Komplekslilik tamoyili. Rejalashtirishning bosqichlari va barcha reja shakllari muvofiqlik bo’yicha o’zaro bog’langanligini ta’minlash – strategiyadan to yillik reja va audit dasturlari tuzilishigacha. Komplekslilik audit qilinayotgan ob’ektning har tomonlama tahlili va tekshiruvini taqozo qiladi.
Uzluksizlik tamoyili. Filiallarga ega tashkilotlarni ichki auditiga tatbiqan barcha filiallar tekshirilishi uchun tekshiruv davrida ichki audit xizmati xodimlariga teng taqsimlangan yuklama sifatida ifodalash mumkin. Uzluksizlik tavsiyalar ishlab chiqish uchun va ayni vaqtda tekshiruvning kelgusi rejalarini ishlab chiqish uchun vaziyatlarining uzluksiz tahlil jarayonini o’zida aks ettiradi.
Maqbullik tamoyili. Maqbullik nazoratga ajratilgan xarajatlar, boshqacha aytganda, maksimal ravishda iqtisodiy va ijtimoiy samara olish imkoni bilan nazorat protseduralariga xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Maqbullik eng samarali tekshiruv o’tkazish variantini tanlashni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda, tekshirish uchun qaysi hujjatlar tayyorlanishi lozimligini hal qilish, tanlovlar hajmi va imkoniyatlarini belgilash maqsadida ichki nazorat tizimini tekshirish va doimiy ma’lumot materiallaridan foydalanish tartibini belgilab olish lozim. Ushbu bosqichga tayyorgarlik ko’rishda faqat “auditorlik rejalashtirish qoidalaridangina” emas balki “auditorlik tanlovi” qoidalaridan ham foydalanish mumkin.
Ichki auditni amalga oshirishda rejalashtirish bosqichlarining o’ziga xosligi markazlashtirilgan tartibda, ayniqsa, bir turdagi filiallarni tekshirishda ishlarni optimallashtirishni muvofiqlashtirish maqsadida ichki audit xizmati tomonidan umumiy audit rejasi ishlab chiqilishidan iborat. Ammo auditning namunaviy dasturi muayyan filial joylashtirilgan joydagi brigadalar filialning moliyaviy xo’jalik faoliyati sohasi bilan tanishib chiqib o’zgartirilishi yoki qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Shuningdek bevosita audit jarayonining o’zida umumiy rejaning alohida qoidalarini qayta ko’rib chiqish uchun asoslar yuzaga kelishi mumkin. Bunda rejaga kiritiladigan o’zgartirishlar sabablarini batafsil hujjatlashtirish kerak.
“Auditorlik tanlash” qoidalariga taalluqli ichki audit xizmati uchun eng ko’p qo’llaniladigan qismi tanlov tadqiqotlarini o’tkazishning umumiy uslubiyotini tashkil qiladi. Bunda tanlov hajmi va u qo’llanilishi mumkin bo’lgan tekshiruv uchastkalari bilan bog’liq masalani hal qilish filialar boshqaruv strategiyasini belgilab beruvchi bosh boshqaruvning ma’muriyatiga tegishli bo’ladi.
Audit o’tkazishdan oldin va uni o’tkazish jarayonida auditor:
tekshirilayotgan ob’ektning tashkiliy tuzilmasi ta’minot va o’tkazish tizimi, narx siyosati va boshqa narsalar to’g’risida ma’lumotlar olish;
boshqaruvning yuridik majburiyatlarini aniqlash, registr, hujjatlar, bayonnomalar, shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar bilan tanishish lozim;
Auditor ichki yo’riqnoma, ko’rsatmalar mavjudligini va ularni qo’llash realligi, majburiyatlar taqsimlanganligi, hujjatlar, yozuvlar, hujjat almashinuvi loyihalarini tuzish metodlari, aktivlarni amaliy saqlanganligi (nou-xau, ishchanlik obro’si, huquq va mulklari) ta’minlanganligini tadqiq qilish kerak;
Auditor tanlov hajmini belgilash va quyidagi hujjatlarni tayyorlashi kerak:
a) bo’linmaning tashkiliy tuzilmasi to’g’risidagi ma’lumotlar;
b) bitimlar va schyotlar bo’yicha qoldiqlar tahlili;
v) rivojlanish tendentsiyasini ko’rsatuvchi trend va eng muhim ko’rsatkichlar tahlili;
g) xo’jalik faoliyatining eng muhim jihatlariga taalluqli ichki auditor tomonidan taqdim qilinadigan xulosalar, tushuntirishlar, shu jumladan turli tuman noodatiy masalalar va istisnolar;
d) o’tib ketgan hisobot davrlari uchun moliyaviy hisobot nusxalari shuningdek auditorlik xulosalari, ma’lumotnomalari, dalolatnomalarning nusxalari, shu jumladan ushbu hisobotlar bo’yicha reviziya tekshiruv dalolatnomalari.
- quyidagi tartibda mavjud auditorlik hujjatlari bilan tanishib chiqish;
a) ichki nazorat tizimi holati va buxgalteriya hisobini tashkil qilish bilan tanishib chiqish.
b) buxgalteriya ishlarini tashkil qilish, shtat to’liqliligini tekshirish, buxgalteriya xodimlari o’rtasida majburiyatlar taqsimlanishi, mansab ko’rsatmalari mavjudligini, buxgalter ishchi kadrlarning mavjudligi tekshirish va x.k.
v) buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha qonunchilik va normativ hujjatlar bilan ta’minganligi bilan tanishib chiqish.
g) buxgaltertya hisobi shakllarini qo’llanilishi va hisob va hisoblash ishlarining avtomatlashtirilganligi bilan tanishish.
d) boshlang’ich hisob hujjatlarining namunaviy va unifikatsiyalangan shakllarining qo’llanilishini tekshirish.
e) buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida taqdim qilinganligini tekshirish.
j) oldingi tekshirishlar bo’yicha hujjatlar va uning natijalari bo’yicha taklif hamda ko’rsatmalarning bajarilganligini bilan tanishish.
Hisobga olish tartibining va ichki nazorat tizimining holati to’g’risida umumiy xulosa qilish.
Auditorlik tekshiruvi mohiyati bo’yicha rasmiy bo’lib, tekshiruvlarni majburiy hujjatlashtirish, ya’ni olingan ma’lumotlarni audit ishchi hujjatlarida aks ettirilishiga rioya qilish bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
Audit o’tkazishning reja va dasturi;
Tekshiruv mazmunidan kelib chiquvchi masalalar bo’yicha bo’linma ishchilarining tushuntirishlari, izohlari va arizalari;
Xo’jalik operatsiyalari haqida guvohlik beruvchi bo’linmaning dastlabki hujjatlari nusxalari ob’ektlar suratlari, dalolatnomalar, hujjatlar, ma’lumotnomalar, bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari va tekshirishda ishtirok etish uchun jalb qilingan bo’linmaning ishchilari va boshqa ishchilar bilan birgalikda tuzilgan tekshiruv dalolatnomasidagi yozuvlarning isboti sifatida xizmat qiluvchi boshqa hujjatlar;
Buxgalteriya hisobi registrlari;
Inventarizatsiya natijalari;
Buxgalter hisoboti;
Operativ va ombor hisob tizimini baholash va o’rganish to’g’risidagi yozuvlar, savolnomalar, hujjatlar almashinuv loyihalari va boshqalar;
Bo’linmaning haqiqiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqarish moliyaviy tahlili;
Auditor tomonidan emas, balki uning nazorati ostida bajarilgan ishlar haqida guvohlik beruvchi materiallar;
Ichki xo’jalik operativ va buxgalteriya hisobotlarini nusxalari.
Auditorlik tekshiruv hujjatlariga ilova qilinuvchi ishchi audit hujjatlarining ro’yxatini tekshiruv o’tkazuvchi auditor belgilaydi va ushbu hujjatlarni tanlab tekshirish materiallaridan kelib chiquvchi takliflar va xulosalarni isbotlashda hujjatlarning ishonchliligi va maqbulligi hisoblanadi. Shuning uchun dalillarni tanlash bo’yicha cheklovlar belgilanmaydi.
Ichki auditni hujjatlashtirishda rahbariyatga berilgan hisobotni tuzishda, uning kelishuvlarini va taqdimnomalarini mavjud auditorlik standartlari (auditorni hujjatlashtirish o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariyatiga beoiladigan auditorning yozma ma’lumoti; buxgalteriya hisoboti to’g’risidagi auditorlik hisobotini tuzish tartibi; auditor xulosasi imzolangan va buxgalteriya hisobotini tuzish va taqdim qilingan sanadan keyin unda yuz bergan o’zgarishlarni aks ettirilgan sanasi; uzluksiz faoliyatigi yo’l qo’yilishi mumkinligi) “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun, shuningdek chet el tajribasidan foydalanish mumkin.
Ichki audit rasmiy auditorlik xulosasini tuzishni talab qilmaydi, ammo ichki audit hisobotini tuzishni talab qiladi.
Auditorlik faoliyatining qoidalari talablaridan biri ichki audit uchun “auditorlik xulosasini imzolanishi sanasi” bu esa o’ta muhim hisoblanib, unda auditorning tekshiruv davri tugaganidan keyin yuz bergan hodisa uchun emas, balki ichki audit hisobotini imzolangan sanagacha yuz bergan hodisalar uchun javobgar bo’ladi.
Ichki audit xizmati buxgalteriya hisobi va hisobotlarda aks ettirilishi lozim bo’lgan barcha mavjud holatlar va hodisalarning tegishli tartibda u (ichki audit xizmati) tomonidan aniqlanganligi, baholanganligi va tekshirilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Rejalashtirishdan keyin auditorlar guruhi moliyaviy xo’jalik faoliyatining audit tekshiruviga kirishadi. Auditorlik ishlarini rejalashtirish ishlarni to’g’ri tashkil qilish bo’linma faoliyatining o’z vaqtida tekshirilishini taminlaydi va korxonaning nazorat xizmati yoki ichki auditorlardan samarali foydalanishga imkoniyat yaratib berishadi.
Ichki auditni o’tkazishning eng muhim bosqichi, bu – uni rejalashtirishdir. Rejalashtirish, auditning har bir bosqichida hujjatlashtiriladi. Rejalashtirishda foydalaniladigan hujjatlarni ko’rib o’tamiz. Asosiy hujjat, ichki audit xizmati rahbari foydalanadigan - yillik dasturdir. Yillik dastur kompaniya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. U faoliyat turining holati va ahamiyatidan kelib chiqib tuziladi.
Birinchi navbatda kompaniya muvaffaqiyatiga o’zining hal qiluvchi ta’sirini ko’rsatayotgan faoliyat turiga va shu bilan birga kompaniya rivojiga xavf solayotgan, tang ahvoldagi faoliyat va jarayonga e’tibor berilishi lozim. Kompaniya muvaffaqiyatiga o’zining hal qiluvchi ta’sirini ko’rsatayotgan ish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iste’molchilar talabi va xohishini o’rganish;
Xarid qilishni boshqarish;
Mahsulot sotilishi va istemolchilarning o’zaro ta’siri;
Xodimlarning bilimi va tayyorgarligi.
Tang ahvoldagi ish faoliyat, keraksiz yoki talabga javob bermaydigan faoliyat samarasiga xavf tug’diradigan holatdir. Bu jarayonlarni darhol oldini olish choralarini ko’rish va alohida nazorat ostida tutib turish lozim. Tang ahvol har qanday biznesda turli xil sabablar oqibatida vujudga kelishi mumkin.
Yillik dastur asosida umumiy auditorlik tekshiruvi kchkn yoki har biri uchun alohida-alohida auditning taqvim rejasi tuziladi. Yillik dastur asosida har bir tekshiruv bo’limi uchun alohida, resurslar zaruratini hisobga olgan reja ishlab chiqiladi. Reja tekshiruv ob’ektini ham tashkiliy, ham funktsional qamrab olishi zarur. Ichki audit xizmati rahbari ichki auditni rivojlanishiga yordam beradigan reja ishlab chiqishi kerak. Rivojlantiruvchi reja va auditning rejasiga qarab ichki audit xizmatining byudjeti ko’rib chiqiladi. U rivojlantirish rejasi va auditning rejasini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xarajatlarning ro’yxatini o’z ichiga oladi. Byudjet, shuningdek rejadan tashqari tekshiruvlarni hamda tekshiruv jarayoniga tor mutaxassisliklardan ekspertlar jalb qilishni ham ko’zda tutadi.
Auditning rejasida quyidagilar nazarda tutilishi tavsiya etiladi:
Auditorlik guruhini shakllantirish, ya’ni audit o’tkazish jarayoniga jalb etilgan boshqa bo’limlarning mutaxassislarini o’z ichiga olgandagi guruh a’zolarining soni;
Tekshiruvchilarni o’z mutaxassisliklari va vazifalaridan kelib chiqib tekshiruv uchastkalariga biriqtirish;
Guruh a’zolarini o’z huquq va majburiyatlari, tekshirilayotgan ob’ekt haqidagi axborotlar bilan ta’minlash hamda ularga ko’rsatmalar berish;
Ishchi hujjatlarini yurgizish;
Tekshirilgan hududning mas’ul shaxslari roziligi bilan o’tkazilgan tekshiruv hujjatlarini rasmiylashtirish
Tekshiruvni o’tkazishdan oldin auditorlik tanlash ob’ektini aniqlashtirish lozim (baholash, oldingi tekshiruvni tahlili orqali, statistik usul yordamida, xatolarni sodir bo’lishi mumkinligi nuqtai nazaridan) shuningdek mavjud auditorlik hujjatlari bilan tanishib chiqish ham maqsadga muvofiq.