Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290
Bog'liq
falsafa

Millatchilik  mafkurasi.  Bu  mafkuraning  eng  mashhur  vakili  Inoue  Tesudziro  (Sekken, 
1855-1944)  edi.  U  sharq  falsafasining  diniy-mistik  maktablari  g‘oyalarini  G‘arbiy  yevropa 
idealizmi  bilan  aralashtirishga  intildi.  Eklektizm  (qorishtirib  yuborish)  «yaponizm» 
mafkurasining  falsafiy  asosi  bo‘lib  qoldi.  Xuddi  ana  shu  Inoue  tomonidan  «yaponizm» 
atamasi  -  Nihonsyugi  iste'molga  kiritildi.  U  Takayama  Rindzano  va  Kimikuro  Yotaro  bilan 
birgalikda «Yaponiyaning yangi falsafasi», «milliy falsafasini» vujudga keltirishga chaqirdi. 
Inoue o‘zining asarlarida Sharq falsafasini g‘arb falsafasi bilan qiyosiy taqqoslash yo‘li bilan 
tadqiq qilib, o‘zining «ilg‘or falsafiy fikri»ni ta'limot darajasida shakllantirishga harakat  qildi. 
U  «identitetrealizm»  deb  atagan  «yangi  falsafada»  Kant,  Hyegel,  buddaviylik,  sintoizm, 
neokonfutsiychilik va empiriokrititsizm qorishtirish yo‘li bilan birlashtirilgan. U dunyoda ro‘y 
berayotgan  jarayonlarni  vujudga  keltirgan  narsa  sifatida  «dunyoviy  logos»  yoki  «dunyoni 
boshqarayotgan donolik» (eyti) ni tushunadiki, u «bashariyatning nihoiy orzusi»dir
272

Inoue  dunyoqarashiga  mumtoz  nemis  falsafasi  o‘z  ta'sirini  o‘tkazgan  bo‘lib,  uni  u 
teosofiya  jihatidan  talqin  qildi.  Nemis  faylasuflarining  axloqiy-siyosiy  g‘oyalarini  qarab 
chiqib,  ularni  u  Sharq  axloqining  hozirgi  nusxalariga  o‘xshash  ekanligini  e'lon  qildi  va 
konfutsiychilik, buddaviylik va samuraylar axloqi bo‘lgan «busido»ga qaytishni targ‘ib qildi. 
U  umidvor  ediki,  kelajakda  yapon  konfutsiychiligi,  buddaviylik  va  xristian  dinlari  bir  biriga 
nisbatan  murosachilikka  keladi  va  «nixonsyugi»  bilan  birlikka  erishib,  yagona  yangi  din 
sifatida tashkil topadi. Shu nuqtai nazardan u XX asr yapon moddiyunchilarining qarashlariga 
keskin qarshi chiqadi.  
Moddiyunchilik 
falsafasining 
rivoji. 
Akae 
Tyomin 
(1847-1901) 
Yapon 
moddiyunchiligining  yorqin  vakili  bo‘lib,  fransuz  ma'rifatparvarligining  davom  ettiruvchisi 
edi.  Uning  «Sharq  Russosi»  deb  atashar  edi.  O‘zining  moddiyunchilik  qarashlari 
xususiyatlarini ifodalab, u uni  «nakaenizmchilik» deb atadi va quyidagilarni yozdi: «Mening 
fikrimcha, falsafiy masalalarda olim iloji boricha ochiq va nihoyat darajada samimiy bo‘lishi 
lozim. Uning burchi va hatto asl mohiyati shundadir. Shuning uchun men – Budda, Xudo va 
ruhlarsiz bo‘lgan sof moddiyunchilikni qat'iy ravishda himoya qilaman»
273

Tyomin  din  bilan  murosa  qilishni  rad  etib,  qayd  etadiki,  «inson  yerdagi  mavjud  jonli 
mohiyat bo‘lib, his-tuyg‘uga, moddiylikka ega». U qayd etadiki, dunyoni yaratilishi haqidagi 
g‘oya  bilimsizlik,  jaholat  mahsulidir  va  unga  qarama-qarshi  bo‘lgan  tabiatdagi  ichki  o‘zaro 
bog‘liqlik va uning o‘z-o‘zidan harakatlanishi haqidagi g‘oyani qo‘yadi. Feyerbaxga ergashib
u shuni ta'kidlaydiki, insonni Xudo o‘ziga o‘xshatib emas, balki inson o‘zining namunasidagi 
Xudoni yaratgan. 
Tyominning  koinot  haqidagi  qarashiga  muvofiq,  «son-sanoqsiz  samoviy  doiralar», 
dengizdagi orollar kabi, osmonlarda yoyilganlar va muayyan aylana bo‘ylab harakat qiladilar. 
yer  esa  ko‘p  sonli  sayyoralardan  biridir.  O‘zining  «Falsafaga  kirish»  asarida  Tyomin 
falsafadagi  asosiy  yo‘nalishlar  sifatida  moddiyunchilik  va  idealizm  qarashlari  borligini  tan 
olishdan kelib chiqadi. «Moddiyunchilik nuqtai nazaridan, - deb yozadi u, - dunyodagi barcha 
narsalar  5  his-tuyg‘u  a'zolari  –  eshitish,  ko‘rish,  is  bilish,  badan  sezgisi,  ta'm  orqali  qabul 
qilinadi.  Moddiy  bo‘lmagan  ashyolar,  ruhga  o‘xshab,  noaniqlikda  bo‘lib,  bu  faqat  miyada 
                                                 
271
 Ѝша жойда. 336-337-б. 
272
 См.: Иноуэ Тэцдзиро. Воспоминая о философии периода Мэйдзи. Токио. 1927. 79-б. 
273
 Накаэ Тѐмин Сю. Накаэ. Снч., Токио. 1996. 216-б. 


paydo bo‘ladigan turli siymolar va nusxalardir, xalos. Va undan boshqa hyech nima mavjud 
emas.  Idealizm  nuqtai  nazaridan,  aksincha,  barcha  narsalar,  biz  kishilarga  o‘xshab,  ikki 
taraflama xususiyatga ega. Bir tomondan, bu jism, ya'ni moddiy, ikkinchi tomondan, bu ruh… 
va  aynan  u  hamisha  ustunlikka  ega.  Idealizmning  materializmdan  farqi  asosan  shundan 
iboratdir»,  «idealistik  nazariyalarning  mohiyati  shundaki,  ularning  barchasi  Xudoga 
asoslangandir»
274
.  Tyomin  moddiyunchilikning  afzalligini  asoslaydi.  Uning  fikricha,  bu 
afzallik shundaki, moddiyunchilik insonning ilmiy va amaliy faoliyati bilan bog‘langandir. 
Tyominning jamiyatga bo‘lgan qarashlari tadrijiy rivojlanishga asoslangan yondoshishdir. 
U siyosiy rivojlanishning birinchi qadami sifatida mutlaq saltanatni, undan keyingisi qonunga 
asoslangan  saltanatni,  uchinchi  bosqichda  Amerika,  Fransiya  va  Shveytsariyadan  namunasi 
mavjud bo‘lgan demokratik boshqaruvni ajratib  ko‘rastaadi. «Demokratiya, - deb yozadi u, - 
butun  insoniyat  ahli  va  muhabbatini  yagona  birlikka  birlashtiradi  va  uni  yagona  hukmdorga 
aylantiradi»
275
.  1890  yilgi  parlamentga  saylovlar  arafasida  Tyomin  vakolati  chegaralangan 
parlamentni saylashga chaqirdi, negaki, «unda parlament demokratiyasi ustidan nazoratni xalq 
amalga  oshiradi».  U  «hukmdor  va  xalqning  birgalikdagi  boshqaruvi»  g‘oyasi  bilan  chiqdi. 
Uning  qayd  etishicha,  «imperatorlik  g‘oyalari  va  tabaqalarga  bo‘linganlik  siymosi»  xalq 
ommasi  ongida  mustahkam  o‘rnashib  qolgan  va  kishilar  ularga  hurmat  bilan  munosabatda 
bo‘ladilar va shuning uchun mutlaq qokimiyatdan keskin sakrash orqali demokratiyaga o‘tish 
g‘alayon keltirib chiqaradi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish