ko‘rsatilishiga olib keladi, bu xol amalda ob'ektni o‘rganayotgan sub'ektning (odam, kishilar
guruhi yoki butun jamiyatning) shu ob'ektni bilish va ijodiy o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qiladi.
Bilish sub'ekti shu prinsipga asoslanib, ob'ektning xususiyatlari, o‘ziga xos alomatlari va
aloqalarini, mavjud bo‘lish va o‘zgarish qonunlarini hisobga olmog‘i kerak. Faqat shundagina
sub'ektga tadqiqot ob'ektining
botiniy tabiati, chin mohiyati namoyon bo‘ladi.
Ob'ektni har tomonlama chuqur qarab chiqmoq uchun uni mushohada qilishning o‘zi
yetarli emas. Ob'ektning bizga ma'lum bo‘lmagan barcha yangidan-yangi xossalarini
ochish uchun unga faollik bilan, muayyan maqsadni ko‘zlab ta'sir ko‘rsatmoq, uni o‘z tabiati
uchun g‘ayritabiiy bo‘lgan turli, ko‘pincha ekstremal sharoitga qo‘ymoq, boshqa omillar bilan
o‘zaro ta'sir o‘tkazishga majbur etmoq zarur.
Bilishning vazifasi – tashqini ichkiga, hodisani mohiyatga keltirishdan, ob'ektning
xossalari va aloqalarini ichki sabablar bilan, shu ob'ektni tashkil etgan elementlarning o‘zaro
ta'siri bilan, unga xos qonunlar bilan izohlashdan iborat.
Bu prinsip shuningdek o‘qishga, ta'lim va tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir, u bilimni
kishilarning qat'iy e'tiqodiga, hayotiy pozitsiyasiga, ularning hayoti va faoliyati prinsiplariga
aylantirmog‘i lozim.
Olim, ijodkor shaxs ob'ektning xossalari va aloqalarini o‘rganishda faol bo‘lishi, bir
qolipda ish ko‘rmasligi, ob'ektni o‘rganish vaqtida olgan bilimi, ishonchli va haqiqiy
axborotni amalda faol qo‘llay bilishi zarur.
Har qanday predmet yoki hodisa mavjudligining zarur sharti – ularning boshqa narsalar,
hodisalar, jarayonlar bilan turli-tuman aloqalaridir, ularning bir-biri bilan aloqalari tizimidir.
Hartomonlamalik prinsipiga ko‘ra, narsa o‘zining mavjudligi uchun zarur va yetarli
sharoitlardan ayrim holda emas, balki ular bilan o‘zaro aloqada tahlil qilinmog‘i,
o‘rganilmog‘i kerak, chunki narsada namoyon bo‘ladigan xossalar, bu – uning boshqa
narsalar bilan o‘zaro ta'siri natijasidir, qaror topgan aloqalar oqibatidir. Hartomonlamala
yondashuv narsani boshqa narsalar va hodisalar bilan uzviy aloqada qarab chiqishga imkon
beradi. Hartomonlama qarab chiqish prinsipi amaliyotda ham, turli rejalar, loyihalar va
takliflarni ishlab chiqishda ham muhim rol o‘ynaydi. U bu loyihalar va rejalarni chuqurroq,
to‘laroq o‘rganib chiqishga, ularning zaif va kuchli tomonlarini, shuningdek ularning amalga
oshirilishidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijobiy yoki salbiy oqibatlarni ko‘rishga imkon
beradi.
Ob'ektni hartomonlama qarab chiqish prinsipi bilish jarayoni davomida bizni eklektika va
sofistikadan saqlaydi.
Eklektika mutlaqo boshqa-boshqa hodisalar va narsalarni mexanik
tarzda, tushunmay-netmay bir-biriga qo‘shib qorishtirib yuborishdir,
sofistika esa, aksincha,
real va konkret aloqalarning turli-tumanligini, rivojlanayotgan voqyelikning konkret
sharoitlarini, uning mazmunini e'tiborga olmaydi, umumiy aloqadagi u yoki bu juz'iy, alohida
narsani sub'ektiv tarzda yulib olib absolyutlashtiradi va uni asosiy, muhim, zarur narsa deb
ko‘rsatadi. Hartomonlamalik prinsipi bilish sub'ektini bunday xato va yanglishuvlardan
ehtiyot qiladi.
Filosofiyaning bu prinsipi kurshab turgan dunyoning turli-tuman jarayonlari va hodisalari
majmuasida
sabab va oqibatlarning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi. Bu
prinsip umumiy aloqadagi ob'ektiv asimmetriyani – ta'sir harakatining uni keltirib
chiqaruvchi sababdan uning oqibati tomon yo‘nalishini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan
barcha kategoriyalar va qonunlarning jami bir bo‘lib determinizm prinsipining mazmunini
ochib beradi. Determinizm prinsipi – bu falsafiy tadqiqot jarayonida ob'ektning har bir kashf
qilinayotgan va tadqiq etilayotgan xossalari va aloqalari sabablarini aniqlash talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: