Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   290
Bog'liq
falsafa

pragmatizm,  dzen  -  buddaviylik,  Vitengenshteyn  falsafasi,  koreys  falsafasining  an'anaviy 
tushunchalari va global muammolar falsafasi va boshqalar qarab chiqildi. 
Janubiy  Quriyaning  hozirgi  zamon  faylasuflarining  ko‘plari  kasbiy  ta'limni  Amerika 
Qo‘shma  Shtatlarida  oldilar.  Shunga  va  boshqa  tarixiy  sharoitlarga  ko‘ra  janubiy  Quriyada 
g‘arb  yo‘nalishlaridan  eng  ko‘p  darajada  tahliliy  falsafa  rivoj  topdi.  Agarchi,  plyuralizm 
siyosatiga muvofiq mamlakatda falsafiy maktablarning barchasining qarashlari mavjud bo‘lsa 
ham,  tahliliy  falsafa  oldingi  safdadir.  90-yillar  boshidan  boshlab  Janubiy  Quriyada  Mustaqil 
Davlatlar  Hamdo‘stligida  ta'lim  olgan  faylasuflar  paydo  bo‘la  boshladilar.  Janubiy  Quriya 
falsafasining yetakchi mavzularidan biri hozirgi Quriyada mavjud bo‘lgan milliy qadriyatlar, 
madaniyat  va  tafakkur  tarzi  muammolarini  moslashtirishdir.  Bu  masalada  G‘arb-Sharq, 
«otalar va bolalar», an'anaviylik va sanoatlashganlik, jamoaviylik va individualizm va shunga 
o‘xshash  jihatlardan  qarab  chiqiladi.  Faylasuflar,  tarixchilar,  jamiyatshunos  va 
siyosatshunoslarning e'tiborini ko‘pincha jalb qilayotgan boshqa eng muhim mavzu Quriyani 
birlashishi  muammosidir.  Janubiy  Quriyadagi  hozirgi  zamon  ijtimoiy-falsafiy  tafakkurini  
qiziqtiradigan  masalalar  qatorida  –  jinslar,  oila,  ekologiya,  ta'lim  tarbiya,  tanglikdan  keyingi 
taraqqiyot muammolari bor. 
1868  yilda  Yaponiyada  segunat  sistemasi  barham  topdi.  Imperatorning  hokimiyati  qayta 
tiklandi  («Meydzi  restavratsiyasi»).  Mamlakatda  keskin  tub  o‘zgarishlar  qilindi.  Yaponlar 
tashqaridan  birovning  aralashuvisiz,  hamda  an'analar  va  oddiy  turmush  tarzini  keskin 
buzmasdan  siyosiy  va  huquqiy  me'yorlar,  fuqarolar  ozodligi,  ta'lim-tarbiya  sohalarida 
yangiliklar  kirita  oldilar.  Konstitutsion  saltanat  vujudga  keltirildi,  parlament  saylandi  (1890 
yildan  boshlab),  demokratik  va  fuqarolik  huquqi  e'lon  qilindi,  kapitalizmning  tez  taraqqiy 
etishi  uchun  yul  ochildi.  Shu  bilan  birgalikda  paternalistik  an'analar  va  tadbirkorlar  bilan 
ishchilar  o‘rtasida  sarmoya  bilan  mehnatning  uyg‘unligi  asosida  aloqa  o‘rnatish  tashviq 
qilindi.  X!X  asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshida  yapon  kapitalizmining  asosiy  belgilari 
shakllantirildi,  XX  asr  boshidan  boshlab  esa,  Yaponiya  endi  eng  yirik  kapitalistik  davlatlar 
bilan raqobat qila boshladi. 
Tashqi  siyosat  uchun  samuraylik  ruhiga  asoslangan  tajavvuzkorlik  xususiyati  xos  edi. 
Yaponiya  Sharqiy  Osiyoda  «yangi  tartib»  o‘rnatish,  Yaponiyaga  bo‘ysunadigan 
mustamlakachilik  imperiyasini  vujudga  keltirishga  ochiqdan-ochiq  da'vo  qila  boshladi. 
Ammo  2-nchi  jahon  urushida  yengilgandan  so‘ng  yapon  harbiylari  halokatga  uchradi. 
Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  tomonidan  tuzilgan  Yaponiya  uchun  Ittifoq  kengashi  bir  qator 
islohotlarni  amalga  oshirdi.  Yangi  konstitutsiya  qabul  qilinib,  demokratik  islohotlar  amalga 
oshirildi.  Imperatorning  chegaralangan  huquqlari  saqlab  qolindi.  Biroq,  Amerika-yevropa 
namunasidagi  demokratlashtirishdan  foydalanib,  Yaponiya  kup  narsalardan  voz  kechmadi, 
negaki, ular o‘zining milliy an'analariga borib taqalar edi
263

Ma'rifatparvarlik.  Meydzi  inkilobidan  keyin  Yaponiyaning  falsafiy  va  ijtimoiy-siyosiy 
tafakkurida yangi bosqich boshlandi. Meydzi davarining boshlang‘iya zamoni «maorif davri» 
nomini  oldi.  1873  yilda  ma'rifiy  jamiyat  bo‘lgan  «Meydzining  oltinchi  yili  jamiyati» 
Meyrrokusya tuzildi. Yapon ma'rifatparvarlari o‘z oldilariga xalqni g‘arb liberalizmi g‘oyalari 
ruhida  yuqoridan turib maorifga jalb  kilishni maqsad  qilib qo‘ydilar. Maorif «sivilizatsiyaga 
ko‘shilish»  shiori  ostida    tadbik  qilina  boshladi.  Shunday  umidvorlik  bor  ediki  yevropa  va 
Amerika  g‘oyalarini  yoyish  asosida  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  zamin  hozirlanadi.  Ijtimoiy 
fanlarga oid G‘arbda bosib chiqarilgan kitoblar tarjima qilindi, hatto lotin alefbosiga o‘tishga 
chaqiriqlar ham yangradi. 
                                                 
263
 Қаранг: А.С.Васильев. «История Востока». –М., 1988. т.2 


«Meyrokusya»  mafkurasining  nazariyotchilari  so‘z,  matbuot,  savdo  erkinligi  uchun 
kurashdilar,  tan  jazosi  berishni  ta'qiqlashga  chaqirdilar.  Ammo  liberalizm  sof 
ma'rifatparvarlik  xususiyatiga  ega  edi.  Masalan,  parlamentarizm  va  qonuniy  tuzum 
g‘oyalarini tashviqot kilishda shu narsa ta'kidlandiki, ularni amalga oshirish uchun xalq xali 
yetarli  darajada  ma'rifatli  emas.  Maorif  mafkurasi  «Ozodlik  va  inson  huquqlari  harakati» 
asosida yotar edi
264
.   

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish