aql ko‘zi bilan qarab amalga oshiriladi. Bu holda asos - borlikning intuitiv kechinmasi va
ishonchdir.
4-bob. FALSAFA VA SINeRGeTIKA
Materiyaning o‘z-o‘zidan tashkil topishi haqidagi tasavvurlarni uning harakati va
rivojlanishi haqidagi tasavvurlar sifatida o‘rganish falsafaning an'anaviy muammosidir.
O‘z-
o‘zidan tashkil topish – bu ob'ektning komponentlarining faqat ichki aloqalari hisobidan va
o‘tmish tarixiga muvofiq kollektiv harakati natijasida vujudga kelishidir. Rivojlanish,
murakkablashish va o‘z-o‘zidan tashkil topish jarayonlari uzoq vaqtgacha faqat jonli tizimlar
bilan bog‘lab kelindi.
Jonsiz tabiatda o‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining kashf etilishi ko‘pgina
jarayonlarga yangicha qarashga imkon berdi, jonsizdan jonlikka o‘tish mexanizmi
to‘g‘risidagi bilimni boyitdi. Bu jihatdan
sinergetika nomini olgan yangi ilmiy yo‘nalish
doirasida ishlab chiqilayotgan g‘oyalar diqqatga sazovordir.
Sinergetika o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot
jarayonining universal komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan tashkil
topish nazariyasi uchun shu qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu
fanning asosiy masalasini u bilan bog‘laydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra
turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar
yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir prinsipga
bo‘ysunib, suyuqlikdagi tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki
ijtimoiy guruhlarni tashkil etishi kerak?».
288
O‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng ko‘lami sinergetikada postulat
qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim sohalarida tabiiy va ijtimoiy
jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf etishi natijasidir. Shu tufayli sinergetika
alohida fan g‘oyalarining yig‘indisi sifatida emas, balki fizik, ximik, biolog va matematik o‘z
materialini ko‘radigan umumiy qarashlar tizimi sifatida va, aksincha, bulardan har biri, o‘z
fani metodini qo‘llab, sinergetikaning rivojlanishiga biron bir tarzda hissa qo‘shadi. «Men
yangi fanni «sinergetika» deb atadim, bunga sabab, - deb yozadi G. Xaken,-unda tizimlarning
ko‘pgina elementlarining birgalikdagi harakati tadqiq etilishigina emas, balki o‘z-o‘zidan
tashkil topishni boshqaruvchi umumiy prinsiplarni topish uchun ko‘pgina turli-tuman
fanlarning kooperatsiyalashuvi zarurligidir».
289
Shunday qilib, yunonchadan tarjima qilinganda, «ko‘mak»ni, «hamkorlik»ni bildiruvchi
«sinergetika» so‘zi ikki xil ma'noga ega. Bir tomondan, bu murakkab tizimli elementlarning
kooperativ harakati, ikkinchi tomondan, bu turli bilim sohasidagi olimlarning hamkorligidir.
Aynan o‘z ma'nosida aytganda,
sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: