haqiqiyligini ularni empirik tekshirish asosida belgilashni nazarda tutadi, ya'ni bunda har
qanday da'vo uni amaliyotda empirik tekshirish mumkin bo‘lgandagina ilmiy deb hisoblanishi
kerak. Har qanday chinakam ilmiy da'vo aniq, ya'ni tajriba yo‘li bilan tekshirib bo‘ladigan
da'volar majmuidan iborat bo‘lishi lozim. Verifikatsiya prinsipi Vena to‘garagi vakillari –
Shlik, Karnap, Neyrat va boshqalar tomonidan ta'riflab berilgan.
Postpozitivizm vakillari
(K. Popper) verifikatsiya metodining asossizligini ko‘rsatib
berdilar, chunki ularning nuqtai nazaridan har qanday ilmiy da'voni ham empirik tarzda
isbotlab bo‘ladigan da'vo deb bo‘lmaydi. Popper
falsifikatsiya (sohtalashtirish) metodini –
gipotezaning sohtaligini klassik mantiq qoidalariga muvofiq aniqlash usulini ta'riflab berdi.
Bu metod asosida falsifikatsiya,
sohtalanuvchanlik prinsipi yotadi. Unga muvofiq har qanday
aytilgan fikr u mantiqan rad etilishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina ilmiy fikr deb hisoblanishi
mumkin. Popper fikricha, shu metod yordamida fanni metafizikadan ajratish mumkin. U
haqiqatligini
isbotlab ham, rad etib ham bo‘lmaydigan qoidalarni metafizikaga kiritdi.
Falsifikatsiya metodi
tanqidiy ratsionalizm bilan bog‘liq, unga ko‘ra har qanday ilmiy
bilim mutlaq haqiqatlikka da'vo qilolmaydi va uni mantiqiy izchillik nuqtai nazaridan
sinchiklab tekshirmoq zarur.
Tushunish metodining asos soluvchi dalillari nemis faylasufi, «hayot falsafasi» vakili
V.Diltey tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, unga ko‘ra
koinotning bosh asoslarini, taraqqiyotning asosiy mexanizmlarini bilish, insonni tadqiq etish
faqat
introspeksiya (o‘z-o‘zini kuzatish) asosidagina mumkin. Buning ma'nosi shuki, faylasuf
yoki psixolog shaxsning ichki dunyosini o‘rganish borasida uning ichki kechinmalar
dunyosini tahlil qiladi; jamiyatni bilish uchun ommaviy ong uchun xos bo‘lgan emotsional
ko‘rinishlarni tahlil etadi. Tushunish metodi pirovardida jamiyatni muayyan ruhiy birbutunlik
deb qarashga yo‘naltirilgan.
Tushunish metodining mualliflari uni o‘z nazarlarida hozirgi ilmiy bilishga xos
bo‘lgan «
tushuntirish»
metodiga qarama-qarshi qo‘yadilar. Ularning fikricha, konkret
faktlarni tahlil etishga, ularni «tushuntirishga» asoslangan ilmiy bilish birbutun dunyoni
bo‘lib-bo‘lib yuboradi, uning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni uzib tashlaydi. Biroq
tushunish metodi tuzilishidagi ichki ziddiyat asta-sekin ma'lum bo‘lib qoldi. Bu ziddiyat
tarixiy bilishning ob'ektiv umumiy ahamiyatga ekanligini va shaxs hayotining hissiy
manzarasi ob'ektivligini bu metod bilan asoslash mumkin emas ekanligi bilan bog‘liqdir.
Falsafiy metodologiyaning irratsionalistik yo‘nalishlari-dan biri eng avvalo
intuitsiya
metodidir. Bu metodga ko‘ra bilishga ilmiy vositalar (gipoteza, tajriba, nazariya va hokazolar)
asosida emas,
balki reallikni, haqiqatni «g‘ayrimantiqiy» anglash asosida erishiladi.
Bu metodning muallifi
A.Bergson edi. Uning fikricha, bilishning intellektual (an'anaviy
ilmiy) yo‘li borliqning haqiqiy tabiatini ochib bera olmaydi. Intellekt faqat bir materiyani
biladi, chunki u o‘zi idrok etgan ob'ektlarni faqatgina bo‘laklarga ajratadi va sistemaga soladi.
U shu ob'ektlar o‘rtasidagi tashqi aloqalarni ochib berishi mumkin xolos. Intellektual bilish
sub'ekt
bilan
ob'ektni
qarama-qarshi
qo‘yishni, binobarin, bilishning muayyan
«fragmentarligini» (uzuq-yuluqligini) nazarda tutadi. Haqiqiy bilish esa predmetga beg‘araz
chuqurlashishni, «sho‘ng‘ishni», sub'ekt bilan ob'ekt o‘rtasidagi masofani bartaraf etishni
taqozo etadi. Butun dunyoning mohiyatini, har bir narsaning mohiyatini faqat
intuitsiya,
Do'stlaringiz bilan baham: