Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   290
Bog'liq
falsafa

Fukudzava  Yukiti  (1837-1901)  o‘sha  davrning  eng  yirik  ma'rifatparvari  edi.  o‘zining 
asarlarida  olim  o‘quvchilarni  G‘arb  bilan  tanishtiradi  va  o‘zini  «amaliy  fanlar»  tarafdori 
sifatida ko‘rsatadi. «G‘arbiy yevropa mamlakatlarida, -deb yozadi u, - uzo davrlaridan buyon 
fan  voqyeylikdagi  moddiy  tabiatning  qonunlarini  ochib  kelmoqda.  Buning  natijasida  ishlab 
chiqarish,  trnasport  va  aloqada,  odamlarning  kundalik  maishiy  turmushidagi  mayda-
chuydalarni  ham  qo‘shib  hisoblaganda  hunarmandchilik  va  savdo-sotiqda  ko‘zga  ko‘rinarli 
darajada yutuqlarga erishildi»
265
. Mutafakkir an'anaviy mafkurani mutaassiblik, eskiparastlik 
va  konservatizm  uchun  tanqid  ostiga  oladi.  U  shunday  yozadi:  «o‘zining  fikriy 
mulohazalaridan  hyech  qanday  qiyinchiliklarsiz  qutilib,  qadimgi  davrlarni  kullarcha  ruhda 
qo‘msash, hozirgi dunyoda yashab turib, o‘tmishni sharaflash bularning hammasi shunga olib 
keladiki,  zo‘rlik  bilan  bo‘lsa  ham  hozirgi  yashayotganlarni  kadimgi  davr  odamlariga 
buysundirishdek holatni vujudga keltirib, turgunlik tamoyilini singdiradi»
266

Borliq masalasida Fukidzava Yukiti ateist sifatida namoyon bo‘ladi, biroq dinni jaholatda 
qolgan  omma  orasida  axloqni  qo‘llab-quvatlovchi  vosita  sifatida  zarur,  deb  hisoblaydi. 
Xristianlikni  salbiy  baholab,  uni  chetdan  kelgan  din  bulganligidan  G‘arbga  ko‘r-ko‘rona 
ergashishni  tug‘diradi  va  davlat  mustaqilligiga  ziyon  yetkazadi,  deb  bilib,  mamlakatda 
xristianlikni  yoyuvchilarni  mahkum  etadi.  Olim  buddaviylikni  eng  yaxshi  din  hisoblaydi  va 
buddaviy mazhablarni markazlashtirishni targ‘ib kiladi. 
Faylasuf  hukumatni  konfutsiychilikning  hukmdorlarni  o‘z-o‘zini  kamolotga  yetkazishi 
mumkinligi  haqidagi  g‘oyalariga  tayanib,  siyosatni  axloq  bilan  qorishtirishga  bo‘lgan 
intilishini  tanqid  qiladi.  Buni  tashqi  siyosatda,  hamda  iqtisodiy  va  texnik  sohalarda  mutlaqo 
qo‘llab bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 
U  kokugaku  maktabini  «imperatorni  izzat-hurmat  qilish,  xalqdan  jirkanish»  nazariyasi 
uchun  tanqid  ostiga  oladi.  Shuningdek  u  samuraylik  ruhini,  inson  huquqlarini  nazar-pisand 
qilmaslikni,  «tadbirkor  kishilarga»  nafrat  bilan  qarashni  tanqid  qiladi.  Liberalizmni  tashviq 
qilishda ma'rifatparvar Yukiti ingliz qonunchiligi va ingliz siyosiy iqtisodiga tayanadi. 
XX  asrning  80-yillarida  ma'rifatparvarlik  yagona  va  bosh  g‘oyaviy  oqim  sifatidagi 
maqomini to‘xtatadi. Bunga hukumat tomonidan qabul qilingan liberalizm va demokratizmga 
qarama-qarshi qaratilgan bir qator tadbirlar sabab bo‘ldi. O‘quv yurtlarida konfutsiychilikdagi 
o‘z-o‘zini  tarbiyalash,  Tokio  universitetida  –  konfutsiychilik  falsafasi  kursi  kiritildi; 
buddaviylik  yordami  bilan  davlat  tuzumini  qo‘llab-quvvatlashga  qaratilgan  Vatanni  himoya 
qilish  Assotsiatsiyasi    (Gokoku  Kyokay)  tuzildi.  Saltanatni  uzil-kesil  joriy  etilishi  bilan 
«Ozodlik va xalq huquqi uchun harakat» amalan birham topdi. 
Eng yangi davrdagi yapon falsafiy tafakkurining asosiy yo‘nalishlari – Akademik va Kioto 
maktablari,  «yaponizm»  turidagi  millatchilikka  asoslangan  maktablar,  ilmiy-tabiiy 
moddiyunchilik va marksizm orqali ifoda qilinar edi. 
Akademik maktab. Bu maktabning tashabbuskori va yorqin vakili Nisi Amane (1826-1894) 
edi. Nisi  Amane  yapon falsafiy istilohlarini (tushunchalarini) ishlab chiqishga  o‘z  hissasini 
qo‘shdi.  Fransuz  tilidan  tarjima  qilish  chog‘ida  u  birinchi  bo‘lib  tesugaku  –  «falsafa» 
atamasini  qo‘lladi  va  bu  bilan  uni  ilmiy  iste'molga  olib  kirdi;  falsafiy  tushunchalar  bo‘lgan 
«moddiylik»,  «g‘oyaviylik»  talqinini  berdi;  sintri  –  ruhshunoslik  qonunlari,  butsuri  –  tabiat 
                                                 
264
 См. Нагата Хироси. История японского материализма. –М., 1990. 80-183-б. 
265
 Ф.Юкити. Польное собрание сочинений. Т.5. 256-б. 
266
 Ѝша жойда. 9-жилд. 361-б. 


qonunlari tushunchalarini ilmiy amaliyotga kiritdi. Uning «Ruh ma'rifati» (1844) nomli asari 
Yaponiyada mantiq bo‘yicha birinchi kitob edi. 
Umuman olganda Nisi Amane Kont va Millning pozitivizmi nuqtai nazarida turadi. «Men 
tayanadigan  narsa,  bu  xitoycha  konfutsiychilik  yoki  g‘ayritabiiy  ta'limot  bo‘lgan  hindcha 
dzen-buddaviylik,  hamda  moddiyunchilarning  ta'limoti  emas.  Men  materializm  usulidan 
butunlay farq qiladigan Kontning pozitivizmidan kelib chiqaman va zamonamizning mashhur 
olimi ingliz Dj.S. Millning induktiv usuliga tayanama»
267
.  
Nisi  Amane  uchun  tabiatning  barcha  hodisalarini  ilm-fan  asosida  bilib  olish  mumkin. 
Shuning  uchun  uni  Xudo  orqali  tushuntirishning  barcha  zaruriyati  puchga  chiqadi.  Uning 
Xudo haqidagi tasavvuri deizm doirasiga joylashadi: Xudo -  oxirgi sabab bo‘lib, odamlar va 
ayniqsa tabiat ishiga aralashmaydi. Olim  konfutsiychilik, buddaviylik va xristianlikni Yangi 
zamon tabiatshunosligiga qanchalik darajada qarama-qarshi bo‘lsa, shunchalik jihatdan tanqid 
qiladi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish