi  yangi  iqtisodiy  va  mafkuraviy  vaziyat, 
umidsizlik  kayfiyatlari,  afsus-nadomat,  bo‘g‘iq  va  umidsizlik  muhiti  Shopengauer  falsafasi 
g‘oyalarini qabul qilish uchun qulay sharoit yaratdi. 
Shopengauer falsafiy sistemasi asosida o‘zining to‘rt ko‘rinishida yoki ildizida borliqning 
va  bilishning  umumiy  qonuni  sifatida  namoyon  bo‘ladigan  aprior  yetarli  asos  qonuni  yotar 
edi:  tashkil  topish  asosi  qonuni  yoki  sababiyat  (fizik  asos),  bilish  asosi  qonuni  (mantiqiy 
asos),  borliq  asosi  qonuni  (matematik  asos)  va  faoliyat  asosi  qonuni  yoki  tamoyiliy  asos 
(axloqiy asos). yetarli asos qonuni bilish ob'ektlari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha 
munosabatlarni  belgilab  beradi.  Bilish  ob'ektlari  ma'nosi  ostida  faylasuf  tasavvurlarni 
tushunadi:  «Sub'ekt  uchun  ob'ekt  bo‘lish  va  bizning  tasavvurlarimiz  bo‘lish  -  bu  bir  xil 
narsaning  o‘zidir»
180
.  Tashqi  dunyoning  voqyeyligi  haqidagi  falsafiy  bahsni  Shopengauer 
«telbalik»  hisoblaydi:  «Ashyolar  mavjudligini  o‘zini  va  boz  ustiga  ularning  bizning 
ongimizdan  tashqarida  va  undan  mustaqil  borligiga  yo‘l  qo‘yish  –  haqiqatan 
be'manilikdir»
181
.  
Olam tasavvur sifatida faqat sub'ekt uchun faraz qilinadi va o‘ylanadi. Tasavvur sifatidagi 
olam haqidagi ta'limotda Shopengauer Kantga ergashadiki, uning uchun tashqi dunyo sub'ekt 
uchun nodir hodisa bo‘lib tuyuladi, ya'ni sub'ektning olam haqidagi tasavvuri sifatida. Biroq, 
Kant  bu  dunyoning  mavjudligini  o‘zini  «narsa  o‘zida»  sifatida  tan  olar  ediki,  albatta,  ular 
o‘zlaricha  qanday  ekanliklarini  biz  bila  olmaymiz  va  ular  to‘g‘risida  biz  faqat  o‘zimizning 
tasavvurlarimizga  ko‘ra  hukm  yurita  olamiz.  Kantning  agnostitsizmini  bartaraf  etishga 
uringan  Shopengauer  shunday  xulosaga  keladiki,  «narsa  o‘zida»  iroda  (xohlash)  dan  o‘zga 
narsa emas. 
Shunday  qilib,  Shopengauer  fikricha,  olam  faqat  tasavvur  sifatidagina  emas,  balki  iroda 
sifatida  ham  mavjud.  Iroda  bu  «butun  borliqning  voqyeyligi»,  «yagona  haqiqiy  voqyeylik»
«butun tabiat o‘zagi», «olam qalbi», «butun hodisalarning umumiy asosi», «yagona birlamchi 
asos  va  metafizik  ibtido»  dir.  Shopengauerning  iroda  haqidagi  tasavvuri  inson  ongining 
namoyon bo‘lishi emas, balki butun olamning ichki tuzilishiga va ayrim olingan hodisaga xos 
bo‘lgan qandaydir irratsional, ongsiz ijodiy kuchdir. Faqat insongina emas, balki har qanday 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish