Axborot iste’moli madaniyati va uni rivojlantirish yo‘llari bobning qisqacha mazmuni



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana17.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#939530
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
3-4-гуруҳ

 
OYNAI JAHONNING TA’SIRI 
Bizning davrimizda odam ishga ko‘p kuch sarflaydi, tilinch shahar 
transporti uni charchatadi, shu bois, uyga qaytganda u shubhasiz 
bo‘shashishga, xordiq chiqarishga harakat qiladi. Odamning qanday 
psixik holatda televizor qarshisidan joy olishini yodga olish kerak. 
Jinoyatlarning katta qismi uy sharoitida sodir etilishi qayd etilgan. 
Turli kelishmovchiliklar, stresslar, hayotdan qoniqmaslik tushkunlik 
va jazavaga olib keladi. To‘lqinlanib turgan odam uy sharotida jahlini 
yaqinlariga sochadi, o‘z navbatida, televizor qarshisida o‘tirib keskin 
tormozlanadi, ya’ni yuqori ishonuvchanlik holatiga tushadi. 
SHu tarzda, televizor tomosha qilayotgan odam axborotni 
chuqurroq qabul qiladi, quvonch yoki qo‘rquv hissini kuchliroq sezadi, 
uning psixikasi ulkan tormozlanish yoki qo‘zg‘alish darajsida bo‘lishi 
mumkin. 
Jismoniy holatga bog‘liq ravishda psixika, ya’ni kishi ko‘ngli 
qo‘zg‘algan yoki tormozlangan holatda bo‘ladi. Odam kun davomida 
qancha ko‘p urinsa, asab tizimidagi charchoq shu qadar ko‘p bo‘ladi. 
Xordiq paytida tana bilan birga asab tizimi ham bo‘shashadi yoki 
boshqacha aytganda psixikani boshqarish markazlari qo‘zg‘alishi 
tormozlanadi. 
Muloqotga bo‘lgan ulkan istak odamni uydagi do‘sti – vampir 
tomon undaydi. Inson uni tosha qilish, tinglash jarayonida unga 
ko‘nglini «ochadi», u esa gipnoz holatida ma’lum fikr va g‘oyalarni 
singdiradi. 
Aks aloqaga ega bo‘lmagan odam g‘oyalarni qabul qiluvchi 
qurilmaga aylanadi. Teleekran qarshisidagi odamning anonimligi unga 
u yoki bu darajadagi o‘zgarmas istaklarini qondirish imkonini beradi 
(g‘azab, xirs va boshqalar). YOlg‘izlikda qotillik, zo‘ravonlik, razillik 
tasvirlaridan bahra olar ekan u ehtiroslar, kuchli istak og‘ushida 
o‘zgalardan koyish eshitmaydi. Ongsiz ravishda, gipnoz holatida odam 
televideniega o‘z psixik jarayonlarini boshqarishni topshirib qo‘yadi. 
Insonlar jamiyatida bir xil odam yo‘q. Har bir odam individual, 
jamiyatda, oilada, shaxsiy hayotda o‘ziga xos yashaydi, uning o‘z 
maqsadlari, g‘oyalari, tamoyillari, simpatiyalari mavjud. Televizor 
orqali butun dunyo bilan muloqotga kirishib, u o‘zi uchun qadrli 
nimadir, shu jumladan, o‘z mavjudligining idealini kashf etadi. Kim 


28 
uchundir bu super odamlar, serg‘ayrat politsiyachilar yoki amerika 
detektivlaridagi gangsterlar, boshqasi uchun – siyosiy yoki jamoat 
arboblari, o‘zgasiga – taniqli kinoaktyorlar, modelerlar, sportchilar va 
hokazo. Odam o‘z idealiga to‘liq ishonadi, uning so‘zlariga va 
harakatlariga shaksiz ishonadi va uning tamoyillariga amal qila 
boshlaydi. Televizor ekrani orqali bunday ta’sir (odamni qandaydir 
gipnoz holatiga tushirib) ulkan ishontiruvchi xususiyat kasb etadi. 
Endi odamni gipnoz holatiga tushiruvchi maxsus televizion 
uslublar tahliliga o‘tamiz. 
1. Odamni qiziqtirish, uning diqqatini ekranga jalb qilish uchun 
quyidagi effektlar qo‘llanadi: 
a) ma’lum yorug‘lik hissiyotini hosil qilish maqsadida yorqin 
videotasvirlar yaratish, u qanchalik kuchli bo‘lsa, diqqatni, diqqat bilan 
birga ko‘ngilni shu qadar o‘ziga jalb qiladi;
b) ovoz effektlariga ham xuddi shunday tavsif berish mumkin; 
v) yangilik va noodatiylik ham odamni ekranga jalb qiladi, chunki 
psixik jarayonlarning harakat va intilish qonunlariga ko‘ra bir xillik 
nafrat uyg‘otadi; 
g) inson yuzini yirik planda namoyish etish gipnozlashning o‘ta 
ta’sirchan omili hisoblanadi, chunki inson yuziga nazar tashlagan 
teletomoshabin darhol unga xayrixohlik yoki nafrat bilan yondoshadi 
(buni kundalik hayotda ham kuzatamiz), shundan kelib chiqib, yoqimli 
ko‘rimli yuzga boqib u diqqatini teleekranda to‘xtatadi. 
2. Gipnoz holatiga tezroq tushirish maqsadida inson diqqati qisqa 
fursatga bir nuqtada, suratda, qo‘zg‘almas ob’ektda to‘xtatiladi. 
Masalan «Davr» dasturi boshlanishidagi soat, turli tabiat tasvirlari, 
qo‘zg‘almas odam – komentator, diktor yoki ko‘rsatuv boshlovchisi. 
3. Tibbiy amaliyotda gipnozlash uchun amalga oshirilgandan so‘ng 
asab tizimining keskin qo‘zg‘alishi tezda tormozlanishga aylanadigan 
kutilmagan chaqin, baland ovoz effektlaridan foydalaniladi. Bu uslubni 
turli reklamalar va dastur lavhalarida, shuningdek tele va 
kinofilmlarda kuzatish mumkin. 
4. Filmlarning eng tragik erida uzilishi teletomoshabinlarni 
qiziqtirib, kelgusi qismni sabrsizlik bilan kutishga majbur qiladi, 
natijada odamni ishontirishning keyingi seansi uchun ochiq holatga 
olib keladi. 
5. Video-kompyuter maxsus effektlari bexabar ommani o‘zining 
fantastik tasvirlari va ovozlar yordamida jalb qiladi. Ular biz zumda 
psixikaga kirib boradi, ishontirish yoki psixik jarayonlarni o‘zgartirish 
maqsadida qisman zararlaydi. 


29 
6. 70-yillarda sovet jamiyatida quyidagi tajribani o‘tkazishgan: 6 
kishidan iborat qandaydir guruhga telefilm namoyish etilgan. 
Tomoshadan keyin film tahlili o‘tkazilib, unda barcha tomoshabinlar 
film g‘oyasiga mos kelmaydigan bir xil g‘oyani bildirishgan. Ma’lum 
bo‘lishicha, mazkur film kadrlari orasiga, juda siyrak tarzda, 
tomoshabinlar sezmaydigan, ammo ular ongiga yig‘ilib borgan begona 
kadrlar (bildirilgan g‘oya haqidagi) ulangan ekan. Bunday ta’sir bizda 
ham amalga oshirilgani va amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. 
SHov-shuvga sabab bo‘lgan (shu bilan birga, so‘z boyligini saralashda 
haddidan oshib ketgan) Ilona Davqdovaning ingliz tilini o‘rganish 
tizimi mazkur uslub asosiga qurilgan. 
7. o‘tgan asr avvalidayoq olim V.M.Bexterev odam ong ostiga yo‘l 
ochib beradigan signallar va musiqalar to‘plamini kashf qildi. Insonga 
bog‘liq bo‘lmagan ravishda uning xotirasiga yaxshi joylashadigan 
xabar beriladi. So‘ng ong ostiga keraksiz begona axborot kirish yo‘lini 
yopadigan musiqa yangraydi. Bu kashiyotdan keyin Rossiyada radio 
orqali tajriba o‘tkazildi, natijalar tadqiqotchilarni to‘liq qoniqtirdi. 
8. Televizion ishontirishda dasturlarni puxta rejalashtirish katta 
ahamiyatga ega. ko‘nglimiz doimo to‘lqinlangan yoki tormozlangan 
holatda bo‘lmaydi, majburiy ravishda tezgina holat o‘zgarishi yuz 
beradi. Dasturlar ham xuddi shunday, birin ketin namoyish 
qilinayotgan ko‘rsatuvlar g‘oyaviy va hissiy jihatdan bir xil bo‘la 
olmaydi. Albatta, bittasi jiddiy, keyin – engil, quvnoq ko‘rsatuv 
namoyish etiladi. Rossiyada doimo, masalan hukumat darajasida 
muhim «Vremya» dasturidan avval bolalar uchun mo‘ljallangan engil 
«Xayrli tun, kichkintoylar» dasturi namoyish etiladi. Bunday misollarni 
ko‘plab keltirish mumkin. 
9. televizion tasvirga olish va keyingi mohirona montaj, ideal 
voqea, ideal odam, ideal mamlakatni yaratishi yoki aksincha, ya’ni 
yolg‘onni rost, rostni yolg‘on qilib ko‘rsatishi mumkin. 
Sanab o‘tilgan odamga gipnotik ta’sir uslublari butun dunyoda 
keng qo‘llanadi. Televideniening ommaga ta’sirini ko‘rib chiqishda 
muhim muammo bolalar hisoblanadi. Bolalarda borliq chegarasini 
to‘liq anglash yo‘qligi sababli ko‘z oldilarida sodir bo‘layotgan 
voqealarni haqiqat sifatida qabul qilishlarini ta’kidlab o‘tish joiz. 
Qotillik va zo‘ravonlik ularda qo‘rquv hissini uyg‘otmaydi, chunki 
televizion dasturlarga ko‘nikib qolish oqibatida ular buni oddiy hol 
sifatida qabul qiladilar. 
Asab tizimi shakli va holatiga bog‘liq ravishda ishontirish yo 
gipnozning tinchlik, mushaklar bo‘shashishi, atrofdagilar bilan 


30 
aloqaning saqlanishi va nutq yordamida ishontirishga qarshilik qila 
olish mumkin bo‘lgan birinchi bosqichida, yoki uyquchanlik, qotib 
qolish, ishontirishga past bo‘ysunish xos chuqur bosqichida ishontirish 
amalga oshadi. Gipnotik holatda ishontirishning asosini televizorning 
odam bilan aloqasini tutib turish, diqqatni ekranga va televizion 
xabarga yuqori darajada jalb qilish tashkil etadi.bu ovozli xabar, 
odatda, gipnoz holatini buzmaydi va tomoshabin psixikasiga 
mazmunidan kelib chiqib ta’sir ko‘rsatadi. So‘z yordamida ishontirish 
xususiyati psixik holat, shaxs xususiyatlari va ishontirish yordamida 
tasdiqlanadigan maqsadlarga bog‘liq. 
Teleishontirishdan foydalanishning natijasi butun dunyoda shaxs 
va jamiyatning parchalanib, qashshoqlashib borayotgani hisoblanadi. 
Ekran qarshisida o‘tirgan odam, biz aniqlab olganimizdek, 
gipnotik holatga keltiriladi, natijada, – deb yozadi psixolog A.Mori, – u 
«sezgilari va tasavvurida taassurot uyg‘otadigan narsa ixityorida 
bo‘ladi. Taldqiqotchilar ta’kidlashicha, unga nafaqat ayrim fikrlarni 
eslatish, balki o‘z fikrlaringni singdirish, shu tarzda uning erkini 
cheklash ham mumkin. Bu holatda sezgilar shu qadar passiv va 
ta’sirchan, tafakkur reaktiv quvvvatini shu qadar yo‘qotgan bo‘ladiki, u 
chetdan kelayotganini sezmay qabul qilishi uchun ishontirilishi kerak 
bo‘lgan fikrni etkazish yoki shunday fikr tug‘ilishiga olib keluvchi 
tuyg‘uni uyg‘otishning o‘zi kifoya; u bunga o‘zinikiday qaraydi, 
aytilayotgan hamma gaplarga ishonadi, yodiga solingan hamma narsali 
his qiladi». 
SHunday qilib, OAVning alohida inson yoki butun jamiyatni 
manipulyasiya qilishda qo‘llanadigan televizion ishontirish kuchi va 
usulublarini aniqlab oldik. Natijada butun xalq ommasi OAVning 
televizion ishontirishiga ko‘r-ko‘rona aldanayotganini ko‘rayapmiz. 
Bunday 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish