keyin esa fikr harakatini soddadan murakkabga tomon borishini taqozo etadi. Dekart fikricha,
hyech qanday uzoq narsa yo‘qki, uni kashf etishga erishib bo‘lmasin.
Dekart ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida eng yirigi
Niderland faylasufi
Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan maxsus javhar
(substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz
javharga qo‘shdi, ya'ni g‘oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar
o‘z o‘zining
sababi bo‘lib, hyech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. Shaxs sifatida mutlaq mahrum
bo‘lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. Yagona javhar bo‘lgan
Xudo -tabiat
ikki sifatga -
uzunlik (masofa) va
ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash
qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr Spinoza
tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib
chiqadi:
g‘oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir. Fikrning
yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me'yori bilan ifodalanadi va aynan shunga
o‘xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy
qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi vositasida umumiylik unsurini ko‘ra bilish,
ayrimlik ko‘rinish - modusdan javhar (substansiya) tomon borish demakdir.
Spinozaning diqqat markazida
ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, javharda
zaruriyat va
ozodlik qo‘shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o‘zining
zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza insonni ham kiritadi,
sababiy
bog‘langanlik (determinizm), ya'ni zaruriyat hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida
ko‘rinishga ega bo‘lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir.
Inson ozodligi aql bilan irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi
ham aqliy bilim darajasi orqali ifodalanadi.
Ozodlik va
zaruriyat bir-birini taqozo etadi.
Spinoza fikricha, zaruriyatning
qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o‘zboshimchalikdir.
Insonning hatti - harakati o‘zini saqlash
(instinkt) g‘arizasi ta'siri ostida va undan kelib
chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari shodlik, g‘am-alam va
istakdir. Hamonamki, inson ularga bo‘ysunar ekan, u ozod emas. Insonning ozodlik
muammosi ular ta'siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa ochiq va aniq bilishni mo‘ljallaydi.
Shunday tarzda Spinoza «
ozodlik idrok etilgan zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi.
Djon Lokk ingliz falsafasida
hissiy bilish (empirizm) ning vakilidir. U «tug‘ma g‘oyalar»
mavjudligini rad etib, bizning barcha bilimlarimizni biz tajriba va hissiy bilishdan
olishligimizni ta'kidlaydi. Inson «sof lavha» sifatida tug‘iladiki, unga hayot o‘zining
«yozuvlari»ni, ya'ni bilimlarni yozadi. Dekart ratsionalizmiga qarama-qarshi ravishda, Lokk
bilishning birdan bir manbai
hisdir (sensualizm) degan ta'limotni asosladiki, u bilimlarning
barcha mazmunini his-tuyg‘u a'zolaridan keltirib chiqarib, uni hissiy bilishning unsurlarining
jami hisoblar edi.
«Ilgari his-tuyg‘uda bo‘lmagan hyech narsa, aqlda ham bo‘lmaydi», -deb
ta'kidlagan edi Lokk.
Lokk qarashlarining muhim jihati uning
birlamchi va
ikkilamchi sifatlar haqidagi
nazariyasidir. Birlamchilar kabi, ikkilamchi sifatlar ham tashqi tajriba asosida qo‘lga
kiritilgan g‘oyalarga taalluqlidir. Birlamchi sifatlar bu makon, miqdor (massa), harakat va
hokazolardir. Ularni u ob'ektiv ravishda mavjud deb hisoblaydi. Ikkilamchi sifatlarning kelib
chiqishi his-tuyg‘u a'zolarining xususiyati bilan bog‘liqdir. Ularga Lokk is, ta'm, rang va
boshqalarni taalluqli deb biladi. Bu xususiyatlar faqat sub'ektiv ravishdagina mavjuddirlar.
O‘sha zamondayoq ma'lum bo‘lgan ediki, tovushlar havoning tebranish tufayli kelib
chiqadilar, nur tarqalishining to‘lqinli va korpuskulyar nazariyasi ishlab chiqilgan edi. Bundan
Lokk shunday xulosaga kelgan ediki, is, ta'm va rang faqat insoniy idrokkagina xosdir.
Oydinlik darajasi nuqtai nazaridan u bilimning uch turini ajratib ko‘rsatdi:
hissiy, yoki yakka
ashyolar haqida bilim beruvchi boshlang‘iya bilim;
namoyishkorona yoki daliliy, xulosa
vositasida chiqariladigan bilim, masalan, solishtirish, taqqoslash va tushunchalar munosabati
orqali aniqlanadigan bilim;
ichki tuyg‘u (intuitiv) bilimi - uning oliy turi - aql orqali uning bir-