131-savol. Jamiyat siyosiy tizimida jamoat birlashmalarining
o‘rni.
J
amoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari siyosiy maqsadlar uchun emas, balki ma’lum
guruhlarning madaniy, jismoniy va malakaviy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi. Madaniy-
mafkuraviy tizimning vazifasi siyosiy partiyalarn
ing muayyan g‘oyalar va qarashlarga tayanishi bilan
bo
g‘
liq . Siyosiy partiyalar jam
iyat taraqqiyotining yo‘nalishlari, hokimiyat uchun kurash uslublari va
konsepsiyalaridan kelib chiqib, tur
li g‘oyala
rni ilgari surishlari mumkin. Siyosiy partiyalar mamlakatda
amal qilayotgan qonunlar, huquqiy normalarga to‘la
-
to‘kis rioya qilsalar, jamiyat siyosiy tizimida
o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘ladilar, aks holda, ularning faoliyati davlat tomonidan to‘xtatib
qo‘yilishi mumkin.
Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar
hamda
erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini,
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; kasb-kor va
havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining
sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-
ma’rifiy, jismoniy
tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros
obyektlarini muhofaza
qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish,
xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni mus
tahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni
amalga oshirish maqsadida tuziladi.
132-savol. Jamiyatning siyosiy tizimi tushunchasi.
J
amiyatning siyosiy tizimi to‘g‘risidagi ta’limotlar yurisprudensiyada XX asrning 60—
70-yillarida
namoyon bo‘la boshladi. Siyosiy tizim masalasi huquqshunoslik fanining predmeti bo‘lib qolmay,
balki uni siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa kabi fanlar ham o‘rganadi.
Siyosiy tizim jamiyatning
maqsad va vazifalarini belgilovchi, uning imkoniyatlarini amalga oshirishga safarbar qiluvchi
mexanizmdir. Siyosiy tizimni siyosiy hokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari
bo‘lgan davlat tashkilotlari va siyosiy munosabatlar yig‘indisi deb tushunish maqsadga muvofiqdir.
“
Siyosiy tizim ” tushunchasi bahs va munozaraga boy bo‘lib, huquqshunos olimlar tom onidan turli xil
tarzda ta'riflanadi. Siyosiy tizim
—
xalq irodasiga muvofiq, siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga
xizmat qiluvchi siyosiy tashkilotlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat
uyushmalar), siyosiy norm
alar, prinsiplar, institutlar, jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi va mushtarak
yig
‘
in
disidir. Boshqa bir nuqtai nazarga ko‘ra, “ siyosiy tizim ” —
shaxslarning siyosiy hokimiyatni
amalga oshirish jarayonidagi tashkiliy mustaqilligi va siyosiy faolligini rivojlantiradigan davlat, jamoat
tashkilotlari va boshqa uyushmalarning yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |