«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


Ichki audit xizmati ishini rejalashtirish



Download 1,3 Mb.
bet25/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

4.2. Ichki audit xizmati ishini rejalashtirish
Auditor auditning taxmin qilinayotgan ko’lami va o’tkazish tartibini bayon etgan holda, ichki auditning umumiy rejasini ishlab chiqishi va ishchi hujjatlarni rasmiylashtirishi lozim. Ichki auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan, rejalashtirilgan auditorlik amallarining tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi ichki audit dasturini ishlab chiqishi va hujjatlarni rasmiylashtirilishi lozim. Shuningdek, ichki audit dasturi auditning har bir bo’limi bo’yicha belgilangan vazifalar va auditning turli jabhalari hamda vaqtidan iborat bo’lishi mumkin.
Auditni rejalashtirish, mutaxassislarning baholashicha, auditning umumiy hajmining 40-50% ini tashkil qiladi, shundan 30-40% dan ortig’i to’plangan dalillar tahlili va hisobotlar tayyorlash ishlarini tashkil qilsa, atigi 10-3 % i nazorat ob’ektida amalga oshiriladigan va audit qilinayotgan shaxs mutaxassislari ko’rib turadigan auditorlik dalillarini to’plashga to’g’ri keladi13.
Ichki auditning dasturi audit rejasining rivojlanishi hisoblanib, tekshiruvning har bir aniq bo’limi uchun kerakli bo’lgan auditorlik amallar ro’yxatidan iboratdir. Auditorlik dasturlar quyidagi ikki turga bo’linadi:
Birinchidan, aktsiyadorlik jamiyatlari ichki nazorat tizimi to’g’risida ma’lumot to’plash uchun amallardan tarkib topgan nazorat testlari dasturi;
Ikkinchidan, bevosita schyotlardagi qoldiqlar to’g’risida ma’lumot to’plash uchun amallardan tarkib topgan schyotlardagi qoldiqlarni tekshirish dasturi. 14
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, audit jarayonining o’zi – tekshirishga tayyorgarlik ko’rish, uning dasturini tuzish, ob’ekti, ishlarni tashkil qilish, xo’jalik tekshiruvi, ro’yxatga olingan ma’lumotlar va operatsiyalarni hujjatli tekshirishni o’z ichiga oluvchi ketma-ket keluvchi bosqichlar tizimi.
Audit dasturi korxonani tekshirish rejasini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan auditorlik jarayonlarining batafsil ro’yxati tushuniladi. Dastur – audit ishtirokchilari uchun batafsil ko’rsatma va ularning faoliyati sifatini nazorat qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ichki auditni rejalashtirish uch turdagi reja va auditning ko’plab dasturlarini talab qiluvchi ko’p bosqichli jarayonni o’zida aks ettiradi:
1. Ichki audit bo’limining 3-5 yil uchun strategik ish rejasi.
2. Ichki audit bo’limining yillik ish rejasi.
3. Aniq topshiriq yoki bo’linma (filial, vakolatxona, sho’’ba tashkilot va boshqalar) bo’yicha tekshirishlar o’tkazish umumiy rejalari.
Tasdiqlangan topshiriqlar bo’yicha auditorlik tekshiruvlari dasturlari umumiy rejaning rivojlantirilishi va aniqlashtirilishi hisoblanadi.
Reja va dasturlarning bu turlarini bajarish texnologiyalarida uncha katta bo’lmagan farqlar mavjud.
Rejalashtirish ixtiyoriy vakillik organi (direktorlar kengashi, muassislar, aktsiyadorlar va boshqalar yig’ini) nomidan mulkdorlar ichki audit xizmatini tashkil etish haqida qaror qabul qilgan zahoti boshlanadi va ichki audit bo’limi rahbarligiga nomzodlar tasdiqlanadi, ular ham, o’z navbatida, ichki audit bo’limi to’g’risida nizom loyihasini ishlab chiqadi.
Ichki auditni o’tkazishda rejalashtirish eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Rejalashtirish auditning har bir bosqichi kabi hujjatlashtiriladi.
Ichki audit xizmat rahbari foydalanadigan asosiy hujjat kompaniya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan yillik dastur hisoblanadi. Dastur faoliyat turlari va jarayonlar ahamiyati hamda maqomini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. «Ichki auditning yillik dasturi» quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
Kompaniya muvaffaqiyati, maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan asosiy faoliyat turlari va jarayonlarga, shuningdek, tegishlicha ijro etilmasligi muayyan vaqt davrida kompaniya uchun real yoki potentsial xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan kritik faoliyat turlari va jarayonlarga birlamchi e’tibor qaratilishi lozim.

-jadval


Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish