1
AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATI
VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Bobning qisqacha mazmuni:
axborot iste’moli madaniyatini
shakllantirishda – ma’naviy tarbiyaning o‘rni; shaxs axborot iste’moli
madaniyatiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri; ota-onalar
virtual axborot madaniyati; axborot xurujlariga qarshi munosabat –
g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.
Tayanch
iboralar:
aksiologik
yondoshuv,
ma’naviy
shakllanishning psixologik modeli, “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasi”, ma’naviy-axloqiy tamoyillar, «Fazilatli avlod» dasturi,
«Besh muhim tashabbus»,
5.1.-§. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda –
ma’naviy tarbiyaning o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida
2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini
kuchaytirish
masalalari
bo‘yicha
o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari: “Agar jamiyat hayotining
tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi
O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam
ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli
iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy
qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat” ekanligini alohida
ta’kidlab o‘tdi.
“Ma’naviyat” tushunchasini tavsiflashga doir xilma-xil talqinlar
mavjud bo‘lib, “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar” izohli lug‘atida:
“Ma’naviyat (arab. ma’no, ma’nolar majmuasi) – moddiy hayot bilan
doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining
ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisa” tarzida umumlashgan ta’rif
berilgan. Cietl universitetining ta’lim bo‘yicha direktori, ma’naviyat
kafedrasi dotsenti Valeri Lesnyakning ta’kidlashicha: “Ma’naviyat
haqiqatni anglash, ko‘pmadaniyatli istiqbollar va mustahkam e’tiqod
kabi jarayonlar bilan bog‘liq hodisadir”. SHuningdek, xorijlik
olimlardan K.R.Anderson, R.D.Riz, M.J.Entoni, N.Olt, P.Xovard kabilar
tomonidan ma’naviy mentorlik, bolalarning ma’naviy shakllanishi
istiqbollari, butun hayot davomida ma’naviy yuksalish, ma’naviy
2
shakllanishning psixologik modeli bilan bog‘liqlikda “ma’naviyat”
tushunchasiga izoh berib o‘tilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019
yil
3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4307-son qarori ijrosini
ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi
keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 1059-son qarori qabul qilindi. Unda jumladan shunday
deyiladi:
O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili
asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. YAngi davr
shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini
qo‘ymoqda.
Ushbu talablar doirasida ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy
texnologiyalari joriy qilinmoqda.
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki
jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli,
axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon,
zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga
ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni
etishtirib beradi.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-
texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi
kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch
kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.
Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni
kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim,
o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning
ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular
orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo
etadi.
Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa
fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani
holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning
oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari
orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga
kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida
bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
3
Ayrim
o‘quvchi-yoshlarda
yuksak
maqsadlarning
shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat,
tirishqoqlik, harakat fazilatlari etarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga
ham zarar ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning faoliyatini metodik
ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya
sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar
etarli emas.
SHu munosabat bilan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasini
(keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) muvaffaqiyatli amalga
oshirish orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida
ahamiyat kasb etadi deb ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |