tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat gazsimon tumandan kelib
chiqqanligi haqidagi ta'limot hozirgacha astronomiyada asosiy ilmiy g‘oyalardan biri
hisoblanadi. Kantning ilmiy tabitashunoslik sohasidagi kashfiyoti uning zamondagi
tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot tuzilishigagina emas, balki uning kelib chiqishi va
rivojiga nisbatan ham qo‘llashga birinchi urinish edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning
hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g‘oyasi va
insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyasi edi.
Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga kirishishdan
oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim. Kant fikricha, biz
dunyoni qanday bo‘lsa, o‘shanchalikda emas, balki bizga qanday namoyon bo‘lishiga qarab
bilamiz. Bizning bilimimizga faqat
ashyolar ko‘rinishi yoki
fenomenlar yetib keladi. His-
tuyg‘u a'zolariga «narsa -o‘zida» («veщ v sebe») ta'siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga
keladi. Bu tartibsizlik bizning aqlimiz quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki
tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki
boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar
dunyosiga inson ongidan mustaqil bo‘lgan ashyolar mohiyati bo‘lgan «narsa o‘zida» muvofiq
keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o‘zida» bizlar uchun
noumenlar, ya'ni aql
bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining kuchiga
cheksiz ishonishni aqidaparastlik
deb atab, uni shubha ostiga olib baholaydi.
Kant nuqtai nazaricha,
makon va zamon g‘oyasi insonga idrokdan oldin ma'lum bo‘lgan.
Makon va zamon g‘oyaviy bo‘lib, voqyeiy emasdirlir. Hissiy taassurotlar bir-birlari bilan
o‘zaro
hukmlar vositasida bog‘lanadilarki, ular asosida
kategoriyalar, ya'ni umumiy
tushunchalar yotadi. Kant nazaricha, bular «sof fikr»ni ifodalovchi «sof mantiqiy» shakllar
bo‘lib, uning ashyolari emas. Kategoriyalar insonga apriodi, ya'ni har qanday tajribagacha
berilgandir.
Bilish haqidagi ta'limotda Kant dialektikaga katta o‘rin ajratadi: qarama-qarshilik
bilishning zaruriy lahzasi sifatida qarab chiqiladi. Nemis falsafasi Kantdan keyin
I.G. Fitxe
(1762-1814) va
F. Shelling (1775-1854) tomonidan ishlab chiqildi. Ular hodisalar va
ashyolarning kantchasiga qarama-qarshi qo‘yilishini muayyan yagona qoida bo‘lgan –
Fixtedagi
mutlaq «Men» va Shellingdagi
borliq bilan fikrdagi mutlaq ayniyat asosida dalillab,
uni bartaraf qilishga harakat qildilar. Bundan tashqari, Shelling dialektika kategoriyalarini ,
jumladan ozodlik va zaruriyat, yagonalik va ko‘plikning ayniyati va boshqalarni sinchkovlik
bilan tahlil qilib, Xegel dialektikasining xabarchisi sifatida xizmat qildi.
Nemis falsafasi o‘z rivojining cho‘qqisiga
Xegel (1770-1831) ijodida erishdi. Xegel
dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta'limotni rivojlantirib, birinchi marta
dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o‘sha davrdagi ta'limotlarda hukm
surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. Kantning «narsa-o‘zida»siga u dialektika
prinsipini qarama-qarshi qo‘ydi:
mohiyat o‘zini namoyon etadi,
hodisa mohiyatlidir.
Xegelning qayd etishicha, asosida «
dunyo aqli», «
mutlaq g‘oya» yoki «
dunyo ruhi» yotgan
kategoriyalar voqyeylikning ob'ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo‘lishi
va rivojiga turtki
bergan faol ibtidodir. O‘z-o‘zini bilish jarayonida
dunyo aqli uch bosqichni bosib o‘tadi:
o‘zini idrok qiluvchi mutlaq g‘oyaning o‘z uyasida bo‘lishi davri, ong tabiatida, ya'ni g‘oya
o‘z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimida
(Mantiq) ochishida; tabiat
hodisalari ko‘rinishida g‘oyaning «boshqacha borliq»(inobыtie)da rivojlanishida, ya'ni
tabiatning o‘zi rivojlanmaydi, balki tushunchalargina rivojlanadi (
Tabiat falsafasi); g‘oyaning
inson ongi va bashariyat tarixida rivojlanishida (Rux falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda
mutlaq g‘oya o‘z o‘ziga qaytib, o‘zini insoniy ong va o‘z o‘zligini bilishda tushunib oladi.
Taraqqiyot g‘oyasi butun Xegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma-ketin,
quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga
o‘tish yuz beradi, taraqqiyotning manbai esa, har qanday o‘z-o‘zidan bo‘ladigan harakat
prinsipidan iborat bo‘lgan qarama-qarshiliklardir.
Xegel nuqtai nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so‘zlar bilan ifodalash mumkin: «
aql
Do'stlaringiz bilan baham: