Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   290
Bog'liq
falsafa

«ilg‘ab  olish»  asosida  tushunib  olish  mumkin.  Intuitsiya  ob'ekt  bilan  bevosita  aloqani 
ta'minlaydi. Bergsonning fikricha, bilish metodi sifatidagi intuitsiyaga san'at yaqinroq turadi, 
chunki san'at narsalarning mohiyatini psixologik jihatdan anglaydi va ratsional sistemalashni 
inkor etadi. Aynan san'at kechinma bilimini beradi. Shu asosda bilish metodi sifatida intuitiv 
falsafa  paydo  bo‘ladi.  U  san'atning  bilishdagi  rolini  kuchaytiradi  va  koinotning  «mutlaq 
chuqurligini» intuitsiya yordamida anglashga intiladi. 
E.  Gusserlning  fenomenologik  metodiga  ko‘ra,  bilish  ob'ektini  kechinmalar  yo‘li  bilan, 
Gusserl atamasi bilan aytganda – intensionallik yo‘li bilan anglash mumkin.  


Gusserlning  fikricha,  konkret  fanlarning  mazmunini  reduksiya  yordamida  tahlil  etmoq 
zarur.  Inson  reduksiya  yordamida  bilishning  shunday  mazmuniga  yetib  keladiki,  uni  oddiy 
mantiq  yordamida  tushunish,  tahlil  qilish  mumkin  emas.  Mana  shu  yerda  intensiya,  ya'ni 
kechinma  zarur.  Intensiyani  falsafiy  metod  deb  bilgan  Gusserl  fikricha,  falsafa,  eng  avvalo, 
oddiy dunyoqarash tarkibida tabiiy anglash qoidalari asosida shakllanadigan barcha dogmatik 
da'volardan xalos bo‘lmog‘i lozim. 
Gusserlning  fikricha,  fenomenologiya  intensional  harakatlarni  boshdan  kechirish 
jarayonlarini  o‘rganadi.  Gusserl  kechinma  jarayonini  «mohiyatni  ko‘rish»  deb  ataydi.  U 
«mohiyatni ko‘rish» intuitsiya vositasida, umumiyni bevosita mushohada qilish orqali amalga 
oshiriladi  deydi.  Chizish  usullari,  o‘lchamlar  va  shular  kabi  faktorlar  ko‘p  jihatdan 
tasodifiydir.  Ularni  ratsional  bilish  o‘rganadi.  Intuitiv  bilish  usuli  Gusserlning  fikricha, 
«barcha  prinsiplar  prinsipidir».  Intuitsiya  orqali  berilgan  hamma  narsa  u  o‘zini  qanday 
ko‘rsatgan  bo‘lsa  shundayligicha  idrok  etilmog‘i  kerak.  Olim  intuitsiya  vositasida  berilgan 
narsani tasvirlamog‘i lozim. 
Ekzistensializm  vakillari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  transsendlash  metodi  Gusserl 
fenomenologiyasiga  yaqin  turadi.  Uning  mualliflari  K.Yaspers  va  G.Marsel  transsendlash 
deganda  dunyo  ustida  turgan  allaqanday  oliy  mohiyatni  anglashni  tushunganlar. 
Transendensiya  bu  koinotning  bir  qadar  oqilonaligini  anglashga  qaratilgan  metoddir. 
Kommunikatsiya  metodi  K.Yaspers  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  haqiqatga  munosabatning 
chuqur  intimligini,  «shaxsiy»  munosabatni  nazarda  tutadi.  Kommunikatsiya  insonning 
dunyoga munosabatidir. 
Leller  konsepsiyasida  bilishning  asosiy  metodlaridan  (yo‘llaridan)  biri  yorishishdir.  Bu 
konsepsiyaga  ko‘ra,  yorishish  –  bu  insonning  hayot  bilan  o‘lim  o‘rtasida,  ya'ni  chegaraviy 
vaziyatda  turgan  paytida  o‘z  taqdirini,  dunyodagi  o‘rnini  to‘satdan,  g‘ayrihissiy  tarzda 
anglashidir.  Shu  paytda  odam  o‘zining  kundalik  turmushi  keltirib  chiqargan  barcha  rasm-
rusmlardan xalos bo‘ladi va o‘z hayotining ma'no va maqsadiga erishadi. 
Bu samarali harakatni  asoslab  beruvchi  falsafiy va  bilish  tizimlarini  tahlil qilish va  tuzib 
chiqish  metodidir.  Bu  metod  XIX  asr    oxirida  amerikalik    faylasuf  Ch.  Pirs  tomoninidan 
ishlab  chiqila  boshlangan.  Uni  U.Djeyms  va  D.Dyui  yanada  rivojlantirdilar.  Bu  metodning 
asoschilari nuqtai nazaridan, harakat inson hayotining asosiy shaklidir va muayyan maqsadni 
qo‘yish  va  amaliy  faoliyatni  rejalashtirishning  asosiy  boshlangg‘ich  sharti  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
Ch.  Pirs  ilgari  surgan  qoidaga  ko‘ra,  fan  bilimni  o‘z  holida  shakllantirmaydi,  balki 
muayyan  usul  bilan  harakat  qilish  odati  sifatida  tushuniladigan  ishonchni  shakllantiradi. 
Ishonchga  harakatning  silliqligini,  izchilligini  buzuvchi  shubha  qarshi  turadi.  Fan  va  falsafa 
ishlab chiqadigan tushunchalar, avvalo, insonning qurshab turgan dunyodagi amaliy faoliyati 
va rejalari nuqtai nazaridan ahamiyatlidir. 
Amerikalik  filosof  U.Djeyms  falsafaning  jamiyatdagi  rolini  pragmatik  metod  nuqtai 
nazaridan tahlil qildi. Uning fikricha, ijtimoiy falsafa o‘tmish va hozirning ijtimoiy tajribasini 
uning  ijtimoiy  muammolarni  hal  qilishdagi  amaliy  ahamiyati  nuqtai  nazaridan  qarab 
chiqmog‘i lozim. 
Bu metodni ishlab chiquvchilar (E.Mur, R.Perri, U.Marvin, E.Xolt) bilishni tushunishning 
uch  asosiy    variantini    ilgari  suradilar:  sub'ekt  bilan  ob'ektni  bir  turli  narsa  deb  biluvchi 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish