31
informatsion doktrinaga mos kelmaydigan axborot albatta, ortidan
chalg‘ituvchi yoki yaqqol qarama-qarshi
mazmundagi filmlar,
ko‘rsatuvlarni namoyish etish orqali silliqlanadi.
3. Rag‘batlantiruvchi ta’sir, xasta jamiyatning o‘rin bosuvchi
mexanizmlarini safarbar qilish va ijtimoiy faolligini oshirishni maqsad
qiladi.
INTERNETNI TA’SIRI
Jamiyat yangi ermakni bir xil qabul qilmaydi: kompyuter
imkoniyatlaridan hayratlanish havosida sergaklik, ko‘p hollarda esa
yaqqol qoralash seziladi. Ommaviy axborot vostilarida butun
kompyuterning va kompyuter o‘yinlarining o‘smirlar psixikasiga xavfli
ta’siridan ogohlantiruvchi ko‘plab xabarlar paydo bo‘lyapti.
Maqola
mualliflari kompyuter bilan mashg‘ul bo‘lish – o‘ziga xos o‘smirni
ko‘ngil yozishning boshqa turlariga o‘tolmaydigan qilib qo‘yadigan,
atrofdagilardan ustunlik haqidagi o‘tkinchi hissiyot, o‘yinchi
kompyuter o‘yinlari qahramonlari taqdirini hal qilish bilan orttirib
oladigan «taqdirlar egasi» deb nomlangan sindromda namoyon
bo‘ladigan tobelik ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. O‘smirning
«to‘nkalashib» qolishi, uning hissiy dunyosi o‘yinchi g‘alaba
qozonmoqchi bo‘lsa, doim o‘z hissiyotlarini jilovlab, sovuqqon holda
qolishi kerakligidan kambag‘allashuvi xavfi ham ta’kidlanadi.
Mualliflar fikriga ko‘ra, ayrim kompyuter o‘yinlari
agressiv xulq-
atvorni, urush va zo‘ravonlikni, o‘ng ekstremizmni targ‘ib qiladi.
Virtual o‘yin o‘ynagan tajriba ishtirokchilarda, nazorat guruhi bilan
solishtirganda, juda kuchli fiziologik qo‘zg‘alish, shuningdek katta
miqdorda agressiv fikrlar kuzatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Kompyuter o‘yinlarining salbiy oqibatlari sifatida o‘smir
qiziqishlari doirasining torayishi, o‘z dunyosini yaratishga intilishi,
borliqdan uzoqlashish ko‘rsatiladi. Ayrim mualliflar fikriga ko‘ra,
tengdoshlar bilan muloqot hisobidan kompyuter bilan yakkama-yakka
mashg‘ul bo‘lish ijtimoiy yakkalanish va
shaxslararo munosabatlarda
qiyinchiliklarga olib keladi. O‘smirlar shaxsi rivojlanishi uchun aynan
muloqot asosiy vosita bo‘lib xizmat qilar ekan, kompyuter tufayli
yuzaga kelgan muloqot deprivatsiyasi xavfli ko‘rinish oladi. Negativ
holatni o‘smirlar bo‘sh vaqtini «kompyuterlashtirish» oqibatida paydo
bo‘ladigan somatik buzilishlar (ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, tez
charchash va boshqalar) to‘ldiradi.
YUqorida keltirilgan fikrlar nafaqat
matbuotda bildirilmoqda,
balki, ilmiy doiralarda ham quvvatlanmoqda.
32
Virtual olamning tizim texnologiyalari rivojlanishi barobarida, bu
hodisaga qiziqish bildirayotgan kishilar soni ham ortib bormoqda.
Ko‘pgina kishilar uchun virtual olam bilan «muloqot» virtual
kompyuter o‘yinlari darajasida tarqalgan. Ammo virtual olam
tizimlarining tarqalishi inson faoliyatining ishlab chiqarish sohasida
ham tezlashib borayapti. Virtual muhitga qiziqib qolgan kishilarning
tobora ko‘proq qismini boshqa yo‘nalish – virtual addiktsiya
(odamning kimyoviy bo‘lmagan psixologik
jihatdan virtual olamga
tobeligi) o‘ziga tortmoqda. Bu addiktsiyaning belgilari sifatida
«geymerlar» ongini ishonchli zabt etib borayotgan kompyuter o‘yinlari
tobeligida ko‘rish mumkin.
Bu mavzuga to‘xtalar ekan, Bill Geyts bizni virtual olam istalgan
video o‘yindan kuchli ekanligi va unga tobe bo‘lib qolish oson
ekanligiga ishontiradi. Virtual olam tizimiga sayohat qilib tobelikka
mubtalo bo‘lgan kishilarga bundan qutulishda tahminan giyohvandlar
va ichkilikbozlarga ko‘mak beradigan reabilitatsion guruhlar yordam
bera olishi mumkin.
Virtual olamga tobelikning qanday
darajasi inson ongida
o‘zgarishlarga sabab bo‘la olishini aytish ayni kunda juda qiyin. Bu
tobelik asosida yotadigan gipermotivlanganlik, afsuski, hali etarlicha
o‘rganilmagan. Virtual olamga tobelik mavzusi alohida jiddiy izlanish
bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilar ekanmiz virtual olam tizimlaridan foydalanishning,
ulardan,
masalan,
jinoiy
maqsadlarda
foydalanishga
(manqurtlashtirish (zombilash), ong ustidan nazorat,
psixika ustida
tajribalar va hokazo) yo‘l qo‘ymaslik uchun, huquqiy tamoyillarini
ishlab chiqish zarurligi haqidagi A.YUxvidova fikrlariga qo‘shilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: