Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   290
Bog'liq
falsafa

Kioto maktabi. Maktab asoschisi Nisida Kitaro (1870-1895) Kioto universitetidan chiqqan 
bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z fikriga ega bo‘lgan birinchi yapon faylasufi sifatida tan olingan. 
Mutafakkir yapon jamiyati oldida paydo bo‘lgan ikkidan birini (dilemma) tanlash, ya'ni g‘arb 
fani  va  texnologiyasi  qo‘lga  kiritgan  yutuqlarni  qabul  qilish  va  an'anaviy  madaniy 
qadriyatlarni saqlab qolishni anglash masalasida katta hissa qo‘shdi. 
Nisida fani qadriyatlar o‘lchovidan ozod qiluvchi, ilmiy  g‘arbcha (ssentik)  yondoshishni 
qabul qilib bo‘lmaydigan narsa deb hisobladi. Fan, axloq, din va san'at o‘rtasidagi tafovutni u 
tashqi jihat sifatida qarab, ularni birlashtiruvchi asosni ifodalashga harakat qildi. 
Dzen-buddaviylik  e'tiqodida  bo‘lgan  Nisida  bu  ta'limotni  g‘arb  an'anasi  bilan  ko‘shishga 
harakat  qilib,  Hyegel,  Roys,  Djems,  Dyui,  Bergson  va  boshqalarning  ijodiga  murojaat  qildi. 
Uning falsafasidagi markaziy tushuncha  (Djeymsdan iqtibos qilingan) «sof tajriba» edi. «Sof 
tajriba»  ob'ekt  ham,  sub'ekt  ham  emas,  balki  «qandaydir  tub  ayniyatning,  ilohiy  mutlaq 
ibtido»  ning  namoyon  bo‘lishidir»
268
.  Bundan  oldingi  sub'ekt-ob'ektli  ajratishda  u  mutlaq 
voqyeylik-  hyech  nima  (ni  chto)  edi.  Ushbu  voqyeylik  meditatsiya  (karaxtlik)  jarayonidagi 
barq urush – satori asnosi natijasida bilib olinishi mumkin. Bu «hyechnimadan» Nisida bilish, 
axloq  va  din  tizimini  yoritadi.  Nisidadagi  diniy  yondashish  «haqiqiy  men»ni  va  uning 
voqyeylikka  nisbatan  munosabatini  tan  olishdan  iboratdir.  Diniy  ong  umumiy  va  har 
tomonlamadir.  «Ego»ning  tabiatini  bilish  esa,  ushbu  ong  oldida  ko‘ndalang  turgan 
vazifalardan biridir. Nisida shunday xulosaga keladiki, Xudo va haqiqiy «Men» bir xildir. Har 
bir odamda Buddaning tabiati mavjuddir
269

Tanabe  Madjima  (1885-1962)  –Nisidaning  universitetdagi  hamkasbi  va  uning 
maslakdoshi  edi.  Madjima  Nisida  sistemasini  ijtimoiy  masalalarga  yaqinlashtirishga  harakat 
qildi. Uning fikricha, shaxs ijtimoiy va siyosiy tuzilish vositasidan boshqa yo‘l bilan Mutlaq 
bilan  o‘zaro  hamkorlik  qila  olmaydi.  Davlatchilik  borliqning  markazi,  muayyanlikning 
aksariyati bo‘lib,  unga shaxs va insonning majhulligi bo‘ysunishi lozim. Ammo 2-nchi jahon 
urushining  oxirida  Madjima  shuni  tan  olishga  majbur  bo‘ldiki,  davlat  qabohat  markazi  ham 
bo‘lishi  mumkin,  shuning  uchun  davlat  g‘oyasi  «mutlaq  inkor  etish»  ga  duchor  bo‘lishi 
zarur»
270

Dayseku  Teytaro  Sudzuki  (1870-1966)  –  mashhur  yapon  faylasufi  bo‘lib,  «Dzen-
buddaviylik  mavzusidagi  esse»,    «Xristianlik  va  buddaviylikda  tistika»  kitoblarining 
muallifidir.  U  o‘zining  asarlarida  Sharq  va  G‘arb  falsafiy  an'analarining  qiyosiy  tahlilini 
beradi.  G‘arb  falsafasi  vakillaridan  farqli  o‘laroq,  Sudzuki  zamon,  makon  va  konseptual 
                                                 
267
 Цит. По: нагата Хироси. История японского материализма. –М., 1990, 95-б. 
268
 См.Нисида Китаро. «Чистий опыт». Польное собрание сочинений по японской мысли. Токио 1955, т.2. 
273-б.  
269
 См.Мэл Томпсон. «Восточная философия». –М., 2000. 395-б. 
270
 Ѝша жойда. 357-б. 


talqinining  qabul  qilmaydi.  Uning  fikricha,  voqyeylik  o‘zining  mohiyatiga  ko‘ra  dualistik 
emas,  u  qandaydir  stereotiplar  doirasidan  tashqarida  joylashgan.  Bu  voqyeylikni  tushunish 
satori, ya'ni birdan fikr aql ravshanlanish orqali sodir bo‘lishi mumkinki, unga faqat tajriba va 
ichki tuyg‘u orqali yetishiladi. Satorining bosh xususiyatini u qo‘qisdanligi, deb hisoblaydi. U 
bexosdan,  vaqt  hissini  yo‘qotish  asnosida  ro‘y  beradi.  Shunday  qilib,  satori  zamondan 
tashqarida bo‘lgan voqyeylikni bir lahzalik anglab yetish sifatida qarab chiqiladi. Vaqt to‘xtab 
qoladi va inson abadiylikka daxldor bo‘ladi
271


Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish